Rivojlanish
– shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon
bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayon.
Tamoyil
(yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Fuqarolik tarbiyasi
– fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish
orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish,
ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Shaxs
- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |