BIBI MUSHKUL KUSHOD ZIYORATGOHI
Mamlakatimiz mustaqillikka erishilgandan so’ng milliy va diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Buning barobarida yurtimizda yashab o’tgan aziz avliyolarning qo’nim topgan muqaddas qadamjolari ziyoratgohlarga aylandi. Ana shunday tabarruk joylardan biri tumanimizdagi Qumqo’rg’on qishlog’ida joylashgan Mushkul kushod ziyoratgohidir. Mazkur qadamjo haqida batafsil to’xtaladigan bo’lsak,uning tarixi asrga borib taqaladi.
Sharq olami xotin-qizlari orasida o’zbek ayollari o’ziga xos nufuzi va obro’-etiborga ega. Ular azaldan uzlarining ilmu ma’rifatlari, xushfe’l, guzalligi, ibo-hayosi, mehnatsevarligi bilan tanilib, shuxrat qozongan. Ayniqsa, o’tmishda yashab o’tgan shunday momolarimiz borki, ular o’zlarining halol-pokliklari, taqvodorlik va xudojoyliklari sababli valiylik darajasi va martabasini topganlar. Ularning duolari hamisha ijobat bo’lgan. Shuning uchun xam “Valiylar xudo emas, xudodan judo emas”, degan naql qadimdan saqlanib kelgan. Ana shunday zotlarimizdan biri Bibi Mushkul kushod momo bo’lib, qabrlari tumanimizdagi Qumqo’rg’on qishloq fuqorolar yig’ini xududidagi Bektemir maxallasida joylashgan va qadim zomonlardan boshlab muqaddas mozor sifatida ziyorratchilar bilan gavjum bo’lgan. Bu fayzli mozorga keluvchi ziyorratchilar asosan xotin-qizlar ekanligi bilan ajralib turadi va ular qabrlariga tugun bo’lib turgan qandaydir bir mushkullarining yechimini, muammolarining xal bo’lishini niyat qilib keladilar. Ziyoratchilarning aksariyati orzusiga yetadi ham. Shuning uchun bu mozorni “Bibi Mushkul Kushod” (mushkularini yechuvchi, xal qiluvchi bibi) mozori, deb ataladi.
Bibi Mushkul kushod momomiz xaqlarida xalq tilida kuplab rivoyatlar yuradi. Rivoyatlarga ko’ra, shu yaqin qishloqlarda yashaydigan bir kishi o’roq va arg’amchini yukotib, turmush qiyinchiliklarida najot qidirib, kun botib, qorong’u tushganda yo’lda bir xonaqo ichida nur taralayotganini ko’radi. U shu tarafka yetib kelib, unga nazar tashlaydi va Bibi Mushkul kushod ona o’tirganliklarini ko’radi. U izin so’rab ichkariga kiradi va o’z dardini Bibi onamizga aytadi. Onamiz unga arg’amchisi va o’rog’i yo’qolgan joyni aytib, topilgach, birinchi o’tinining pulidan bir tangani ajratib, sham, mayiz, paxta, shirmon non, olib xar chorshanba kuni mening xaqqimga mushkulkushod o’qib yuring, deya tayinlaydi. Boboning barcha narsasi topiladi va o’tinining sotgan pulidan onaning aytganlarini bajaradi va u odatga aylanadi.
Xo’sh, Bibi Mushkul kushod momo kim? Bu savolga xijriy 1332, melodiy 1914 yilda Mulla Mirza Axmad bin mirka Karim nomli kishi tomonidan Toshkent shaxrida nashr etilgan “Bibi Mushkul kushod” nomli risola javob beradi. Mazkur risolada keltirilgan ma’lumotlar rivoyat tarzida berilgan bo’lib, Bibi Mushkul Kushod xaqlarida to’liq tarixiy ma’lumotlar berilmasada momoning xayoti va faoliyati to’g’risida tasavvur xosil qilgudek jixatlarini o’z ichiga olgan. Risolada yozilishicha momo Baxoviddin Naqshbandiy xazratlarining xolalari bo’lgan va u zotning yullarini tutib valiliy darajasini topganlar. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib, Naqshband xazratlarining yashagan davrlarini Bibi Mushkul kushod momo yashagan davr bilan qiyoslasak, Bibi Mushkul kushod momo 14 asrda yashab o’tganlari ma’lum bo’ldi. Bibining qachon va qanday qilib tumanimiz xududiga kelib qolganlari va vafot etganliklari aniq emas. SHuningdek,bu aziz momomiz to’g’risida “Bibi seshanba”, “Bibi CHorshanba” nomli risolalar xam nashr etilgan bo’lib, ularda udum va ziyorat qoidalari bayon etilgan.
Xamyurtimiz sharqshunos Axmad Ubaydulloxning takidlashlaricha, Mushkul Kushod ona mozorlari deyarli xar bir viloyatda mavjud. Bu yerga kelgan kishilar boshlariga tushgan turli savdolarga najot topish ilinjida ziyorat qiladilar, osh-ovqat pishirib, is chaqiradilar. Bu tabarruk mozor qadim zamonlardan boshlab ziyorat qilib kelinadi. Biroq shurolar davrida barcha mukaddas joylar katori ushbu mozor xam yopilib, ziyorat qilish taqiqlanib qo’yildi. Natijada yarim asrdan ziyod vaqt davomida qarovsiz va tashlandiq xolga kelib qoldi. Mustakilligimizning daslabki yillaridanoq mamlakatimizda milliy kadryatlarimizni asrab avaylash va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Xususan, tarixiy obidalar yodgorliklarni ayniqsa qadamjolarni tadqiq qilish, ularni asl qiyofasiga mos tarzda qayta tiklash va ta’mirlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, Bibi Mushkul kushod ziyoratgoxi xam boshqa qadamjolar singari yana o’z qiyofasini tikladi va musulmon axli xam o’z e’tiqodini oshkora ado etish uchun bu maskanga muntazam kelmoqda.
Bu joyda bir qabr bor va uning atrofi o’ralib, u yerni va qabrni ziyorat qilgani odamlar keladi. Ziyoratgoxdagi marosim asosan seshanba kuni tushdan keyin va chorshanba kunlari bajariladi. Shuning uchun xam “Bibi Mushkul kushod yoki Bibi chorshanba” deb yuritiladi.
Istiqlol sharofati bilan bugun” Bibi Mushkul kushod” ziyoratgoxi ziyoratchilar bilan gavjum. Mozor obodonchiligi uchun Qumqo’rg’on qishloq fuqorolar yig’ini mutasaddi sifatida qator obodonchilik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Momoning qabrlari kundan-kunga obod bo’lib boryapti. Ziyoratchilar uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Qadamjo bir necha bor ta’mirlanib, obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Natijada bu yerga keluvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib, emin-erkin ibodatlarini bajarib, ruxlari poklanib, yashash joylariga qaytmoqdalar. Zamonamizga shukronalar aytishib, muxtaram Prezidentimizga va xukumatimizga o’z minnatdorchiliklarini bildirishmoqda. Ular orasida nafaqat viloyatimiz, balki boshqa viloyatlardan kelgan mexmonlar,xatto chet ellik sayohatchilarni xam uchrtish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |