Muqobil energiya manbalari


-mavzu. Ob’ektlarning elektr ta’minot tizimi uchun quyosh modullarini tanlash



Download 12,87 Mb.
bet50/155
Sana19.02.2022
Hajmi12,87 Mb.
#459805
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155
Bog'liq
quyosh majmua

22-mavzu. Ob’ektlarning elektr ta’minot tizimi uchun quyosh modullarini tanlash.
Reja:
22.1. Aqlli quyoshli uy loyihasi.
22.2. Quyosh basseyni.
22.3. Binolarning issiqlik ta’minotida faol isitish tizimi.
22.4. Fazoviy o‘tish issiqliklari.
22.5. Gibrid foto-issiqlik qurilmalaridan issiq suv ta’minotida fovdalanish.
22.6. Foto-issiqlik qurilmasini ish faoliyatini avtomatlashtirish.
22.7. Xonani quyoshdan isitish va sovitish uchun issiqlik akkumulyatsiyalash.
Quyosh elementlarining asosiy xarakteristikasi hisoblangan volt-amper xarakteristika (VAX) va spektral sezgirlik yarim o‘tkazgich materiallarning optik va elektrofizik xususiyatlariga bog‘liqdir.
Quyosh elementi VAX p-n o‘tishli yarim o‘tkazgich diodning VAX idan yangi IF hadning paydo bo‘lishi bilan farq qiladi. IF - optik nurlanish ta’sirida quyosh elementida paydo bo‘lgan tokdir. Agar Id – diod orqali oqayotgan tok va I – tashqi yuklanma orqali oqayotgan tok bo‘lsa, u holda,

IF=Id+I (8) va





Bu yerda I0 - p-n o‘tishning teskari yo‘nalishdagi to‘yinish toki, q – electron zaryadi, T – mutlaq harorat, k – Bolsman doimiysi, U – kuchlanish.


Qarshiligi cheksiz bo‘lgan ochiq zanjir holi uchun, ya’ni I = 0 da yuqoridagi tenglamadan



kelib chiqadi. 5-rasmda Rn va Rш ning turli xil qiymatlarida quyosh elementi VAX ko‘rinishlari (a) va Rn ning Rш=∞ dagi qiymatlari (b) keltirilgan.





2.1-rasm. Quyosh elementi VAX ning ko‘rinishlari (a) va Rn ning Rш=∞ dagi qiymatlari (b); 1 –Rш100 Om; 4 - Rn=0, Rш=∞; 5-11 –Rn=0; 1; 2; 3,5;5; 10 va 20 Om, Rn=5 Om, Rш=100 Om; 2 – Rn=5 Om,Rш=∞ ; 3 –Rn=0.

Amalda quyosh elementlarida ketma-ketlik qarshiligini tashkil qiluvchilar bu kontaktlarni tashkil qiluvchi qatlamlar qarshiligi, alohida p- va n- sohalar qarshiligi, metall-yarim o‘tkazgich orasidagi o‘tish sohalari qarshiligi, shunt qarshiligi va hokazolardir. Bu qarshiliklarni va p-n o‘tishdagi rekombinatsion yo‘qotishlarni hisobga olib VAX ni murakkabroq ko‘rinishda ifoda etish mumkin, ya’ni





Kiritilgan koeffitsient A amaldagi asbobning ideal asbobga nisbatan yaqinlik darajasini ko‘rsatadi. Bu tenglamani amaliyotga yaqin qilib quyidagicha yozish mumkin.





Bu tenglama asosida olingan ayrim hisob-kitob natijalari 8.2-rasmda va quyosh elementining ekvivalent hamda o‘lchash sxemasi 6-rasmda berilgan.





2.2-rasm. Quyosh elementining ekvivalent (a) va o‘lchash (b) sxemalari.

Quyosh elementining birlik yuzasidan olinayotgan quvvat R ni quyidagi tenglamadan baholash mumkin.





Bu yerda FF (yoki ξ) – volt-amper xarakteristikasining to‘ldirish koeffitsienti, ya’ni VAX shaklining to‘g‘ri to‘rtburchakka qay darajada yaqinligini ko‘rsatadi. To‘ldirish koeffitsienti hozirgi zamon quyosh elementi larida (kremniy va galliy arsenidi elementlarida) 0,8 va undan kattadir. Ketma-ket va shunt qarshilik ta’sirini 5-rasmdan VAX ga ta’sirini ko‘rib o‘taylik. Rasmdan ko‘rinadiki, shunt qarshilik Rш ni cheksizlikdan 100 Om gacha kamayishi VAX shakliga va quyosh elementi ning chiqish quvvati RV ga deyarli ta’sir etmaydi. Holbuki, n R ning 1 Om dan 5


Om gacha o‘zgarishi VAX shaklining keskin yomonlashashiga va chiqish quvvati PB ga gisbatan kamayishiga olib keladi.
Quyosh elementi VAX ning yorug‘lik va qorong‘ulikdagi xususiyatlarini aniqroq tahlil qilish mumkin. Odatda kuchlanish darajasiga qarab p-n o‘tishdan o‘tayotgan teskari to‘yinish tokining o‘tish mexanizmi o‘zgaradi. Bu tok odatda ikkita tokning yig‘indisidan iborat, ya’ni



Bu yerda I01 – yupqa p-n o‘tish orqali diffuzion mexanizm vositasida oqayotgan tok, I02 – esa A=2 ga teng bo‘lgan hol uchun p-n o‘tish sohasida rekombinatsiya hodisasi uchun teskari to‘yinish toki. Quyosh elementlarining qorong‘ulik va yorug‘likda o‘lchangan VAX asosida ulraning ayrim parametrlarini aniqlash mumkin. Bular jumlasiga I0 , Rn , Rsh, A parametrlar kiradi. Quyida keltirilgan 7-rasmda AM 0 sharoitda va qorong‘ulikda olingan quyosh elementi ning tipik VAX lari keltirilgan. Birinchi kvadrantdagi yorug‘lik sharoitida olingan VAX va uning to‘rtinchi kvadrantdagi davomi to‘g‘ri chiziqlardir. Bu to‘g‘ri chiziqning toklar o‘qiga qiyaligi quyosh elementi ning ketma-ketlik qarshiligini belgilaydi.




(8.7)

Bu yerda, ∆Unp/∆Inp qiymatining ∆Uxx - ga yaqin sohasidagi o‘zgarishi olinadi. Keltirilgan xarakteristikaning birinchi kvadrantdagi qismi va uning ikkinchi kvadrantdagi davomi to‘g‘ri chiziqdan iborat.



8.3-rasm. Atmosferadan tashqari holdagi Quyosh nurlanishi uchun o‘lchangan hozirgi zamon kremniy asosidagi quyosh elementi ning tipik volt-amper xarakteristikasi. 1 – yorug‘lik ta’siridagi; 2 - qorong‘ulikdagi holatlar.

Uning kuchlanishlar o‘qiga og‘masi quyosh elementi dagi shunt qarshiligi Rш ning qiymatini belgilaydi, ya’ni





bu yerda ∆U′np va ∆I′np lar qiymatlari qisqa tutashuv toki Iq.t. ga yaqin sohadagi o‘zgarishi olinadi.


Yorug‘likda olingan VAX ning qisqa tutuashuv toki K Z I . atrofidagi to‘g‘ri chiziq qiyalginio‘zgartirilishi qiyin bo‘lganligi uchun, shunt qarshiligi Rш qorong‘ilikda olingan VAX ning qiyaligidan aniqlanadi (ikkinchi kvadrant shtrix chiziq), ya’ni



Qorong‘ilikda olingan xarakteristika yordamida teskari to‘yinish toki I0 ni aniqlash mumkin. Quyosh elementlari p-n o‘tishi ish rejimida to‘g‘ri yo‘nalishda ulangan bo‘ladi, ya’ni optik nurlanish ta’siri natijasida muvozanatda bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning p-n o‘tishga ikala tomondan hosil bo‘lishi, bu p-n o‘tishning to‘g‘ri yo‘nalishda ulanganligini ko‘rsatadi.


Shuning uchun, teskari to‘yinish toki I0 va ideallanish koeffitsienti A ning to‘g‘ri yo‘nalishdagi qorong‘ilikda yoki yorug‘likda o‘lchangan VAX idan topish maqsadga muvofiqdir. Qorong‘ilikda olingan VAX ga taalluqli diod tenglamasini boshqacha ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin.



bu tenglama hisob-kitob uchun tokning qiymati katta bo‘lgan ID>>I0 sharoitda ishlatilishi va teskari to‘yinish toki rekombinatsion mexanizm asosida p-n o‘tish orqali o‘tadigan holi uchun ishlatilishi mumkin. quyosh elementi ning to‘g‘ri yo‘nalishda o‘lchangan VAX (katta tok va kuchlanishlar uchun) asosida lnI0=f(U) funksiyasini chizish mumkin. Bu tenglama qiyaligining tangensi qU/AkT ga teng bo‘ladi. Uning ordiniti o‘qida kesgan kesmasi lnI0 ning qiymatini beradi.


Quyosh elementi real ishlashiga yaqin sharoitda I0 va A ning qiymatini
aniqlashning yana bir usuli mavjud. Buning uchun yorug‘lik oqimi zichligining hech bo‘lmaganda ikki xil qiymatida imitator yordamida quyosh
elementining VAX o‘lchanadi. Ketma-ketlik qarshiligi Rn uchun kuchlanishlar pasayishi va p-n o‘tish sohasida rekombinatsiya bo‘lishi jarayoni uchun yuqoridagi tenglamani keltiramiz, ya’ni



Salt ishlash rejimida, bo‘lgani uchun, va deb olish mumkin. U holda,



Bu tenglamani qo‘llash uchun etalonli quyosh elementi yordamida har bir yangi optik nurlanish oqimi zichligiga to‘g‘ri keladigan Iq.t.=f(E) tenglamaning chiziqli qiymatlari topiladi va undan Iq.t. va Uxx aniqlanadi. Tangens burchagidan q/AkT ning qiymati topiladi va uning ordinate o‘qi kesishadigan kesmasidan lnI0 ning qiymati aniqlanadi.



Download 12,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish