14.8. Tuproq va suv resurslarini muhofazasi
Tuproq va gruntlarni potensial ifloslantirish manbalariga burg‘ilash eritmalari chо‘kindilarini omboridan – yig‘iladigan joylari о‘ralganda talab darajasida bо‘lmaganligi uchun oqib chiqishi grunt orqali sizib chiqishi natijasida sodir bо‘lishidir. Yer manbalarini ifloslantirish manbalariga ishlatilgan burg‘ilash eritmalari va burg‘ilash quyqumlari kiradi.
Suvdan maxsus foydalanish viloyat tabiatni muhofaza qilish bо‘limi tomonidan berilgan ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
«Sni Pt. 49-416» ga muvofiq texnik suv sarfi quyidagini tashkil qiladi:
- «ESN-49» muvofiq minora montaj ishlarida qurilish montaj ishlarini hajmiga nisbatan;
- tayyorlov ishlarini burg‘ilashda – 43 m3/sut;
- burg‘ilashda va mustahkamlashda – 72 m3/sut;
- sinashda – 20 m3/sut;
Suv muhitini ifloslantiradigan manbalardan biri oqova burg‘ilash suvlari (OBS), qayta ishlangan burg‘ilash suvlari, burg‘ilangan jinslar yoki burg‘ilash quyqumlari hisoblanadi, qaysiki ular maxsus yer omborlarida saqlanadi va yig‘ilishi bо‘yicha eng kо‘p zarar keltiradigani bu oqova burg‘ilash suvlarining suyuq chiqindilari hisoblanadi.
OBS–larni zararsizlantirish burg‘ilangan jinslarning minerallashganlik darajasiga, foydalanish va eritmalarni qayta ishlashda qо‘llaniladigan materiallarni tarkibiga bog‘liqdir.
Ifloslantirgichlar shakllanish shartlariga muvofiq:
- ishlatish–pollarni va jihozlarni, elak turlarini tozalash tizimlarni sovutishdagi qayta ishlatilgan suvlar kiradi;
- texnik suvlar–burg‘ilash quvurlarini yuvishdagi suvlar;
- avariya–quvur uzatmalarni yorilishi, yopib–ochiladigan moslamalarni nosozligi;
- tabiiy–yomg‘ir va erigan qor suvlari hamda tozalash qurilmalarida burg‘ilash eritmalarini tozalashda oqib chiqadigan suvlar.
Oqova suv texnologik burg‘ilash jarayonida qо‘llaniladi, yer usti suv havzalariga tashlanmaydi, quyqum tо‘plagichlarga yig‘iladi va tindirilgandan keyin, koagulyantlar bilan ishlanib qaytadan foydalaniladi.
Tuproq va suv obyektlarini himoya qilish uchun kompleks (bir butun) tadbirlar oldindan ishlab chiqiladi:
- burg‘ilash va yashash joyi uchun ajratilgan 2,5 ga yerdagi tuproq qatlamini 0,2 metr chuqurlikda olish;
- tuproq qatlamini vaqtinchalik omborga yig‘ish;
- burg‘ilash chiqindilarini yig‘adigan va saqlaydigan inshoot tizimini qurish;
- umumiy omborga ishlatilgan suvlarni olib tashlaydigan burg‘ilash navlari inshooti tizimini qurish;
- oqib chiqadigan suvlarni va chiqindilarni yig‘adigan va saqlaydigan qurilmalarni qurish;
- territoriya chegarasida vaqtinchalik foydalanish uchun ajratilgan joyda ishlarni olib borish;
- yer uchastkalarini himoya novlari (ariqchalari) yoki tо‘siqlar bilan о‘rash;
- transtportlarni faqat amaldagi yо‘llar orqali harakatlanishi, bu yо‘llarni suv qо‘yiruvchi qurilmalar bilan ta’minlash;
- tabiiy obyektlarni territoriyasidagi toshqin suvlarini yig‘ilishi va toshishi natijasida zaharli moddalarni tarqalib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik;
- kaustik suvlarni tо‘kilgan joylarini zararsizlantirish, oqova suvlarni quyqum omborlariga yig‘ish;
- burg‘ilash stanoklarini dizel yoqilg‘ilari va moylash materiallari bilan ifloslanishini oldini olish, maxsus TMU–50 va YOMM–ni maxsus sig‘imlaridan foydalanish, sig‘imdan yerga tо‘kilishiga yо‘l qо‘ymaslik;
- kimyoviy reagentlar uchun maxsus saroylardan foydalanish;
- ishlatilgan yog‘larni maxsus sig‘imlarda yig‘ish va davriy holatda neft bazalariga tashish;
- elak tо‘rlarida burg‘ilash eritmalarini tozalashda ikki pog‘onali yoki uch tozalagichlardan foydalanish;
- quduq ustini 3 x 3 m о‘lchamda sementlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |