192
Ingichka ichakning yuqori qismida o‘t kislotalarining yog‘larni o‘zlashtirishdagi
ishtiroki tugagandankeyin,ular ximus bilan ingichka ichakning distal qismiga siljiydi va
bu yerda so'riladi. Ichakning bu qismidagi enterotsitlarda o‘t kislotalarini faol tashuvchi
mexanizmlar mavjud. So‗rilgan o‘t kislotalar qopqa vena orqali jigarga yetadi va
gepatotsitlar ularni 90% ni qondan yig'ib olib, oft tarkibida yana ajratadi. Organizmda
bar 3,6-5,0 o‘t kislotalar jigardan o‘t tarkibida ichakka, ichakdan qonga so
‘
rilib, jigarga,
jigardan yana ichakka chiqib, bir kechayu kunduzda jigar-ichak aylanmasidan 5-6 marta
o
‘
tadi (‗7- rasm). Har kuni organizm najas tarkibida 20 mg o‘t kislota yo'qotadi.
Gepatositlar shu miqdorda o`t kislotalarini yangidan sintezlaydi. 0‘tkislotalarining
jigar-ichak aylanishi jigami bu moddalarni ko
‘
p miqdorda sintezlashdan xalos qiladi.
Bilirubin o‘t-safroning yana bir o'ziga xos tarkibiy qismidir.Bu pigment o'tning
oltinsimon sariq rangda bo`lishmi ta‘minlaydi. Bilirubin yemirilgan eritrotsitlarning
gemoglobinidan retikulo-endotelial tizimda, bir kechayu kunduzda 100—250 mg
miqdorida hosil bo`ladi. U hazm jarayonlarida ishtirok etmaydi. 0‘ttarkibida ajralish
bilirubinni organizmdan chiqarib tashlash yo`lidir. Bilirubin yo'g'on ichak mikroblari
tomonidan urobilinogenlarga aylantiriladi. Urobilinogenlarning bir qismi yo'g'on ichakda
oksidlanib, sterkobilin shaklida najas bilan chiqarib tashlanadi. Qolgan qismi qonga
so‗riladi va siydik bilan urobilin shaklida ajratiladi. Najas va siydikning rangi sterkobilin
va urobilinga bog‘liq.
O't-safrodagi organik moddalarning anchagina qismini lipidlar tashkil qiladi. Ularga
xolesterin va uning efirlari, letsitin, neytral yoglar va yog
‘
kislotalar kiradi.
Holesterinning ko‗p qismi jigarda sintezlanadi. Jigar xolesterinni organizmdan
chiqarilishida ishtirok etadi. Uning bir qismi o
‘
tdagi xolesterinning, o‗zi bo`lsa, ko'proq
qismi gepagotsitlarda oksidlanib, o‘t kislotaga aylanadi. Ovqat bilan organizmga
tushadigan xolesterin miqdori ko'paysa, o‘t kislotaga aylanish tezlashadi.0‘t bilan
ichakka ajratilgan xolesterinning bir qismi qayta so'riladi. Qolgan qismi yo‗g
?
on ichakka
o‘ib. koprosteringa aylanadi va chiqarib tashlanadi.
o`tda uchraydigan fosfolipidlarning 90% idan ko'prog'ini letsitin tashkil qiladi.
Letsitin ham asosan jigarda sintezlanadi. Uning tarkibidagi metil guruh oraliq
almashinuvda muhim ahamiyatga ega. Letsitin o`t kislotalar bilan bir qatorda
makromolekulyar lipid kompleksning asosini tashkil qiladi. Bu kompleksning tarkibiga
letsitin, o`t kislotalaridan tashqari, oqsillar, xolesterin, bilirubin kiradi. Lipid kompleksmi
tashkil qiluvchi moddalar miqdori nisbatining o`zgarishi, xususan letsitin miqdorini
kamayishi, xolesterinning cho'kisltiga va o‘t toshlari paydo bo`lishiga olib Mishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: