Murodali aminov



Download 141,5 Kb.
bet2/11
Sana23.09.2022
Hajmi141,5 Kb.
#849979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MURODALI AMINOV

Sinf xonaning yorug‘ligi. Ma`lumki sinfdagi o‘quv va yozuv mashg‘ulotlari ko‘rish bilan bo‘g‘liq. Yorug‘lik qancha yuqori darajada bo‘lsa, ko‘z shunchalik tez charchamaydi va o‘quvchilarning ko‘rish o‘tkirligi yaxshi saqlanadi. Aksincha sinf xonasida yorig‘likning past darajada bo‘lishi, o‘quvchilar ko‘zini tez charchashiga, ish qobiliyatini pasayishiga va asta-sekin yil davomida ko‘zning xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Sinf tabiiy va sun`iy usullar yordamida yoritiladi.Tabiiy yoritish derazalar orqali ta`minlanadi.Sinfning tabiiy yorug‘lik koeffitsiyenti 1:4, kamida 1:5 ga teng bo‘lishi kerak, ya`ni sinfdagi hamma derazalarning umumiy sathi, sinfning pol sathini to‘rtdan yoki beshdan bir qismiga teng bo‘lishi lozim.Demak, sinfning pol sathi gigiyena qoidasiga binoan 50 m² bo‘lib, derazalarning umumiy sathi 12,5 m², kamida 10 m² bo‘lishi talab etiladi.
Derazadan tushadigan yorug‘lik uning to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ham bog‘liq. Derazaning pastki qismi poldan 80 sm baland bo‘lsin. Bundan baland o‘rnatilsa deraza yonidagi partalarga yorug‘likning tushishi kamayadi. Derazaning yuqori qismi tom shipidan 20-30 sm pastroqda bo‘lishi kerak. Agar bu masofa 30 smdan ko‘p bo‘lsa, sinfning derazaga qarama-qarshi tomonidagi partalarga yuqoridan yorug‘lik kam tushadi.
Sinfning tabiiy yorug‘ligi yaxshi bo‘lishi ma`lum darajada bo‘yoqlarning rangiga ham bog‘liq.Qora, ko‘k, to‘q yashil, jigar-rang kabi rangli bo‘yoqlar yorug‘likni kamaytiradi.Gigiyena qoidasiga binoan sinfning devori och sariq yoki och pushti, ship oq, deraza va eshik oq yoki havorang, parta (stol)larning ustki qismi och yashil,yon tomoni va o‘tirg‘ichlari oq rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim.
Derazaga o‘rnatilgan tuvaklardagi gullar yorug‘likni to‘sib, uni 20-30 foizgacha kamaytiradi. Shuning uchun tuvakdagi gullar sinf burchaklariga va derazadan qarshi tomonga maxsus stolchalarga o‘rnatilgani ma`qul.
Sinf derazalariga tutiladigan pardalar ham yorug‘likni to‘sadi. Estetik ko‘rinish maqsadida tutilgan och sariq yoki och pushti rangli uzun pardalar derazaning ikki chetiga surib qo‘yilishi kerak. Faqat yozning issiq kunlari quyosh nurini to‘sish uchun parda quyosh tushayotgan derazaga surib qo`yiladi.Derazadan quyosh o`tgach, parda ya`na chetga suriladi.
Ba`zi maktablarda dars paytida o‘quvchilarning e`tibori bo‘linmasin degan maqsadda, deraza oynalarining pastki qismiga bo‘yoq surtib qo‘yishadi. Bunday qilish mutlaqo mumkin emas.Chunki, birinchidan bo‘yoq surtilgan oyna yorug‘likni kam o‘tkazadi; ikkinchidan esa, dars paytida o‘quv-yozuv mashg‘ulotlari o‘quvchilar ko‘zini charchatadi, ko‘zning ichidagi bosimi oshadi, shuning uchun har 10-15 minutda o‘quvchi e`tiborini o‘qituvchiga qaratgani holda, u deraza oynalaridan uzoqqa qarab, ko‘zini dam oldirishi kerak.Bunda ko‘z qorachig‘i torayib, ko‘z ichidagi bosim pasayadi va ko‘zi dam oladi.Shu sababdan derazaga qaragan o‘quvchiga, o‘qituvchi tanbeh bermasligi va aksincha, shunga odatlanishga o‘quvchilarni o‘rgatishi lozim.
Sinfning sun`iy yorug‘lantirilishi elektr chiroqlari yordamida bo‘ladi.Oddiy, ya`ni spirallik chiroqlar qo‘llanilganida sinf pol sathining 1m² ga 18 vt elektr quvvati to‘g‘ri kelishi kerak.Demak, sinfning pol sathi 50m² bo‘lgani uchun, uning yoritilishiga 900 vt elektr quvvati talab etiladi.Buning uchun har biri 100 vt lik 9 ta elektr lampalar 2 qator qilib ilinadi, bittasi doska ustiga ilinadi.
Lyuminessent lampalar qo‘llanadigan bo‘lsa, elektr quvvati 2 marta ko‘p talab qilinadi, ya`ni 1m² pol sathiga 36 vt, jami 1800 vt quvvatga ega bo‘lgan lyuminessent lampalar sinf shipiga 2 qator qilib o‘rnatiladi.
Sinf doskasini yoritish uchun maxsus oyna o‘rnatilgan LPO-13 tipidagi lyuminessent lampa qo‘llanadi.
O‘quv stol-stul (parta)lariga gigiyenik talab. O`quv stol va stul (parta)lari quyidagi 3 ta gigiyenik talabga javob berishi zarur:
1.O‘quvchining bo‘yiga mos bo‘lsin.
2.O‘quvchining o‘quv-yozuv mashg‘ulotlarini bajarishi uchun qulay bo‘lsin.
3.O‘quvchi organizmining normal o‘sishi va rivojlanishiga zarar yetkazmasin.
O‘quv stol va stullari ikki tipda bo‘ladi:
1.Doimiy, ya`ni o`lchami o‘zgartirilmaydigan bir xil o‘lchamdagi stol va stullar.
2.Maxsus vintlar yordanida baland yoki past qilib o‘lchami o‘zgartiriladigan stol va stullar.
Stol va stullarning kerakli guruhini aniqlash qulay bo‘lishi uchun, ularga rangli bo‘yoqlar bilan belgi qo‘yiladi (markirovka qilinadi).Buning uchun stolning ikkala yon tomoniga va stul o‘tirg‘ichining pastki yuzasiga 2 sm uzunlikda va kenglikda A guruh stol va stullariga sariq, B guruhga-qizil, V guruhga-havorang, G guruhga- yashil, D guruhga – oq rangli belgi qo‘yiladi.

Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish