Emal giperplaziyasi (emal tomchilari va durlari).
Emal giperplaziyasi (me’yordan ortiq xosil bo`lishi) tish qattiq to`qimalarining,
ayniqsa dentin to`qimasining tish shakllanish jarayonida uning ayrim nuqtalarida xosil
bo`lishi, bo`rtib chiqishi va ustining emal bilan qoplanishi tarzida yuzaga keladi. Emal
tomchilari tishning toj qismi emali bilan qo`shilmaydi va ba’zi bir xollarda ichida
pulpasimon yumshoq to`qima borligi kuzatiladi. Emal tomchilari odatda 2-4 mm
diametrga ega bo`lib, ko`pchilik xollarda molyar tishlar bo`yin qismida uchraydi.
Ba’zan bunday emal tomchilarini tish ildizlari bifurkatsiyasi soxalarida xam uchratish
mumkin.
Emal giperplaziyasi klinik belgilarsiz kechib, shikoyatlarga sabab bo`lmaydi, tish
qatorlari funksional xolatini buzmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |