Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


 Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/83
Sana02.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#306289
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
fayl 779 20210505

6.3. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. 
Oilada  axloqiy  tarbiyani  to’g’ri  yo’lga  qo’yilgandagina  shaxsga  xos 
quyidagi  salbiy  axloqsizlik,  odobsizlik,  manmanlik,  kibrlilik,  dangasalik, 
maqtanchoqlik,  ko’ngli  qoralik,  xasislik,  vatanfurushlik,  sabrsizlik,  bilimsizlik, 
e’tiqodsizlik,  adolatsizlik,  yolg’onchilik,  qahri  qattiqlik,  berahmlik,  kattalarni 
hurmat  qilmaslik,  kichiklarga  izzat  ko’rsatmaslik,  intizomsizlik  kabi  axloqiy 
sifatlarni  shakllanishining  oldini  olinishiga  erishiladi.  Oila  tarbiyasi,  yuqorida 
ta’kidlab  o’tilganidek,  ota-onalar  yoki  shaxs  kamoloti  uchun  ma’sul  shaxslar 
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib 
tarbiyalashga  yo’naltirilgan  pedagogik  jarayon.  Ota-onalar  o’zlarining  ijtimoiy 
burchlarini  bajarar  ekanlar,  farzandlarida  mehnatga,  uni  tashkil  etuvchilarga 
nisbatan  mehr-muhabbat,  hurmat  tuyg’usini  shakllantirish,  ularni  ijtimoiy-foydali 
mehnatga tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-
intizomga  amal  qilish,  ijtimoiy  me’yorlarga  og’ishmay  rioya  etish,  sog’lom 
turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z 
va  faoliyat  birligini  ta’minlash  borasida  har  tomonlama  ijobiy  ibrat  namunasini 
ko’rsatadi.
 
Shaxs  shakllanishiga  ta’sir  etishning  ijtimoiy-ruhiy  asosiga  ega  oila 
jamiyatning ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga 
xos  xususiyatlarni  ham  akslantiradiki,  bunday  xislat  psixologik  qarama-qarshilik 
hamda  xarakterlar  to’qnashuvidan  iborat  ijtimoiy  munosabatlardan  toliqqan  inson 
organizmining  ishchanlik  qobiliyatini  qayta  tiklash  uchun  zarur  bo’lgan  mo’tadil 
iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan 
biridir. 
Oila  tarbiyasida  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillarning  roli  katta.  Oilaning 
moddiy  ta’minoti  va  farovonlik  (maishiy  turmush)  darajasi,  oila  byudjetining 
mavjud  holati,  undan  oqilona  foydalanish  borasidagi  tajriba,  sog’lom  ruhiy 
muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo 
munosabatlar  mazmuni,  oila  a’zolarining  fiziologik,  psixologik,  madaniy  jihatdan 
komillik  hamda  ma’lumot  darajasi,  ularning  qiziqish  va  ehtiyojlari  o’rtasidagi 


  
 
                                                                     
61 
 
mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, 
birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi. 
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijtimoiy 
faoliyatning  shakllanishida  ota-onalarning  samarali  ishtirok  etishlari  hal  qiluvchi 
omil  bo’lib,  bu  oila  tarbiyasini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishning  zarur 
shartlaridan biri.  
Oila  tarbiyasida  bolalar  hayotini  to’g’ri  yuritish  ularni  vaqtdan  to’g’ri  va 
unumli  foydalanishlarining  asosiy  garovidir.  Bolalarning  oiladagi  vaqtini  o’yin, 
mehnat va o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. 
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, 
ijtimoiy  hamda  oilaviy  hayotga  tayyor  shaxsni  shakllantirib  berishi  lozim.  Oila 
tarbiyasining  mazmuni  bolalarga  ijtimoiy  tarbiyaning  mazkur  yo’nalishlari  –
axloqiy,  aqliy,  estetik,  mehnat,  ekologik,  iqtisodiy,  huquqiy,  siyosiy-g’oyaviy 
hamda  jinsiy  ta’lim  berish,  ularda  faoliyat  ko’nikma  va  malakalarini 
shakllantirishdan iborat.  

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish