297
erkaklarda nutq va ikkinchi signal tizimiga aloqador bo`lgan faoliyatlarda jiddiyroq
o'zgarishlar keltirib chiqaradi.
1866 yilda farangistonlik shifokor Pol Broka chap- yarimsharlarning peshona bolagi
shikastlangan bemomi kuzatgan. Bu kasal gapirish qobiliyatini yo
‘
qotgan, ammo hamma
singari yozgan va o‗qigan, gaplarni tushungan. Chap yarimshaming peshona bolagida
po'stloqning harakat sohasiga yaqin qismi Broka sohasi (zonasi) nomini olgan. Broka
sohasi yuz, til, jag
‘
, halqum muskullari faoliyatini boshqaradi. Bu sohasi shikastlangan
odam yaxshi gapira olmaydi, ammo tildan foydalanish qobiliyatini yo'qotmaydi.
Nutqning bu tarzda buzilishi Broka afaziyasi deyiladi.Afaziyaning boshqa turi ham bor.
Unda kasal biyron gapiradi, gapida ma‘no bo`lmaydi, ammo gapining bema‘niligini o‘zi
tushunmaydi. Verniks afaziyasi, deb atalgan bu holat chakka bolagining yuqorigi orqa
qismi — Vemike sohasi shikastlanganda kuzatiiadi.
Gapni tushunish va to‗gri so
‘
zlash uchun Broka va Vemike sohalari hamda ularni
boglovchi yo`llar bekamu ko'st bo`lishi shart. Ikki nutq sohasi o
‘
rtasidagi aloqalarning
uzilishi ham afaziyaga olib keladi: kasal eshitgan va o
‘
qiganining ma‘nosini tushunishga
qiynaladi, bir nechta so‗zdan keyin gapni to‗g‘ri takrorlay olmaydi.
Po
‘
stloqning tepa sohasi shikastlanganda afaziyaning maxsus turi — amneziya
rivojlanadi. Bunda bemor ayrim so
‘
zlarni esdan chiqaradi. Amneziyaga uchragan odam
nima demoqchi ekanini biladi, ammo kerakli so'zlarni topib gapira olmaydi. Ayni vaqtda
akalkuliya sanashning buzilishi ham kuzatiiadi.
Miyaning ensa sohas shikastlanganda ko
‘
z bilan ko'rib tanish jarayoni buziladi.
Bu holat ko‗rish agnoziyasi deyiladi. Odam narsalarni ko‗radi, ularga qoqilmasdan,
atrofidan aylanib oladi, ammo uning nimaligini bilmaydi.
Eshitish agnoziyasi
‗
chakka sohalarning shikastlanishiga bog‘liq. Bemor tovushni
eshitadi, ammo tovushni nima paydo qilganini aniqlay olmaydi. Qo
‘
ng‘iroqni ko
‘
rib
taniydi, am mo eshitib, tanimaydi.
Miyasining tepa sohasi shikastlanib, taktil agnoziyaga uchragan odam biror narsa
tekkanini sezsa ham o
‘
sha narsani paypaslab, tanib bilolmaydi.
Ikkinchi signal tizimi faoliyatlari po'stloqning ma‘lum ' sohalari shikastlanishida
yuzaga chiqishini ko
‘
rdik. Qaysi murakkab faohyatni (so
‘
zlash, yozish, o
‘
qish, sanash)
olmaylik, unga bir-biridan ancha uzoq bo`lgan sohalarning shikastlanishi ta‘sir qiladi.
Boshqa tomondan, bir sohaning shikastlanishi bir naycha faoliyatning buzilishiga olib
keladi. Shuning uchun ham psixik faoliyat bir butun miyaiiing vazifasi desak to
‘
g‘ri
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: