Murakkab uch qismli shakl


Modulyatsiyalovchi davriya



Download 479,96 Kb.
bet3/5
Sana29.04.2022
Hajmi479,96 Kb.
#593062
1   2   3   4   5
Bog'liq
Murakkab uch qismli shakl

Modulyatsiyalovchi davriya
U o’zi boshlangan tonallikda tugallanmaydigan davriyalar modulyat-siyalovchi davriya deb ataladi. Juda koʼp hollarda davriya asosiy tonallikda boshlanadi va tobe tonallikda tamom bo’ladi. Modulyatsiyalovchi davriya maʼlum maʼnoda bir tonalli davriyaga nisbatan harakatchanroq boʼladi. Chunki u tonallik jixatidan birmuncha yoyiq xolda keladi.
Modulyatsiyalash koʼpincha ikkinchi jumlada va hatto uning oxiriga borganda sodir buladi. Shuning uchun asosiy tonallikda ekspozitsion birlik ko’prok boʼladi.

Dominanta yoʼnalishidagi (V va III pog’onalar tonalliklariga) modulyasiyalash ko’proq xarakterli boʼlib, hatto bunda ohang shunchalik tanish eshitiladiki, u ekspozitsionlik toʼgʼrisidagi tasavvurni ham o’zgartirmaydi. Umuman olganda, modulyatsiyalovchi davriyaning tugallanishi uchun tonallik tanlash imkoniyati bir oz kengroq boʼlib, ularni (soʼnggi tonallikning tipikligi tartibida) quyidagi jadvaldagidek tasavvur qilish mumkin:


Davriya subdominantali tonallikda kamdan-kam tugallanadi. Mazkur imkoniyatlarning koʼpchiligi XIX asrda major-minor sistemasi asosida yaratilgan bir yangilik sifatida paydo bo’ldi. Tonikaning bundan ancha uzok boʼlgan baʼzi bir boshka nisbatlari ham uchrab turadi. Lekin, bari bir ilgari topilgan bir-biriga yakin nisbatlar har xolda hozirgi vaktgacha yetakchi oʼrinni egallab kelmokda. Uzoqroq nisbatlar esa shaklni, yaʼni 1- davriyadan keyingi shaklni davom ettirish (vositalarni tejash) uchun saklanib kelmokda. Baʼzan modulyatsiyalash birinchi jumladayoq boshlanadi hamda davriyaning ko’proq qismini egallaydi. Mana shu tufayli garmonik tuzilish u yoki bu darajada oʼrtaliq xarakter kasb etishi mumkin. Garchi o’zgacha nisbatlarda boʼlsa ham, bunga ekspozitsionlik har holda oʼz taʼsirini o’tkazadi ya’ni mavzu birligi, struktura, asar - oxirida keladigan toʼlik kadentsiya, butun davriyani takrorlash va nixoyat, shakldagi dastlabki xolat.
Ikki jumlali oddiy davriyaning tuzilishi. Uch jumlali davriya va jumlalarga boʼlinmaydigan davriyalar
Juda ko’p davriyalarda ekspozitsionlik belgilari tuzilmaning kvadratliligi (qoʼshiq-raqslar zaminida yuzaga kelgan muenka)da, yaʼni qismlarning to’rt taktliligida namoyon bo’ladi. Davriyada kvadratlilikning asosiy variantlari quyidagicha:
1 jumla: 2 jumla:
4 4
Yoki boshqa misollarda ham ko’rdik, bunda:
1 jumla: 2 jumla:
8 8
4 + 4 4 + 4
Ba’zida asarlarda 32 (yoki 64) taktli davriyalar kamdan kam uchraydi.  Bu haqda keyinrok to‘xtalamiz.Shunday qilib, sirtdan karaganda davriyalarda sakkiz  taktdan kam bo‘lgan  qismlar uchramaydi. Ba’zan to‘rt taktdan  iborat bo‘lgan davriyalar kuzatiladi. Odatda, bunday davriyalar murakkab o‘lchovlarda keladi va shuning uchun ham har bir takt ikki takt o‘rnida (4x2=8) qabul qilinishi mumkin: bu xulosalarni quyidagi misol orqali ham ko’rishimiz mumkin.


Download 479,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish