37
Ikkinchidan, glial hujayralar o‘siqlari bilan neyronlarni ‖paypaslab‖, faol harakat qiladi.
Oligodendrotsitlar rittmik ravishda goh kattalashib, goh kichiklashib tuaradi. Glial
hujayralar katta miqdordagi – (80-90 mV) membrana potensialiga ega bo`lsada, ularda
harakat potensiali vujudga kelmaydi. Faqat tevarak-atrofdagi neyronlar uzoq qo‘zg‘alib
turganda, glial hujayralarning membrana potensiali ma‘lum chegarada pasayadi.
Glial
hujayralarning
funksiyalaridan
biri
miyelin
hosil
qilishidir.
Oligodendrotsitlarning o‘sig‘i akson atrofida bir necha marta o‘ralib, miyelin parda
shakllaydi. Miyelin elektr tokiga yuqori qarshilik ko‘rsatganidan, tolalarning elektr
izolyatsiyasini ta‘minlaydi. Oligodendrotsit o‘sig‘i akson atrofida qancha ko‘p aylansa,
tolaning elektr izolyatsiyasi shuncha ishonchli bo`ladi. Har bir oligodendrotsitning 30 ga
yaqin o‘sig‘i bo`lishi mumkin. Demak, bir glial hujayra akson atrofida 30 ta bo‘g‘indan
iborat miyelin parda hosil qiladi. Aksonlarning MNT dan tashqaridagi qismida miyelin
pardani oligodendrotsitlarning bir turi – Shvann hujayralari o‘siqlari shakllaydi. Agar
Shvann hujayrasi akson atrofida bir qavat parda hosil qilgan bo`lsa, u miyelinsiz tola
deyiladi. Atrofida Shvann hujayrasi o‘sig‘i ko‘p marta aylangan, ko‘p qavatli pardaga
ega bo`lgan tola miyelinli tola deyiladi. Miyelin parda ma‘lum teng masofalarda (1-2
mm) uzilgani tufayli Ranvye bo‘g‘ilmalari hosil bo`ladi. Ranvye bo‘g‘ilmalarida tola
miyelin bilan qoplanmagan. Qozg‘alishning miyelinli va miyelinsiz tolalar orqali
o‘tkazilishida katta farq bor.
Glial hujayralar elektrolitlar va mediatorlar almashinuvida katta ahamiyatga ega.
Neyronlarning uzoq vaqt faol holatda bo`lishi kaliy ionlarining hujayradan tashqariga
chiqishiga va tashqi suyuqlikda kaliy miqdorining sezilarli darajada oshishiga olib
keladi. Bu o‘zgarish neyron qo‘sg‘aluvchanligiga katta ta‘sir qilishi mumkin. Ammo
glial hujayralar membranasi kaliyga nisbatan yuqori o‘tkazuvchanlikka ega. Shu tufayli
ortiqcha kaliy ionlari glial hujayralarga o‘tadi. Neyronlar tinch holatga o‘tishi bilan kaliy
hujayralararo suyuqlik orqali ularga qaytib kiradi. Neyronlar faol bo`lganidan glial
hujayralar sinapslar atrofida ko‘payib ketgan mediatorlarni ham o‘zida vaqtincha saqlab
turadi.
Glial hujayralar himoya funksiyasini ham bajaradi. Astrotsitlar va ular qoplab turgan
miya kapillyarlarining devori qonni neyronlardan ajratib turadigan to‘siq –
gematoensefalik to‘siqni hosil qiladi. Bu to‘siq miyaning ichki muhiti – serebrospinal
suyuqlikning barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Gematoensefalik to‘siqdan
ko‘p moddalar, jumladn toksinlar, ba‘zi biologik faol moddalar neyronlar atrofidagi
suyuqlikka o‘ta olmaydi. Bundan tashqari, glial hujayralar fagotsitoz qobiliyatiga ega.
Glial hujayralar neyronlarga trofik faoliyat ko‘rsatadi. Astrotsitlar bevosita miya
kapillyarlarida joylashgan. Shu tufayli kislorod va almashinuv uchun zarur moddalar
bilan yaxshi ta‘minlanadi. Neyronlarning ba]zi moddalar bilan ta‘minlanishida va
ulardan almashinuv qoldiqlarining yo‘qotilishida glial hujayralar ishtirok etadi.
Keyingi yillarda glial hujayralar shartli reflekslar hosil bo`lishida, xotira
mexanizmlarida muhim ahamiyatga ega degan fikrlar aytilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: