bogʻlab fob yasaydilar. Sohibqiron shu aravalar, ular ustiga qoʻyilgan tura (qalqon)
va chapar (chetan) panohida boʻladi. Aylana mudofaada qolgan Sohibqironga
Allohdod, Jaku, Husayn Malik qavchin boshliq boʻlimlar yordamga keladi. Ammo,
Toʻxtamishxon qoʻshinining hamlasi borgan sari kuchayadi. Asosiy qoʻldan
koʻmakka
tashlangan
Muhammad
Sulton
Mirzo
hamda
Ustaybek
qoʻmondonligidagi qismlarning jangga kirishi,
amir Jahonshoh va amir Hoji
Sayfuddin qoʻl ostidagi jangchilarning pistirmadan turib Dashti Qipchoq armiyasi
soʻl qoʻliga kuchli zarba berishi vaziyatning maʼlum darajada oʻnglanishiga sabab
boʻladi.
Jangning 2 kuni yana Toʻxtamishxon qoʻshinining hujumi bilan boshlanadi. Xon
Isabiy va Baxshi Hoji qismlaridan iborat juvangʻarini muhorabaga tashlaydi.
Sohibqironning hirovuli (avangard)ni uloqtirishga erishgan bu qoʻshin qanoti Amir
Temur barangʻarida jang qilayotgan amir Hoji Sayfuddin tumanini qurshab oladi va
tarqatib yuboradi. Bir qancha askarlarning toʻzgʻib ketishiga qaramay Xoji
Sayfuddin qolgan safdoshlari bilan qarshilik koʻrsatishni davom ettiradi. Oʻz
qismdoshlarining matonat bilan kurashayotganini koʻrgan askarlar ortga qaytib, ular
qatoriga qoʻshiladi. Qiyin ahvodda qrlgan bu tumanga Jahonshoh bahodir, Temur
Xoja Oqboʻgʻa va Rustam mirzolar madadga keladi. Kechgacha davom etgan jang
hech bir tomonning ustunligisiz toʻxtaydi.
Jangning soʻnggi kuni tagʻin Dashti Qipchoq qoʻshinining
shiddatli hujumi bilan
boshlanadi. Toʻxtamishxon otliq va piyodani safga tizib, markaz va qanotlarni
qoʻshimcha kuchlar bilan mustahkamlab, tashabbusni oʻz qoʻliga olish ilinjida jasur
va sara askarlarini jangga kiritadi. Ayni vaqtda xonning ishonchli sarkardalaridan
biri Yagʻliboy ham juvangʻar bilan jangga tashlanadi. Amir Temur ushbu dushman
juvangʻarining ancha zaiflashib qolganligini bilgan holda asosiy zarbani unga
qaratadi. Natijada, Sohibqiron jangchilarining kuchli hujumlariga bardosh berolmay
parokanda boʻlgan xon askarlari qochishga tushadi. Yagʻliboy
qismlari Usmon
bahodir boshchiligidagi barangʻar tomonidan yakson etilib, uloqtirib tashlanadi.
Yagʻliboy Usmon baxrdir bilan kechgan yakkamayakka olishuvda halok boʻladi.
Nihoyat, Sohibqiron butun jang maydoni boʻylab hal qiluvchi hujumga oʻtadi. 3 kun
davom etgan shafqatsiz olishuv tufayli tinkasi qurigan Dashti Qipchoq armiyasi
qarshilikni bas qiladi va uzilkesil magʻlubiyatga uchraydi. Toʻxtamishxon janggohni
xos qoʻriqchilari panohida tashlab qochishga muvaffaq boʻladi. Amir Temurning
ushbu dahshatli toʻqnashuv vaqtida oʻta tang vaziyatga tushib,
undan faqat bor
isteʼdod, gʻayrat hamda kuchni ishga solib sharaf bilan chiqib ketishi uning
Toʻxtamishxondek qudratli harbiy kuchga ega boʻlgan, salohiyatli sarkardadan
ustun kelganligini koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: