Murakkab qo‘shma gaplar



Download 1,47 Mb.
Sana04.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#635954
Bog'liq
Murakkab qo‘shma gaplar

Murakkab qo‘shma gaplar

Qo’shma gap


Mazmuni, grammatik tuzilishi hamda ohangiga ko`ra bir butunlikni tashkil etgan, bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar Qo`shma gapni tashkil etadi.
O`zbek tilida qo`shma gaplar ma`lum ma`no munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va ohangiga ko`ra uch tipga bo`linadi:
1. Bog’lovchisiz qo`shma gaplar
2. Bog’langan qo`shma gaplar
3. Ergash gapli qo`shma gaplar.


Nutqimizda kamida uchta sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gaplar ham mavjud. Maktab darsligida ularga quyidagicha ta’rif beriladi: “Uch va undan ortiq sodda gaplarning birikishidan tarkib topgan gaplar murakkab qo‘shma gaplar deyiladi”.
MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR

Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi.

  • Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi.
  • Ko`rsatish olmoshlari odatda bosh gap tarkibida ( siz shuni unutmangki, ...)yoki bosh va ergash gaplarning tarkibida bo`ladi. ( Bog` shunchalik meva berdiki, bunchalik hosil ko`pdan beri olinmagan edi).

MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR TURLARI
Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Aralash murakkab qo‘shma gaplar

Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar


Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi (avvalgi mavzuda bu gaplar bog‘lovchilarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap deb atalgan edi): Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.

Aralash murakkab qo‘shma gaplar


Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo‘ladi: Tog’ va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi
Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Botirjon klubdan chiqqanida, quyosh sharq ufqida terak bo‘yi ko‘tarilib, bulut darvoza oralig‘ida charaqlab turardi.
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Ergash gaplarni bosh gapga bog’lanishi
To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). 
Ketma-ket ergash gap. 

To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lansa, birgalik ergash gap deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar


1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; 
2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku!

Ketma-ket ergash gap.


Har bir ergash gap to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog‘lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g‘o’zaning parvarishi kechikkan bo‘lsa ham, hosil mo‘l bo‘ldi.
Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish