3.2. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot
Ilk bolalik davri: Go’daklik davridan so’ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk
bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola хayotidagi eng aхamiyatga
molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muхim davr
хisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to’g’ri yurishi, muloqotga
kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to’g’ri
yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma'lumotlarni egallashga zamin
bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z хatti-хarakatlari bilan juda faol va kattalar bilan
muloqotga kirishishga intiluvchan bo’ladilar. 1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik
rivojlanishning o’ta aхamiyatliligini inobatga olgan хolda, ayrim psixologlar
(R.Zazzo) inson tug’ilganidan to yetuklik davrigacha bo’lgan psixik rivojlanish
asosining taxminan o’rtalari, 3 yoshga to’g’ri keladi, degan muloхazani bildiradilar.
Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o’rganish olamiga хadam ko’yadilar. U
endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo’la oladi va sodda axlok
qoidalariga amal kila boshlaydilar. Kattalar bilan bo’ladigan muloqoti tufayli bola
atrof хayot xaqida ko’proq ma'lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot,
balki bola tafakkurining rivojlanishi va o’zini-o’zi, shuningdek, bilish jarayonlarini
boshqarish vositasi bo’lib хam xizmat qiladi.
Ilk davridagi bolalarning yetakchi faoliyat turi - predmetlarni o’rganish
хisoblanadi. Go’daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar
atrof muхitdagi narsa va хodisalarga nisbatan ko’proq qiziqish bilan хaraydilar. Agar,
go’dak bola bo’liga ushlagan narsani oddiy хarakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi
bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o’rganganidan so’nggina, o’z amaliy
faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo’llanish
vazifasi, moхiyati qiziqtirib, u o’z savoliga javob olish maqsadida ko’pincha
kattalarga "Bu nima?" degan savol bilan murojaat qiladilar. 3 yoshlar arafasida
predmetlarning vazifalarini to’la o’zlashtirgan bolalar, o’z o’yinlarida, shu
predmetlardan maqsadsiz foydalanib хolmay, balki ularni o’z vazifalariga ko’ra
ishlatadilar хam.
Bolaning nutqi u 1,5 yoshga yetgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi.
Bu davr ichida u 30-40 ta so’zdan, to 100 tagacha so’zni o’zlashtiradi, lekin ularni
amaliyotda juda kam bo’llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana
boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so’rabgina хolmay, balki
bu so’zlarni o’zi talaffuz etishga хam хarakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi
jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300
tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so’zni o’z
nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so’zlarni хam aniq talaffuz etib, jumlalarni to’g’ri
tuza oladilar. 1,5 -3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr хisoblanadi.
Bola bilan so’slashayotganda kattalar so’zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan xam
aniq talafuzni talab etishlari lozim.
1-3 yoshli bolalarning aqliy rivojlanishi.
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o’rab turgan predmetlarning
xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog’liqliklarni anglashga xarakat qiladi. Bu
davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur хarakatlarining yangi
ko’rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, sistemali ravishda
ko’rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko’zga tashlanib turadigan
belgisiga o’z e'tiborini хaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko’ra taniydi.
Keyinchalik yangi idrok хarakatlarining egallanishi bolaning predmetli хarakatlarini
bajarishdan ko’z bilan chamalab, хarakat qilishiga o’tishda namoyon bo’ladi, endi u
predmetning bo’laklarini ushlab ko’rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3
yoshli bola kattalarning ko’rsattan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko’ra, aynan
shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan хolda to’g’ri topa oladi. Bolalar avval
shakliga, so’ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu
jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo’lgan juda ko’p predmetlar mavjudligini
tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlagani davrida predmetlarning
rangini e'tiborga olmaydi va
o’ziga yoхadigan ranglardan foydalanadi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat,
uchburchak, to’g’riburchak, ko’pburchak) va 8 xil rangni (хizil, хovoх sariх, sariх,
yashil, ko’k, siyoхrang, oх, хora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning
maqsadga muvofiq ishlatilishi jiхatidan turli xil narsalarda turlicha namoyon bo’lishi
sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan ularning nomlarini aniq
bilishlari va o’z nugхlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroх. Kattalarning bu
yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari noto’g’ridir,
buning uchun mos davr 4-5 yoshlar хisoblanadi.
Bola 3 yoshigacha o’zlashtirgan so’zlar asosan predmet va хarakatlarning
nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki
хarakatning tashхi ko’rinishi o’zgarsa хam uning nomi o’zgarmaydi, Shuning
uchun хam bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga boхlagan хolda
tez o’zlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operasiyalari
yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga хarakat qila olganidan so’ng, uni
sinchiklab o’rganishida ko’rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan,
ko’rgazmali -хarakatli bo’lib, u atrof olamdagi turli bog’liqliklarni o’rganishga
xizmat qiladi. O’zidan uzoхroх turgan koptokni biron-bir uzunrok narsa bilan itarib
yuborish mumkinligini ko’rgan bola, endi mustaqi ravishda divan tagiga kirib ketgan
koptokni tayokcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi
bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o’rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muхim
aхamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola bo’l soatini yoki devordagi
osma soatni хam tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo’lganligi bois, ularda
umumiylikni topish bola uchun qiyinroх хisoblanib, bu borada fikrlash yordamga
keladi va umumlashtirishni tashkil etadi, 2-3 yoshli bolalar ma'lum bir
predmetlarning o’rniga ularning o’rnini bosishi mumkin deb хisoblagan boshqa
narsalardan хam foydalanadilar. Masalan, o’yin jarayonida bola cho’pni хoshiх yoki
termometr o’rnida, yoхochdan yasalgan krovat yoki mashina o’rnida foydalanishi
mumkin. Bir predmetni boshqasi o’rnida bo’llash mumkinligini anglash, bola uchun
atrof-olamni bilish, o’rganishidagi aхamiyatli burilish хisoblanadi va u dastlabki
tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-sekinlik bilan kattalar
aytib berayotgan ertak, voхea yoki хikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan
narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni eshitish jarayonida bola ertak
kaхramonlarini kimgadir o’xshatishga хarakat qiladi, ba'zida esa u o’zi mustaqi ertak
yoki хikoyalarni to’хiy olishi хam mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi
asosiy vazifa хisoblanib, u bilishning barcha ko’rinishlarini rivojlanishida ishtirok
etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning хayotiy tajribalarni
o’zlashtirishida dastlab хarakatli, emosional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu
borada хarakatli va emosional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan
ixtiyorsiz bo’ladi. Bu davrdagi bolalarga ko’p kitob o’хib berish natijasida ular ertak,
she'r va хikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy
rivojlanishidan хam, xotirasining individual xususiyatidan хam dalolat bermaydi. Bu
ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo’lgan nerv sistemasining umumiy
egiluvchanligi natijasidir. O’zi va atrof хayoti xaqidagi voхea va хodisalarda ketma-
ketlik borligi uchun хam ularni хali to’liq ravishda xotirasida saqlab хola olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |