O’N BIR AHMAD ZIYORATGOHI
Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan so’ng milliy va diniy qadryatlarimiz qayta tiklandi. Uning borobarida yurtimizda yashab o’tgan aziz avliyolarning qo’nim topgan muqaddas qadamjoylar ziyoratgoxlarga aylandi. Anna shunday tabbaruk joylardan biri tumanimizdagi G’irvon qishlog’ida joylashgan «O’n bir Ahmad» ziyoratgohidur. Ushbu qadamjoy qishloqning Shimoliy tomonida, Shimoliy Farg’ona kanalining kunchiqar yoqasidagi katta bog’ning yuqori qismiga joylashgan “O’n bir Ahmad” deyilganda, o’n bitta avliyo Ahmad bobolarning biri tushunilgan. Lekin ularning qaysi biri, qachon bu erga dafn etilganligi ma’lum emas. Rivoyatlarga qaraganda, bu joyning tarixi uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Bu esa insoniyat ruxiy olamining buyuk ustunlaridan biri-Xoja Axmad Yassaviy zotlaridir. Ulug’ shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu zot xaqida shunday degan yedi» Xoja Axmad Yassaviy Turkiston Mulkining shayxul–mashoyixidur. Maqomati oliy va mashxur, karomati matovoliy va nomaxsur ermish. Murid va asxob xoyatsiz va shoxu gado aning irodat ixlos ostonida nixoyatsiz emish». Ana shulardan biri G’irvon qishlog’ida bo’lib, asrlar dovomida ezgu niyat yegalarining aziz ziyoratgoxiga aylangan. Ul zotning qabri sobiq ittifoq mafkurasi zaminida “adashganlar” tomonidan buzib yuborilgan edi. Lekin asl nusxasi saqlangan Mustaqillikdan so’ng qabr shakli qayta tiklanib, ta’mirlanadi. Bu ishiga G’irvon qishloq fuqorolar yig’ini faollari bosh-qosh bo’lishdi. Maqbara gumbazi tevaragida o’zbek va arab yozuvlarida katta xarflar bilan «O’n bir Axmad maqbarasi», deb yozib qo’yilgan. Uning ichida avliyo otaning ramziy qabrlari ko’tarilib, ustiga mato yopib ko’yilgan. Maqbara atrofi daraxtzor, gulzor bo’lib, u chin ma’nodagi saylgoh hamdir. Oqin suv xam, oqava suv xam serobdir. Xavosi yoqimli bo’lib, u kishilarga orom baxsh etadi. Ushbu ziyoratgox viloyat «Oltin meros» jamg’armasi xisobiga o’tqazilgan. Tabarruk qadamjoy to’g’risida g’irvonlik olimlar filologiya fanlari nomzodi Tursunboy No’’monovning «O’n bir Axmad ziyoratgoxi» nomli risolalarida keng ma’lumotlar berilgan. Xullas, ushbu aziz dargox el nazariga tushgan tabarruk qadamjoylardan. Istiqlol sharofati bilan butun «O’n bir Axmad» ziyoratgoxi ziyoratchilar bilan gavjum. Bu yerda yetarli shart–sharoitlar yaratilgan. Ziyoratgox bir necha bor ta’mirlanib, obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Natijada bu yerga keluvchilarga yaratilgan qulayliklardan foydalanib, emin-erkin ibodatlarini bajarmokda. Ular orasida qo’shni viloyatlardan kelgan ziyoratchilarni uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |