Maktabgacha taʼlim. Maktabgacha taʼlimda bolalarning yosh va bilim xususiyatlari mafkuraviy immunitet va gʻoyaviy kurashchanlik fazilatlarini anglab olishga hali ojizlik qiladi. Shu sababli bu fazilatlarni kelgusida shakllantirish mumkin boʻlgan sodda tushunchalarda koʻrsatish mumkin. Jumladan, bolalar yaxshi va yomonni ajrata bilish, oʻzaro doʻstona munosabat, dadillik, qoʻrqmaslik, toʻgʻrilik, vatanni sevish, ota-bobolarni bilish, oʻz kuchiga ishonch, oʻzgarishlarni tushunish, urf-odatlarni hurmat qilish, ijobiy aqidalarga hurmat, oʻzini erkin his qilish mafkuraviy immunitetni shakllantiradigan fazilatlardan boʻlib ogoh, xushyor va sezgir boʻlib yashashga zamin yaratadi.
Obyektiv bilimlarning yuzaga kelishida va zaminida insonga hurmat, yaxshilik haqida tasavvurga ega boʻlish, bilimdonlik, ehtiyotkorlik, bunyodkorlik haqida tasavvurga ega boʻlish, faollik, ruhiy tetiklik, yaxshi va yomonni ajrata bilish, oʻzaro doʻstona munosabat va boshqa fazilatlar yotadi.
Gʻoyaviy kurashchanlik fazilatlarini shakllantirish uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, qoʻrqmaslik, Vatanni sevish, davlat ramzlarini bilish, bayramlarni bilish, marosimlar, hozirgi dunyo haqida tasavvurga ega boʻlish, kompyuterni bilish, sanʼatni tasavvur qilish, yomonlikka nafrat, maʼnaviy-modiy boylik haqida tushunchaga ega boʻlish muhim rol oʻynaydi66.
Gʻoyaviy kurashchanlik fazilatlarini shakllantirishda, ijtimoiy- siyosiy, maʼnaviy hayotda aniq maqsad qoʻyib yashashga intilishda, bolalarda befarqlik haqida tasavvurga ega boʻlish, mentalitetni bilish, buzgʻunchilik, tajovuz haqida tasavvurga ega boʻlish, kelajak haqida, Vatan haqida tasavvurga ega boʻlish, atrofidagilarga munosabatda muhim ahamiyatga ega va shajarada oʻz ifodasini topgandir.
Boshlangʻich taʼlimda yuqorida sanab oʻtilgan sodda va oddiy tushunchalar birmuncha murakkablashadi. Jumladan, mustaqil fikrga ega boʻlish, oʻz kuchiga ishonch, xalq qahramonlarini bilish, oʻzgarishlarni islohot shaklida tushunish, urf-odatlarni, aqidalarni tushunish, erkinlik, inson tushunchasini farqlash, yaxshilik, bilimga intilish, bunyodkorlik, ogohlik, tushunchalarni anglash, faol boʻlishga, ruhiy tetiklik, yomonlikka qarshi kurash, boshqa millatlarni hurmat qilish, dushmanga qarshi kurash, Vatanga sadoqat, bayramlarni, marosimlarni, dunyodagi oʻzgarishlarni, internetni, sanʼatni, boylikni tushunish, befarqlik, buzgʻunchilik, tajovuz, kelajakka ishonch, Vatan tushunchasini anglash, boshqa hudud vakillariga hurmat, loqaydlikni anglash kabi tushunchalarda oʻz ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |