13.2. Quduqlarni teshish uchun maxsus eritmalardan foydalanish
Texnik normalarga muvofiq ravishda harakatdagi burg‘ilash ishlarini olib borishda teshishdan oldin ishlatish quduqlari burg‘ilash eritmalari bilan tо‘ldirilmaganda va qatlamni birlamchi ochishda qо‘llanilgan eritmalarga e’tibor berilmaganda quduq tubining sohasida qatlamning ifloslanishi sodir bо‘ladi.
Kо‘pgina xorijiy davlatlarda burg‘ilash jarayonida qо‘llaniladigan eritmalardan mahsuldor qatlamni ochishda qо‘llashdan voz kechilgan. Quduq tubini teshishda qattiq fazasiz yoki eritmasiz kislotali eritma bilan tо‘ldirilgan maxsus tayyorlangan eritmalardan foydalanilmokda.
Mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishda kumulyativ teshishni qо‘llash texnologiyasi uchta bosqichda olib borilgan.
Birinchi bosqichda kumulyativ teshish burg‘ilash eritmalari bо‘yicha amalga oshirilgan. Bunday usul qо‘llanilganda teshish kanallari loyli zarrachalar bilan tiqilib qolganligi uchun о‘tkazuvchanlik imkoniyati 2 martaga va undan ham kо‘p kamayib ketgan. Lekin hozirgi vaqtda bunday usul kо‘pgina holatlarda qо‘llanilmokda, lekin iqtisodiy samaradorligi past.
Ikkinchi bosqichda qatlamni ikkilamchi ochishda teshish muhiti sifatida maxsus qattiq eritmalardan foydalanilgan. Bunday eritmalar sifatida tuz-suvli eritmalar, polimer-tuzli eritmalar, uglevodorod asosli eritmalar va boshqalardan foydalanilgan.
Qatlamni ikkilamchi ochish jarayonida maxsus eritmalardan foydalanilganda loyli eritma muhitida teshishga nisbatan yaxshi natijalar olingan. Bunday usul qо‘llanilganda va uni tayyorlashda, teshishda va quduqqa haydashda muallaq zarrachalarning aralashmasini tarkibida bо‘lganligi uchun kanallarida tiqilib qolishlar sodir bо‘lgan.
Manifold, qulfakda va sirkulyatsiya tizimlarida qoldiq burg‘ilash eritmalarining qoldiqlari quduqqa maxsus eritmalar bilan birgalikda kirib boradi, kollektor va g‘ovakliklarni ifloslantirish manbasiga aylanadi. Erimaydigan qattiq fazalarning asosiy miqdori maxsus eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan suv va tuzning tarkibida bо‘ladi.
Quduqlar tо‘ldirgan maxsus eritmalar tarkibida qattiq zarrachalarni mikdori 1000-2000 mg/l gacha yetadi va ijobiy samaraga erishish qiyin bо‘ladi.
Ikkilamchi ochishda qо‘llaniladigan maxsus eritmalarning tarkibini takomillashtirish va muallaq zarrachalardan tozalash talab qilinadi. Bu qatlamni ikkilamchi ochishning uchinchi rivojlantirish bosqichidir.
Quduqdagi burg‘ilash eritmasini maxsus eritmalarga almashtirish jarayon bir qancha bosqichlarda olib boriladi:
- ishlatish tizmasidagi burg‘ilash eritmalarini suv bilan almashtirish;
- quduq stvolida yopishib qolgan burg‘ilash eritmalarining qoldiqlarini suvga, spirt va SFM ni qо‘shib yopiq siklda sirkulyatsiya yо‘li bilan yuvish, sig‘im idishi nasos filtrlarini yuvishdan chiqqan qattiq zarrachalarni yuvish uchun quduq sig‘im idishidan foydalanish;
- filtrlangan teshish eritmalari bilan suvni aralashtirish; yuvilgan suvdagi qattiq zarrachalarni va maxsus eritmalarni tozalash uchun har xil konstruksiyali filtrlardan foydalanish;
- turli plastik shakldagi filtrlovchi elementlardan foydalanish, kvars qumlari bilan tо‘ldirish va h.k.
Quduqni maxsus eritmalardan tozalash filtrlanadigan eritmaning hajmiga va filtrlarning о‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq holda 10 kun davomida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |