Tayanch so’zlar: Model, manbalar, blok, asboblar paneli.
SIMULINK muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur:
File/New/Model, buyrug’i yoki asboblar panelidagi tugma yordamida modelning yangi fayli yaratiladi. Modelning yangi yaratilgan oynasi 12-rasmda ko’rsatilgan;
Model oynasida bloklarni joylashtiriladi. Buning uchun kutubxonaning kerakli bo’limi ochiladi (masalan, Sources— manbalar). So’ngra kerakli blokni kursor bilan ko’rsatiladi va sichqonchaning chap tugmasini bosib yaratilgan oynaga suriladi. Bloklarga ega bo’pgan model oynasi 13-rasmda ko’rsatilgan. Agar blokni yo’qotish zarur bo’lsa uning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi , keyin esa klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |