GEOSISTEMALAR MEZONLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH
1960 yillardan boshlanib barcha tabiiy fanlarga yangicha talabni kuchayishi kuzatildi, bu esa ilm fanni zamon talabiga mos ravishda shakllanishiga olib keldi. Dala tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ularni geografiyaning zamonaviy ilmiy tendensiyalariga mos ravishda belgilash uchun umumiy tushunchaning yo‘qligi hozirgi kunning dolzarb masalasiga aylandi.
XX asrning birinchi yarmida tizimlarning umumiy nazariyasi shakllandi. Avvalo, tizimga landshaftshunoslikda belgilangan ba’zi qoidalarni kiritish, shuningdek, ekologiya kabi fanlarni jalb qilish kerak edi. Kun tartibidagi atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi bilan bog‘liq zamonaviy geografiya uchun umumiy bo‘lgan ko‘plab vazifalarni bartaraf etish kerak edi. Institutning 15 yillik tajribasi bularni to‘ldirishga imkon berdi.
1950 yillarda ko‘plab mamlakatlarda tizimlarning umumiy nazariyasi shakllandi. Avvalo, tizimga landshaftshunoslikda belgilangan ba’zi qoidalarni kiritish, shuningdek, ekologiya kabi fanlarni jalb qilish kerak edi. Kun tartibidagi atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi bilan bog‘liq zamonaviy geografiya uchun umumiy bo‘lgan ko‘plab vazifalarni bartaraf etish kerak edi.
Geosistemalar haqidagi masalalar (nazariyalar) boshqa mualliflar tomonidan turlicha talqin etilmoqda. Eski maktab geograflari uchun yangi tushuncha va atamalarni tabiiy geografiyaga jalb qilinishi muammolarni shakllanishi bilan bog‘liqdir. Ammo bu atamalar aslida yangilik emas. O‘quv qo‘llanma oxirida geosistemalar ta’limotida qo‘llanilgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan atamalarning izohli lug‘atini qo‘yishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Tabiiy muhitdagi tizimlar orasida geografik tizimlar yoki geosistemalar alohida o‘rin tutadi. Bularni integral va quyi tizimlarga bo‘lib o‘rganadigan bo‘lsak, ular sayyoramizning butun yer yuzasini qamrab olgan va shu bilan birga avtanom qism sifatida juda kichik ko‘rinadigan maydonlarda mustaqil ravishda bo‘ladi. Integral-
“Tabiiy dunyoqarash tarixi,- deb yozgan edi A.Gumboldt (1851. 109b.)- tabiat yaxlitligini bilish tarixidir”, insoniyat bu g‘oyani bosqichma-bosqich anglab kelgan. Dastlab har bir narsa tabiatning barcha tarkibiy qismlarining ko‘pligi haqidagi bilimlar, ularning o‘zaro ta’siri va o‘zaro bog‘liqligi tushunchasi paydo bo‘lgan. Tabiiy muhit haqidagi eng katta tushuncha, tizimlarning umumiy nazariyasi, uning rivojlanishi Lyudvig Bertalanfi (1901-1971) nomi bilan bog‘liq. Yangi konsepsiya esa geografik muhitning ierarxik tizim sifatida ko‘rinishini ta’minlaydi, u o‘z-o‘zidan to‘liq va subordinatsiyaga bo‘linadi.