II BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Xalqaro tajribada boshlang‗ich sinf darsliklari yaratish masalasi bugungi
kunda darsliklar tizimini isloh qilishni maqsad qilgan har bir davlatning va har bir
mutaxassisning o‗rganishi zarur va shu bilan birga o‗rganilish ko‗lami keng
bo‗lgan mavzulardandir.
Milliy darslik yaratish tizimimizni yanada rivojlantirish omillaridan biri
bo‗lgan xalqaro tajribalarni o‗rganish orqali biz o‗zimiz uchun kerakli bo‗lgan bir
nechta zaruriy bilimlarga ega bo‗ldik.
Xususan, darsliklar bu nafaqat bilim berish vositasi, balki, har bir
millatning o‗ziga xosligini, milliyligini aks ettirib turuvchi ko‗zgusi, tarbiya
yo‗lidir. Nashrga tayyorlanishidan tortib, undan foydalanish jarayonigacha
bo‗lgan oraliq va bu oraliqda har bir mutasaddining sidqidildan mas‘uliyat bilan
ishlashi sifatli darslik yaratish masalasining bosh omilidir.
Darsliklarda berilgan materiallarning ko‗p va xilma-xilligi, unda
foydalanilgan illustratsiyalarning sifati va miqdori darslik yaratish tizimida biz
o‗rganishimiz kerak bo‗lgan jihatlardandir. Qolaversa, darslik yonida, unga
yondosh muqobil darsliklar, o‗qituvchi kitobi va multimedia ilovalarining bo‗lishi
ham ta‘lim samaradorligini oshiradi.
Dunyo mamlakatlari miqyosida yaratilgan darsliklarni o‗rganar ekanmiz,
hamma davlat uchun birdek mos bo‗lgan, birdek foydalanish uchun tayyor
bo‗lgan darslik mavjud emasligiga yana bir bor guvoh bo‗lamiz. Har bir davlat
o‗z farzandlari, kelajak davomchilari uchun darslik yaratar ekan, avvalo u
darslikda xohlaydimi, yo‗qmi o‗z davlatigagina xos bo‗lgan urf-odat, an‘ana,
madaniyat, mentalitet va dunyoqarashlarni aks ettiradi. Har bir xalqdagi darslik
yaratuvchi mualliflar o‗z farzandlarining psixologiyasidan, qiziqishlaridan hamda
ularga beriladigan tarbiya usullaridan kelib chiqqan holda, darslik yaratishda o‗z
mezonlarini ishlab chiqadi. Ba‘zi bir davlatlar ko‗proq zamonaviylikka, mavzu
tushuntirish jarayonida yangicha pedagogik texnologiyalarni qo‗llashga ko‗proq
55
e‘tibor qaratsa, ba‘zi davlatlar o‗z darsliklarining umrboqiy bo‗lishiga, uni har
qanday sharoitdada yashab qoladigan sifatli va eng sara materiallar bilan
boyitishga harakat qiladi. Bunday davlatlar qatoriga Yaponiya va Rossiya
davlatlarini kiritishimiz mumkin. O‗z darsliklariga klassik jihatdan yondashib,
ularni zamon chig‗iriqlaridan eson-omon o‗tishlarini ta‘minlab bergan bu
davlatlar tajribasi, ko‗pgina davlatlar o‗rganishi uchun dasturul amal bo‗lib
xizmat qilmoqda. Zero, ushbu davlatlarning rivojlanish tendensiyalarini o‗rganar
ekanmiz, ularning taraqqiyotga yetaklagan asosiy faktorlari karvoniga mana
shunday boshlang‗ich sinf darsliklari boshchilik qilayotganini anglash qiyin ish
emas.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |