Murning urushga qarshi munosabati va texnologiyaga bo'lgan qiziqishini inobatga olgan holda, u Stuart Brendning diqqatiga sazovor bo`lib, "Butun yer katalogi" muxlislari bilan muloqot qilishni boshladi



Download 24,31 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi24,31 Kb.
#480611
Bog'liq
Tarjima innovatorlar


Murning urushga qarshi munosabati va texnologiyaga bo'lgan qiziqishini inobatga olgan holda, u Stuart Brendning diqqatiga sazovor bo`lib, “Butun yer katalogi” muxlislari bilan muloqot qilishni boshladi. Murning mashhurligi davri 1971 yilda boshlandi, u davrning eng munozarali voqealaridan biri - "Butun Yer" katalogining so'nggi sonini chiqarishda yulduz bo`lganidan boshlandi. Qandaydir mo`jizaviy ravishda “Katalogning” nashr etilishi Brendga 20000 AQSh dollari miqdorida daromad olib keldi va u San-Frantsisko shahrining Marina tumanidagi qadimiy yunon uslubidagi san'at saroyini ijaraga oldi. U ishlab topilgan pulni qanday qilib sarflashni maslahatlashish uchun ruhan o`ziga yaqin bo'lgan ming kishini to'pladi. Rok musiqasi va giyohvand moddalar bilan qizitilgan odamlar puldan munosib foydalanish yo`lini o`ylab topishadi deb umid qilgan xolda 100 dollarlik qog'oz pullarni olib keldi. "Agar o'zimiz zaif bo'lsak, boshqalardan qanday qilib qaror qabul qilishni so'rashimiz mumkin?" deya Brend olomondan so'radi.
Muhokama o'n soat davom etdi. Qora rangli, kapyushonli rohiblar kiyimida odamlar orasida yurib, barchaga banknotni ushlab turish uchun berib, ularning fikrlarini tingladi va doskaga yozib qoyaverdi. Ken Kesining "xursand pranksterlari" dan biri Pol Krassner Shimoliy Amerika hindularining ayanchli ahvoli to'g'risida hayajonli nutq so'zladi va ularga barcha pullarni berishni taklif qildi: "Biz bu yerlarga kelganimizda ularni talon-taroj qildik". Amerikalik tub ildizlarga ega bo'lgan Brendning xotini Lois o'z xalqi nomidan ularga pul kerak emasligini aytdi. Maykl Key ismli bir kishi hamma pulni o`zimiz sarflashimiz kerak deya yonida turgan odamlarga kupyuralarni berishni boshladi, ammo Brend bu fikrni rad etdi. U mablag'larni biron bir yaxshi ishga sarflash kerakligini ta'kidlab, barchani banknotlarni qaytarishga undadi. Ba'zilar buni qarsaklar bilan qarshi maqullashdi. Doskada ekssentrik fikrlardan tortib axmoqona darajagacha bo`lgan o'nlab takliflar yozilgan edi. Hammasini hojatxonaga tashang! Bayram uchun "kuladigan gaz" sotib oling! Katta plastik fallos yasang va uni yerga tiqib qoying! Nihoyat, "Oltin Toad" guruhining a'zolaridan biri chidab tura olmadi: "Sizlar miyalaringizni bir joyga to'plang! Sizda millionta fikr bor, bittasini tanlang! Aks holda biz bu erda bir yil davomida turamiz, men aslida musiqa ijro etish uchun kelgan edim! ". Shu gapdan keyin ham masala tezlashmadi, lekin barchaga jonli musiqa tinglash va qorin raqsini tomosha qilish tanaffus berildi, oxirida ijrochi yerga yiqilib, tutqanog`I tuta boshladi.
Shundan so'ng, Fred Mur odatdagidek, jingalak soch va soqoli bilan o'rnidan turdi va o'zini tanishtirdi va uning kasbi odamiylik ekanligini aytdi. U yig'ilganlarning barchasini pulga mukkasidan ketganligi uchun qoraladi, oshkora ravishda cho'ntagidan ikki dollar olib, ularni yoqib yubordi. Kimdir ovoz berishni taklif qildi, ammo Mur bu g'oyani ham rad qildi, chunki u odamlarni birlikka emas, balki ikkiga ajratadi. Bu vaqtga kelib soat ertalabgi uch edi. Odamlar borgan sari charchab borardilar. Mur bu masalani keyinroq hal qilish uchun barcha mehmonlarning ismlarini yozib qo'ydi. “Bugun hammamiz birga ekanligimiz juda muhim, kelinglar, bir bog`lam dollarlar bizni bir-birimizdan xafa bo`lishimizga olib kelmasi”, - dedi u. Nihoyat, Mur so'nggi yigirma skeptiklarni ishontirdi. Biror yaxshiroq fikr paydo bo`lmaguncha, butun summa unda qolinishiga kelishildi.
20 ming dollardan 14905 dollar qolgandi. Mur bank hisob raqamiga ega bo'lmaganligi sababli ularni uyining hovlisiga ko`mib qoydi. Ba'zilar pul so'rab kelishardi, albatta bu urush-janjalsiz bo`lmas edi, ammo oxirida Mur odamlarga kompyuter taqdim qiladigan va ularga kompyuter bilan ishlashni o`rgatadigan tashkilotlarga kreditlar yoki grantlar ko`rinishida barcha pulni berib yubordi. Ushbu tashkilotlar Styuart Brend atrofida, Palo Alto va Menlo Parkda rivojlangan texno-hippi ekotizimining bir qismi hisoblanardi va ular “Butun Yer katalogi” muxlislari edi.
Xususan, mablag'larni katalogni nashr etgan Portola instituti oldi. Ushbu notijorat tashkilot "har qanday yoshdagi talabalar uchun kompyuter ta'limi" ni ta'minlar edi. Ularning boshlig`i korporatsiyalarda ishlashdan bosh tortgan muhandis Bob Albrayt bo`lib bu tashkilotni tizimli tashkilot deb bo`lmasdi. Korporatsiyalarga ishlash o'rniga u bolalarga dasturlashni va barchaga, jumladan Dug Engelbartga ham grekcha raqsga tushishni o'rgatardi. Albrayt, San-Fransiskoning eng aylanma ko'chasi, Lombard ko'chasining oxirida yashaganini va doimiy ravishda dastur, sharob va yunoncha raqs ziyofatlarini o'tqazganini eslaydi. Do'stlari bilan birgalikda u PDP-8-dan foydalanishni har kim o'rganishi mumkin bo'lgan kompyuter markazini ochdi va u eng yaxshi o'quvchilarini unutilmas ekskursiyalarga olib bordi, bu Engelbart avtonomiya markaziga sayohat edi. Butun Yer Katalogining birinchi sonlaridan birining oxirgi sahifasida, Albraytning sochlari to`kilgan “dikobraz” xolatidagi surati chop etilgan edi. U bolalarga kalkulyatordan foydalanishni o'rgatdi.
Albrayt bir nechta o'quv qo'llanmalarni, jumladan "Mening kompyuterim BASIC-da yozganimda sevadi"ni yozgan va "People`s Computer Company" – “Xalq kompyuter korxonasi” gazetasini nashr qilishni boshlagan, qat'iy aytganda bu kompaniya ham emas edi. Tashkilotni Yanis Joplinning “Big Brother and holding company” sharafiga nomlagan edi. Yangi havaskor nashrning shiori: "Kompyuterlarning imkoniyatlari – insonlar uchun" shiori edi. Birinchi nashrning muqovasida (1972 yil oktabr) quyosh botganda yaxta suzib ketayotgani ko'rsatilgan va u qo`lda shunday yozilgan edi: “Kompyuterlar odamlarga qarshi va odamlarni boshqarish uchun ishlatilmoqda, lekin ular bizga yaxshilik uchun xizmat qilishi va erkinlik berishi kerak. Buni o'zgartirish vaqti keldi - bizga haqiqiy XALQ KOMPYUTER KOMPANIYASI kerak". Axborotnomalarning aksariyat qismida ajdarlarning rasmlari bor edi, chunki Albrayt o'n uch yoshdan boshlab ajdarlarni yaxshi ko'rar edi. Gazetaning asosiy tarkibi kompyuter kurslari, o'quv yarmarkalari, BASIC dasturlash va DIY festivallaridagi maqolalardan iborat edi. Ushbu byulleten tufayli o'z qo'llari bilan asboblarni yig'adigan ko'plab jamoat faollari, radio muxlislari va hunarmandlarining taqdirlari keshishdi.
O'sha davrning yana bir taniqli vakili, Stefan Levining “Xakerlar” kitobi qahramoni bo'lgan Berkeleydan elektrotexnika bo'yicha diplomga ega patsifist Li Felzenshteyn edi. Felzenshteyn "Xursand Pranksterlar" dan uzoq edi va hatto talabalik xayajonlari avjiga chiqgan davrlarda ham u jinsiy aloqa va giyohvand moddalardan uzoq yurardi. U siyosiy sezgi, jamiyat aktivistligi, tarmoqlarni va aloqa tizimlarni yaratishga bo`lgan cheksiz intilishni o`zida mujassamlashtirgan edi. U Butun Yer Katalogini sodiq o'qigan va “O`zing yarat” harakatini hurmat qilgan. Shuningdek, u aloqa vositalariga erkin kirish, odamlarni korporatsiyalar va hokimiyat idoralariga qaramligini kamaytiradi, deya ishongan.
Li Felsenshteyn 1945 yilda Filadelfiyada tug'ilgan va bolaligidan yetakchilik qobiliyati va texnologiyaga mehrini namoyish etgan. Uning onasi fotograf va otasi poyezd haydovchisi bo'lgan, ammo keyin vaqti-vaqti bilan reklama bo`yicha rassom bo'lib ishlagan. Uning ota-onasining ikkisi ham yashirincha Kommunistik partiyaning a'zolari edilar. "Ular ommaviy axborot vositalari asosan bema'ni so`zlarni yozishiga ishonishardi, bu otamning eng sevimli so'zlaridan biri edi ”, - deya eslaydi Felzenshteyn. Ota-onasi partiyadan chiqqanlarida ham, chap kuchlarni qo'llab-quvvatlashda davom etishdi. Bolaligida Li harbiy qo'mondonlarning tashriflari paytida piketlarda qatnashgan va janubda irqiy kamsitishga qarshi namoyishlarni qo'llab-quvvatlash uchun Vulvort universiteti do'koni oldida norozilik namoyishlarini uyushtirishga yordam bergan. "Bolaligimda men har doim bir varaq qog'ozni olib yurardim - ota-onam ijodimni qo'llab-quvvatlab turishardi. Odatda bu otasining ishlatilgan qandaydir varoqi bo'lib, uning teskari tomoni toza bo`lar edi ”. U texnologiyaga ko'p jihatdan onasi tufayli qiziqdi, chunki uning marhum bobosi yuk mashinalari va poezdlar uchun kichik dizel dvigatellarni ixtiro qilganini aytardi. "Men ishorani tushundim - u mening ixtirochi bo'lishimni xohlardi. Bir marotaba, o'qituvchi darsda xayol surib o`tirganim uchun meni tanqid qilganida, men hechxayol surmayotganimni, ixtiro qilayotganimni aytdim".
Felzenshteyn podvalga kirib ketib elektrotexnika bilan o'ynashni yaxshi ko'rar edi, u ota-onasi tomonidan asrab olingan katta akasi va singlisi bilan aloqa qilishdan qochish uchun shunday qilardi. O'shandan beri u elektron vositalar odamga ko'proq erkinlik berishi mumkinligiga ishondi: "Elektronika sohasidagi innovatsiyalar bizga men orzu qilgan, ierarxiya bilan oiladan tashqarida aloqa o'rnatishga yordam berishi mumkin". U sirtqi kursga o'qishga kirdi - o'qishga kirganlarga eksperimentlar uchun o'quv materiallari va jihozlar yuborildi, shuningdek, chizilgan konturlar bo'yicha tarkibiy qismlarni qanday bog'lashni o'rganish uchun 99 tsentga radio va tranzistorlarni yig'ish va ta'mirlash bo'yicha qo'llanmalar sotib oldi. Felzenshteyn Heathkit elektron qurilmalarini, radio konstruktsiyalarini yig'ib o'sgan dasturchilardan biri edi va shuning uchun yangi qurilmalar to'liq yopiq ekanligi va o'spirinlar ichini ochib, nima borligini ko`ra olmasligidan xavotirda edi. «Men eski radiostantsiyalarni o'rganish orqali elektronika asoslarini o'rgandim. Ularni ochish juda oson edi, chunki har kim ularni o'zi tuzatishi mumkin degan asosda yaratilgan edi”.
Felzenshteynning siyosat va texnikaga qiziqishi o`zini ko`rsatdi, u ilmiy-fantastik kitoblarni sevib qoldi, ayniqsa Robert Xaynlin kitoblariga oshiq bo'ldi. Uni ushbu janrdagi mashhur syujet ilhomlantirgan, uni ko'plab geymerlar va kompyuter muxlislari yoqtirgan va ular kiber madaniyatning shakllanishiga ta'sir qilgan. Bu qahramon xakerning yolg'onchi hukumatni ag'darish uchun o'zining IT sehridan foydalangani haqidagi hikoyasi edi.
1963 yilda Vietnam urushi noroziliklari avjiga chiqqan paytda Felzenshteyn elektrotexnika bo'yicha o'qish uchun Berkliga o`qishga kirdi. Kaliforniyada u birinchi bo'lib Janubiy Vietnamdan yuqori martabali mehmonlar kelishiga qarshi namoyishga qo'shildi. Voqealar uzoqroq davom etdi va u kimyo darsiga borish uchun taksiga o'tirishga majbur bo`ldi.
Berklida o'qish arzon emas edi va Felzenshteyn “O`qi va ishla” loyihasiga tushgan "NASA"ning loyihasiga ishga kirib, Edvards aviabazasiga jo'nab ketdi. Biroq, rahbariyat ota-onasining kommunistik qarashlaridan xabardor bo'lib qolgani tufayli, u ishdan ketishga majbur bo'ldi. Haqiqatni bilish uchun otasiga qo'ng'iroq qildi, lekin u buni telefon orqali muhokama qilishdan bosh tortdi.
"Kerak emas joyga aralashmas, o`g`lim, shunda ishingni hech qanday muammosiz qaytarib olasan", - deb maslahat berdi havo kuchlari xodimlaridan biri, ammo Felzenshteyn itoat qilish degan tushunchadan yod edi. Ishdan bo'shatish voqeasi uning rasmiylar bilan munosabatlarini murakkablashtirdi. 1964 yil oktyabr oyida yotoqxonaga qaytib kelganda, u erkin so'zlar harakatining yuksalishini ko'rdi va ilmiy fantastika qahramoni singari, o'z bilimlarini inqilob foydasiga qo'llashga qaror qildi. "Biz "tinchlik quroli"ni qidirayotgan edik va birdan men zo'ravonliksiz kurashning eng yaxshi usuli bu erkin muloqot va ma'lumot almashish ekanligini anglab yetdim".
Bir kuni politsiya kampusni o'rab olganligi haqida mish-mish tarqaldi va kimdir Felzenshteynga: “Shoshil! Politsiya ishlatadigan to'lqinda bizga radio qilib ber!" dedi. Siz buni shunchaki tez qila olmaysiz, ammo bu voqeadan keyin u texnologiyani jamoat foydasi uchun ishlatish vaqti kelganligini angladi.
U o'rgangan asosiy narsa shundaki, yirik tashkilotlardan ozod bo'lishning eng tezkor yo'li bu yangi aloqa usullari va tarmoqlarini yaratishdir. Felzenshteyn shuningdek, bu erkin so'zlar harakatining asosi bo`lishini tushundi, u odamlar o'rtasida vositachilarsiz va nazoratsiz, odamlar guruhlari va jamoalariga birlashishi kerak bo'lgan ko'rsatmalarsiz to'g'ridan-to'g'ri muloqotni qo'llab-quvvatladi. Bu g'oya korporatsiyalarga va odamlarga qanday yashashni buyurgan hokimiyatlarga qarshi norozilik asosini yaratdi.
Felzenshteyn odamlar o'rtasidagi aloqani osonlashtiradigan ma'lumotlar tizimini tuzishning usulini izlay boshladi. U dastlab talabalar kooperatsiyasi uchun yangiliklar varaqalarini chop etdi, so'ngra Berkli Barb haftalik norasmiy gazetasida yozishni boshladi. Tahririyatda u, "Xarbiy muxbir" laqabini oldi, chunki u landing ship dock(ingliz tilida - qo'nish kemasi doki, LSD deb qisqartirilgan) haqida material tayyorlagan va LSD qisqartmasi ustidan istehzo bilan kulgan. Felzenshteyn matbuot odamlarni birlashtiradigan yangi aloqa vositasi bo'lishiga umid qilgan edi, ammo u ommaviy axborot vositalarining "asta-sekin tijorat ko'ngilochar loyihalariga" aylanishini ko'rdi va bu g'oyaga qiziqishni yo'qotdi. Shuningdek, u ko`p aloqali kirishga ega ovozkuchaytirgich ixtiro qildi, bundan maqsad auditoriya o'qituvchi yoli orator bilan muloqot qilishga imkoniyat yaratish edi. Unga bunday tizimning markazlashmagani yoki boshqaruvchisi yo'qligi yoqdi, u Internetning tuzilishiga o'xshab ketdi va hamma o'z fikrlarini bildirishiga imkon berdi.
Felsenshteynning fikriga ko'ra, kelajak "hammaga nima bo'layotganini bir versiyasini taklif qiladigan va tomoshabinlarning fikriga ahamiyat bermaydigan" televizion va "hamma boshqalarni tinglashi va o'z fikrlarini yetqazishi mumkin" bo'lgan ommaviy axborot vositalari o'rtasidagi farqlarga bog'liq edi. Kompyuter tarmoqlari odamlarga davlat hokimiyatini o'z qo'llariga olishga va o'z hayotlarini boshqarishga imkon beradi deya o`ylardi.
Craigslist va Facebook singari internet xizmatlardan oldin odamlar notijorat kommutatorlari orqali ijtimoiy tarmoqlar paydo bo'lish yo'lidagi bosqichlardan biri bo'lgan ma'lumotni qidirib topishdi. Qoida tariqasida, bunday joylarda texnik jihozlar nolga teng edi, bir nechta maslahatchilar stol atrofida er-xotin telefonlar bilan o'tirishar edi, devorlari reklama va reklama bilan qoplangan. Felsenshteynning eslashicha "deyarli barcha tumanlarda bunday xizmatlar mavjud edi". "Men biron bir texnik echim ularning ishini tezlashtirishi mumkinligini ko'rish uchun ularning oldiga bordim", deydi u. Bir kuni u duch keldi
Download 24,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish