Modulyatsiyalovchi davriya
U o’zi boshlangan tonallikda tugallanmaydigan davriyalar modulyat-siyalovchi davriya deb ataladi. Juda koʼp hollarda davriya asosiy tonallikda boshlanadi va tobe tonallikda tamom bo’ladi. Modulyatsiyalovchi davriya maʼlum maʼnoda bir tonalli davriyaga nisbatan harakatchanroq boʼladi. Chunki u tonallik jixatidan birmuncha yoyiq xolda keladi.
Modulyatsiyalash koʼpincha ikkinchi jumlada va hatto uning oxiriga borganda sodir buladi. Shuning uchun asosiy tonallikda ekspozitsion birlik ko’prok boʼladi.
Dominanta yoʼnalishidagi (V va III pog’onalar tonalliklariga) modulyasiyalash ko’proq xarakterli boʼlib, hatto bunda ohang shunchalik tanish eshitiladiki, u ekspozitsionlik toʼgʼrisidagi tasavvurni ham o’zgartirmaydi. Umuman olganda, modulyatsiyalovchi davriyaning tugallanishi uchun tonallik tanlash imkoniyati bir oz kengroq boʼlib, ularni (soʼnggi tonallikning tipikligi tartibida) quyidagi jadvaldagidek tasavvur qilish mumkin:
Davriya subdominantali tonallikda kamdan-kam tugallanadi. Mazkur imkoniyatlarning koʼpchiligi XIX asrda major-minor sistemasi asosida yaratilgan bir yangilik sifatida paydo bo’ldi. Tonikaning bundan ancha uzok boʼlgan baʼzi bir boshka nisbatlari ham uchrab turadi. Lekin, bari bir ilgari topilgan bir-biriga yakin nisbatlar har xolda hozirgi vaktgacha yetakchi oʼrinni egallab kelmokda. Uzoqroq nisbatlar esa shaklni, yaʼni 1- davriyadan keyingi shaklni davom ettirish (vositalarni tejash) uchun saklanib kelmokda. Baʼzan modulyatsiyalash birinchi jumladayoq boshlanadi hamda davriyaning ko’proq qismini egallaydi. Mana shu tufayli garmonik tuzilish u yoki bu darajada oʼrtaliq xarakter kasb etishi mumkin. Garchi o’zgacha nisbatlarda boʼlsa ham, bunga ekspozitsionlik har holda oʼz taʼsirini o’tkazadi ya’ni mavzu birligi, struktura, asar - oxirida keladigan toʼlik kadentsiya, butun davriyani takrorlash va nixoyat, shakldagi dastlabki xolat.
Ikki jumlali oddiy davriyaning tuzilishi. Uch jumlali davriya va jumlalarga boʼlinmaydigan davriyalar
Juda ko’p davriyalarda ekspozitsionlik belgilari tuzilmaning kvadratliligi (qoʼshiq-raqslar zaminida yuzaga kelgan muenka)da, yaʼni qismlarning to’rt taktliligida namoyon bo’ladi. Davriyada kvadratlilikning asosiy variantlari quyidagicha:
1 jumla: 2 jumla:
4 4
Yoki boshqa misollarda ham ko’rdik, bunda:
1 jumla: 2 jumla:
8 8
4 + 4 4 + 4
Ba’zida asarlarda 32 (yoki 64) taktli davriyalar kamdan kam uchraydi. Bu haqda keyinrok to‘xtalamiz.Shunday qilib, sirtdan karaganda davriyalarda sakkiz taktdan kam bo‘lgan qismlar uchramaydi. Ba’zan to‘rt taktdan iborat bo‘lgan davriyalar kuzatiladi. Odatda, bunday davriyalar murakkab o‘lchovlarda keladi va shuning uchun ham har bir takt ikki takt o‘rnida (4x2=8) qabul qilinishi mumkin: bu xulosalarni quyidagi misol orqali ham ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |