Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


Neft va gaz quduqlarini burg’ilash usullari



Download 21,56 Mb.
bet129/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

8.8. Neft va gaz quduqlarini burg’ilash usullari

Quduqlarini burg’ilash usullari haqida umumiy ma’lumot. Yuqorida qayd etilgandek burg’ilash jarayonida tog‘ jinslarini yemirish Mexanik va boshqa usullarda amalga oshiriladi.

Mexanik burg’ilash zarbali, zarba-arqonli, zarbali-aylanma va aylanma usullarda bajariladi. Neft va gaz quduqlarini ishlab chiqarishga tayyorlash yoki qurish faqat burg’ilashning aylanma usullaridan foydalaniladi.

Shuning uchun zarbali burg’ilash usul turlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tiladi:

a) zarbli burg’ilash - ba’zan qattiq foydali qazilmalarni qidirishda, asosan gidrogeologik izlanishlarda qo‘llaniladi. Bunda og‘ir zarb asbobi po‘lat arqon yordamida muntazam ravishda uncha katta bo‘lmagan balandlikdan quduqqa xarakatlanadi va quduq tubi yaratilib boriladi. Natijada tog‘ jinslari maydalanadi yoki parchalanadi. Har bir zarbdan keyin arqonning aylanishi hisobiga snaryadning holati ma’lum burchakka buriladi. Yemirilgan tog‘ jinslar chelak yordamida quduq tepasiga chiqariladi;

b) zarb-arqonli burg’ilash – asosan gidrogeologik izlanishlarda, suv quduqlarni burg’ilashda keng qo‘llaniladi. Bunda burg’ilash asboblarini va mustahkamlovchi quvurlar birikmasini quduqga tushirish va ko‘tarish friksion chig‘ir yordamida amalga oshiriladi. Tog‘ jinslarini yemiruvchi asboblarining zarba ta’sirida sodir bo‘ladi. Zarb arqonli burg’ilash usuli bilan dastlabki diametri 0,500-0,900 m, ohirgi diametri 0,150 m bo‘lgan quduqlarni 400-500 m chuqurlikgacha burg’ilab o‘tish mumkin;

v) zarb aylanma burg’ilash – zarb aylanma burg’ilashda quduq tubi tog‘ jinslarining yemirilishi o‘q bo‘ylama kuch ta’sirida yemiruvchi asboblarga tez-tez ustma-ust kuchli zarba berish natijasida sodir bo‘ladi. Bu usulda qattiq tog‘ jinslari ancha samarali maydalanadi. Zarb-aylanma burg’ilashda maxsus quduq tubi mexanizmlari (gidrozarbalagich, pnevmozarbalagich, magnit striktor, quduq tubi tebratkichi) qo‘llaniladi.

g) aylanmali burg’ilash - tog‘ jinslari burg‘i (burg’u)ga berilgan yuk va aylantiruvchi momentlarning bir vaqtdagi ta’siridan parchalanadi. Bunda yuk ta’sirida burg’u tishi tog‘ jinsiga botadi, aylantiruvchi moment ta’sirida esa tog‘ jinslari maydalanadi. Burg’ilash jarayonida maydalangan tog‘ jinsi zarrachalari yer yuziga yuvish suyuqligi oqimi, gaz yoki havo haydash yo‘li bilan olib chiqiladi. Aylanmali burg’ilashning rotorli va quduq tubi dvigateli usullari mavjud.

O datda, burg’ilash quvurlari birikmasini qismlarga bo‘lib ko‘tariladi. Ularning uzunligi minora balandligiga qarab aniqlanadi (42 metrli minora uchun 27 m). Yechib olingan quvrular birikmasi (svecha-uch va undan ortiq quvurlar birikmasidan tashkil topgan 25 yoki 36 metrli quvur birikmasi) minora fonariga o‘rnatiladi. Burg’ilash quvurlar birikmasi quduqga teskari tartibda tushiriladi. Shunday qilib burg’u ishlash jarayonining quduq tubida to‘xtab qolishi burg’ilash quvurlarini uzaytirish, tushirish-ko‘tarish ishlari va ishdan chiqqan burg’ularni almashtirish kabi jarayonlarni bajarilishi bilan bog‘liq.

Hozirgi vaqtda quduq tubi dvigatellarining turbobur, vintli dvigatel va elektrobur kabi turlari qo‘llaniladi.

Turbobur yoki vintli dvigatellar bilan burg’ilashda quvurlar birikmasi ichida pastga harakatlanayotgan yuvish suyuqligi oqimining gidravlik energiyasi burg’u bilan ulangan quduq tubi dvigateli valida Mexanik energiyaga aylanadi. Turbina bo‘yicha hisoblab aniqlangan maksimal aylanuvchi moment quduq chuqurligiga, burg’uning aylanish chastotasiga, unga tushadigan o‘q bo‘yicha yukga va burg‘ilanayotgan tog‘ jinsining xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Turbinali burg’ilashda energiya manbasidan jins yemiruvchi asbobga uzatiladigan quvvat koeffitsiyenti rotorli burg’ilashga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Elektrobur bilan burg’ilashda burg’uning aylanishi o‘zgaruvchan tokli elektr dvigateli yordamida amalga oshiriladi. Unga energiya yer yuzasidan burg’ilash birikmasi ichiga o‘rnatilgan kabel orqali uzatiladi. Bunda burg’ilash eritmasining sirkulyatsiyasi xuddi rotorli burg’ilash usuliga o‘xshagan bo‘ladi. Burg’ilash quvurlari ichidagi kabel vertlyug ustiga joylashgan elektr tokini qabo’l qilgach orqali uzatiladi. Odatda elektrobur burg’ilash quvurlarining pastki uchiga, burg’uni esa elektrobur valiga mahkamlanadi. Elektr dvigatelining gidravlik dvigateldan afzalligi elektroburning aylanish chastotasi, momenti va boshqa parametrlari uzatiladigan qorishmaning miqdoriga, fizik xossalariga va quduqni chuqurligiga bog‘liq emas. Shuningdek, elektr dvigatellarining ishlash jarayonini yer ustidan turib nazorat qilish mumkin.




Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish