Muqimov Muhammadaziz " G’aznachilik"


Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mazmuniga ko’ra guruhlanishi



Download 23,39 Kb.
bet2/2
Sana23.07.2021
Hajmi23,39 Kb.
#126493
1   2
Bog'liq
Muqimov M g'aznachilik yakuniy

Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mazmuniga ko’ra guruhlanishi:

Joriy xarajatlar- davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog’onadagi byudjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar, va subsidiyalar shaklida yordam ko’rsatish uchun ajratiladi.

Kapital xarajatlar- byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi bo’lib, unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar vamuassasalarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar kiradi.


  1. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi Davlat Byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha, 4 guruh xarajatlarining to‘liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o'z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi. llova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo'lib, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi.

Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo'limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining Byudjetni tuzish tartibi va muddati to g 'risid ag i qaroridan va moliya organining ushbu masala bo‘yicha ko'rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalami tuzish tartibi va muddatlari to ‘g ‘risida ko‘rsatmalar beradi. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradi va xarajatlar smetasini tuzish tartibi, muddatlari to'g'risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga va ularga xarajatlar smetasini tuzish masalalari bo‘yicha qonunchilik talablarini tushuntiradi, Byudjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasi hisob- kitoblarining qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomiga, iqtisod qilish tartibiga rioya qilish haqida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek, xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalami to’lidirish texnikasi masalalari bo'yicha yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi.

Xarajatlar smetasi bo'yicha xarajatlarni hisoblab chiqish m ablagiarga bo'lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlariish ko'rsatkichlari va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart. Smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo'yicha rejalashtiriladi:

I guruh — Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar (stipendiyalar va boshqalar);

II guruh — Ish beruvchi laming ajratmalari (ish haqiga ustamalar);

III guruh — Kapital qo'yilrnalar;

IVguruh — Boshqa xarajatlar.

Xarajatlarni moliyalashtirish (to‘lash) Byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro‘yxati va smetasiga kiritiladigan o ‘zgartirishlami hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan Byudjet parametrlariga hamda Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan Byudjet xarajatlarining choraklar bo'yicha taqsimlangan yillik ro ‘yxatiga binoan amalga oshiriladi. I guruh - Ish haqi va unga tenglashtirilgan to ‘lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi: - “Ish haqi”; - “Ta’lim muassasalarining o ‘mak ko‘rsatgan xodimlarini rag'batlantirish Direktor fondi mablag'lari” (umumta’lim maktablari, kasbhunar kollejlari va akademik litseylarda); - Stipendiyalar. Umuman olganda, Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqini hisoblashda ular mehnatiga haq to'lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo'llaniladi. YaTS O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o'matiladi. U 22 ta razraddan va har bir razrad uchun o'rnatilgan tegishli tarif koeffitsiyentlaridan iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o'rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va Byudjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qo'llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to'lashning tarmoq setkasi qo'llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’limi muassasalari, sog'liqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to'lashning tarmoq sctkalari ishlab chiqilgan. II guruh - “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari): Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to'lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi summasiga nisbatan o'rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2014-yil uchun yagona ijtimoiy to 'lo v m iqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib belgilangan. III guruh - “ Kapital qo’yilmalar” guruhi bo'yicha xarajatlar Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro'yxatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida Byudjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.

IV guruh — “Boshqa xarajatlar ” tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi: - “Xizmat safar xarajatlari"; - “Kommunal xizmatlarni to'lash xarajatlari”; - “Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari”; - “Joriy ta’mirlash xarajatlari”; - “Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to'lash xarajatlari”; - “Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlami va oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”; - “ Boshqa joriy xarajatlar ” .




  1. Har bir davlat xaridi ishtirokchisi, shuningdek nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar davlat buyurtmachisi, LBMA, xarid komissiyasi va uning a'zolari, operatorning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan Komissiyaga shikoyat qilishi mumkin.

Davlat xaridlari doirasidagi shartnomaviy majburiyatlarni bajarish bo‘yicha nizolar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Shartnoma tuzilgandan keyin beriladigan shikoyatlar bo‘yicha uning davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Bu holda Komissiya shartnoma ijro etilishini 7 ish kunigacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turadi.

Qanday qonunbuzarliklar ustidan shikoyat qilish mumkin

Arizachi shikoyatni Komissiyaga yozma shaklda yoki shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda yuboradi. Shikoyatga unda ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.

Quyidagi holatlarda shikoyat berilishi mumkin:

• davlat xaridi sub'yektlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan;

• xarid qilish tartib-taomillari buzilganda;

• ishtirokchilarning takliflari buyurtmachilar tomonidan asossiz qabul qilinmaganda yoki rad qilinganda;

• buyurtmachilar tomonidan ishtirokchilar sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qo‘yilgan talablarni oshirishga, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga yo‘l qo‘yilganda;

• narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida ishtirokchilar oldindan til biriktirganda;

• davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish asossiz ravishda cheklanganda va b.

Shikoyatlar qanday ko‘rib chiqiladi

Komissiya davlat buyurtmachisi va ishtirokchisi ishtirokida shikoyatni o‘rganadi. Bunda xarid qilish tartib-taomili 10 kungacha bo‘lgan umumiy muddatga to‘xtatib turiladi. Komissiya shikoyatni olgan kunidan e'tiboran 7 ish kuni ichida qaror chiqarishi va axborotni axborot portaliga joylashtirishi shart.

Shikoyat bo‘yicha qaror Komissiya a'zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Shikoyat asosli deb topilsa, Komissiya tegishli choralar ko‘radi.

Komissiya qanday choralar ko‘rishi mumkin

Komissiya o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:

• buyurtmachining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq o‘rnatish;

• buyurtmachining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat xaridlari to‘g‘risid agi hujjatlar shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki to‘liq bekor qilish;

• xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqarish;



• ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish;

• mansabdor shaxslarni va fuqarolarni davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlariga takliflar kiritish.
Download 23,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish