Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/83
Sana02.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#306289
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
Bog'liq
fayl 779 20210505

 
9.3.Inklyuziv ta’lim. 
          Har  qanday  jamiyatda  kelajak  vorislari  bo’lmish  farzandlarni  ma`suliyatni 
his  yetadigan,  ularni  davlat  taraqqiyoti  va  gullab-yashnashiga  salmoqli  ulush 
qo’shadigan  munosib  fuqarolar  bo’lib  yetishishlariga  katta  umid  bilan  qaraladi. 
Bolalar  huquqlari  to’g’risidagi  Konvensiya  maxsus  ehtiyojli  bolalarning  ta’lim 
olish huquqini ham kafolatlaydi. 
Uning  23-bandida  maxsus  ehtiyojli  bolalarning  ta’lim  tarbiyasi  xususida 
qisqa  va  aniq  qilib  quyidagicha  ta’kidlangan:  ―Nogiron  bolaning  maxsus 
ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi va shaxs sifatida rivojlana 
olishiga  yetaklovchi  vosita  hisoblangan  ta’lim  olishga  har  tomonlama  yordam 
berilishi  lozim.  Bu  qoidadan  shu  narsa  ayon  bo’ladiki,  maxsus  ehtiyojli  bolalar 
ham  jamiyat hayotida to’liq ishtirok etishi,  madaniyatga hamohang bo’lib o’sishi, 
uning  boyliklaridan,  go’zalligidan  bahra  olib  jamiyatning  rivojiga  hissa 
qo’shishlarining ahamiyati juda kattadir.  
L.S.Vigotskiy  umumiy  va  maxsus  ta’limni  uyg’unlashtiradigan  ta’lim 
tizimini  tashkil  etish,  ya’ni  maxsus  yordamga  muhtoj  bolalarni  inklyuziv  ta’lim 
tizimida o’qitishni e’tirof etgan. Ta’lim tizimi shunday bo’lish kerakki,-deb yozadi 
L.S.Vigotskiy-“maxsus ta’lim va umumiy ta’lim uyg’unlashib ketishi uchun shart-
sharoitlar  yaratilsin”.  Buning  uchun  shunday  ta’lim  tizimini  yaratish  kerakki, 
maxsus  yordamga  muhtoj  bola  o’qish  jarayonida  har  tomonlama  rivojlansin. 
L.S.Vigotskiy  nuqsonli  bolani  tarbiyalashning  vazifasi  bu  boladagi  nuqsonlarni 
kompensasiya  qilish  va  uning  hayotga  integrasiyasini  ta’minlashdir,  deb 
hisoblaydi.  
Barcha  bolalarni,  ularning  jismoniy,  aqliy,  ijtimoiy,  hissiy,  tili  va  boshqa 
xususiyatlaridan qat’iy nazar o’qishga qabul qilinishlari lozimligi haqidagi xalqaro 
qonuniy hujjatlarda ta’kidlanishicha:  
-Har  bir  bola  ta’lim  olish  va  o’ziga  muvofiq  darajada  bilimga  erishish 
huquqiga ega:  
 -Ma’orif  tizimi  va  ta’limiy  dasturlar  turli  xil  xususiyat  va  ehtiyojlarni 
hisobga  olgan  holda  tuzilib,  shu  ishga  yo’naltirilsin.  Maxsus  yordamga  muhtoj 
bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoniyati yaratilsin;  
-Maxsus  yordamga  muhtoj  bolalar  bilan  ishlash  oddiy  maktablarning  ish 
faoliyati  doirasiga  kirar  ekan,  bu  jarayon  quyidagi  maqsadlarga  erishishning  eng 
samarali vositasi bo’la oladi:  


  
 
                                                                     
106 
 
-Ajratib qo’yish illatiga qarshi kurash;  
-Do’stona insonparvar jamoalarni yaratish, o’z tarkibiga maxsus ehtiyojlari 
bo’lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish;  
-Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish.  
Maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to’laqonli va teng huquqli a’zosi 
ekanligi  e’tirof  etilib,  ular  ta’limida  alohida  yangicha  yondashuv  Integrasion 
hamda Inklyuziv ta’lim tizimi yuzaga keldi. 
“Integratsiya”
 
tushunchasi ingliz tilidan olingan bo’lib, “integrative”-qo’shiluvchi, 
birlashuvchi, 
integration-qo’shilish, 
birlashish-degan 
ma’nolarni  bildiradi. 
Integratsiya  ta’limga  jahon  miqyosida  turlicha  yondashishlar  mavjud.  Shuni  qayd 
etib  o’tish  kerakki,  deb  yozadi  Ture  Yonsan-integratsiyaning  yolg’iz  o’zi  maqsad 
emas,  nogiron  bolani  umumta’lim  sharoitga  joylashtirish  integratsiyaga  qarab 
qo’yilgan  birinchi  qadamdir.  Ammo  bu  ta’lim  tizimi  bolani  o’rganish  orqali 
aniqlangan  ehtiyojlarni  to’la  qondirishni  talab  etuvchi  aniq  resurslar  va  olib 
boriladigan  ishlardan  iborat  aniq  reja  asosida  amalga  oshiriladi.
1
  L.M.Shipsina 
integrasiyani  ikkita  turga  ajratgan:  ijtimoiy  va  pedagogik  integrasiya.  Ijtimoiy 
integratsiya  turida  ijtimoiy  munosabatlarni  imkoniyati  cheklangan  bolalarning 
ta’lim  tizimiga  moslashtirishni  nazarda  tutadi.  Pedagogik  integratsiyada  bolaning 
qobiliyatlarini o’quv rejaga moslashtirish nazarda tutiladi.  

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish