Munozara yuritish



Download 129,98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.07.2022
Hajmi129,98 Kb.
#761277


12-AMALIY MASHG’ULOT. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ISTE’MOLCHILAR 
HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO’G’RISIDA” GI QONUNINI O’RGANISH VA 
MUNOZARA YURITISH 
1.
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi 
qonuni haqida ma’lumot. 
2.
Qonun moddalarini tahlil qilish. 
3.
Moddalar yuzasidan umumiy munozaralar. 
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” qonun Oliy Majlis tomonidan 
26 aprel 1996 y. da qabul qilingan. 
Qonun iste’molchining - shaxsiy iste’mol yoki foyda ko’rish bilan bog’liq bo’lmagan, 
xususiy xo’jalikda foydalanish maqsadida mol, ish yoki xizmatni sotib oluvchi, buyurtiruvchi 
yoki buyurtma berishni niyat qilgan fuqaro (jismoniy shaxs) ning manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgan. 
Iste’molchi huquqlarini buzganlik uchun qonunga muvofiq xaridga chiqarish uchun mol 
tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi, ishni bajaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi, sotuvchi 
javobgarlikka tortiladi. 
Iste’molchi mol (ish, xizmatlar) to’g’risida, shuningdek tayyorlovchi (bajaruvchi, 
sotuvchi) to’g’risida ishonchli va to’liq. ma’lumot olish .huquqiga ega. 
Qonun tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchilar) tomonidan iste’molchiga beriladigan zarur 
ma’lumot hajmini belgilaydi. Bunda tayyorlovchi to’g’risida ham, taklif etilgan mol (xizmatlar) 
to’g’risida ham to’liq axborot berish ko’zda tutilgan. Zarur axborotning yo’qligi yoki ishonchsiz 
ma’lumot berganligi uchun javobgarlik belgilangan. 
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” 
qonuniga muvofiq va iste’molchilarni iste’mol mollari to’g’risida davlat tilida ishonchli axborot 
bilan ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 5 dekabrь 2002 y. № 
427 “O’zbekiston Respublikasiga iste’mol mollarini kiritishni takomillashtirish bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida” qaror qabul kilingan. 
O’zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqariladigan, import qilingan 
iste’mol mollarining alohida turlarini davlat tilida majburiy tamg’alash ko’zda tutilgan. Import 
qilinadigan istemol mollarini tamg’alash tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlangan. Bu Nizomda 
tamg’alashga qo’yiladigan talablar va importchilarning majburiyatlari belgilangan. 
Qonunda iste’molchining sovdo-sotiq va boshqa xizmat turlari sohasida shartnoma tuzish 
va sotib olinadigan mol (ish, xizmatlar) sifatini tekshirish huquqi belgilangan. Bunda 
iste’molchining shartnoma tuzish yo’li bilan mol (ish, xizmatlar) ni erkin sotib olish huquqi 
ko’zda tutilgan. Bu shartnoma bo’yicha sotuvchi (tayyorlovchi, bajaruvchi) iste’molchiga uning 
mulki sifatida molni ma’lum miqdorda va zarur sifatli qilib berish majburiyatini oladi, 
iste’molchi esa shartnomada kelishilgan miqdordagi pulni to’lash majburiyatini oladi. 
Qonunda iste’molchining sotib oladigan molining sifatini, butligini, massasini va 
bahosini tekshirish huquqi va bu huquqlardan foydalanish uchun sharoitlar yaratib berishga oid 
sotuvchining majburiyatlari ko’zda tutilgan. 
Qonunda iste’molchining molning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida 
xavfsizligi kafolatlangan holda sotib olish huquqi belgilangan. 


Iste’molchilarning hayoti, sog’ligi,
mulkiga va atrof muhitga xavfli mol chiqarilgani 
uchun quyidagilar javobgar bo’ladi: 
– tayyorlovchi (bajaruvchi); 
– me’yoriy hujjatni tasdiqlagan idora; 
– muvofiqlik sertifikatini bergan idora
– xavfli molni chiqarishga yoki xarid qilishga ruxsat bergan sog’liqni saqlash, tabiatni 
muhofaza kilish, veterinariya xizmatlari va boshqa idoralar. 
Qonunda, shuningdek molning butun hayotiy faoliyati davrida xavfsizligini ta’minlash 
bo’yicha tayyorlovchi (sotuvchi) ning javobgarligi shu jumladan iste’molchiga ko’rilgan zararni 
to’lashi belgilangan. 
Inson hayoti, sog’ligi va mulki uchun xavfli kamchiliklari bo’lgan mol (ish, xizmatlar), 
shuningdek tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) ning nohuquqiy xatti-harakati (faoliyatsizligi) 
tufayli ko’rilgan moddiy ziyonlarni ma’naviy zararni to’liq, hajmda to’lash ko’zda tutilgan.
Qonunda iste’molchiga kamchiliklari bor bo’lgan molni sotganda, bu kamchilik tufayli 
ko’rilgan zararga mulkiy javobgarlik, ma’naviy zararni sud orqali to’latish tartibi belgilangan. 
Qonunda belgilanganidek, davlat iste’molchilarning huquqlarini va mol sotib olishda va 
moldan foydalanishda qonun bo’yicha himoyalanadigan manfaatlarini kafolatlaydi, 
iste’molchilarning huquqlarini davlat tomonidan himoyalanishini davlat xokimiyati va 
boshqarmasining idoralari va sudlar ta’minlaydi. Bunda davlat hokimiyati va boshqarmasining 
idoralari o’zlarining vakolatlari doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha 
qonunlarning bajarilishini tekshiradi. 
Mollar (ishlar, xizmatlar) ning xavfsizligini va sifatini tekshiruvchi davlat boshqaruv 
idoralarining vakolatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi konunni 
buzganligi uchun tayyorlovchilarning moddiy javobgarligi ko’zda tutilgan. Moddiy javobgarlik 
davlat boshqarmasining vakolatli idoralari tomonidan jarima solishdan iborat bo’ladi. 
Qonun iste’molchilarning o’z huquqlarini himoya qilish bo’yicha ko’ngilli jamoat 
birlashmalarini tuzish huquqlarini belgilaydi. 
Qonun qabul qilingan paytdan boshlab tashabbuskor guruhlar va mahalliy hokimiyat 
idoralari tomonidan joylarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tuzila 
boshladi. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonunni bajarish maqsadida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 28 noyabrь 2002 y. №414 “Iste’molchilarning 
huquqlarini himoya qilishda jamoatchilikning ishtirokini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar 
to’g’risida” qaror qabul kilindi. Qarorda Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari 
Federatsiyasini tuzish va iste’molchilarning huquqlarini himoya kilish jamiyatlarining tashkiliy 
tuzilmasi maqullangan. Hukumat qarori bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
bo’yicha Mahkamalararo kengash tashkil etilgan va uning nizomi tasdiqlangan. Mahkamalararo 
kengash tarkibiga davlat boshqaruv idoralari, vazirliklar, mahkamalar, respublikada 
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 16 vakili kiritilgan. 
Mahkamalararo kengashning asosiy vazifalari quyidagicha belgilangan: 
– O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida” Qonunini amalga oshirish bo’yicha vazirliklar, davlat qo’mitalari va mahkamalar, 
respublikada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoat tashkilotlarining 
o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish; 
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlarning qo’llanilish 
samarasini tahlil qilish; 


– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlarni amalga oshirish 
mexanizmini yaratish va takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni 
bajarishda qatnashish; 
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida qo’shma harakatlarni ishlab 
chiqish maqsadida boshqa davlatlarning davlat va jamoat tuzilmalari bilan o’zaro hamkorlik 
bo’yicha ishlarni tashkillashtirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ularni 
kengaytirishga ko’maklashish sohasida manfaatdor xalqaro hukumat va nohukumat tashkilotlar 
bilan muloqatlarni ta’minlash; 
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo’yicha jamoat fikrini 
o’rganishni tashkillashtirish; 
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarning 
bajarilayotganligi to’g’risida respublika aholisini ommaviy axborot vositalari orqali xabardor 
qilish. 
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonun nizomlarini va 
hukumat qarorlariga muvofiq yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Mahkamalararo kengashga 
keng huquqlar berilgan. 
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida jamoat birlashmalarining harakat 
faoliyatlariga iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni ta’minlash, kafolatlash va rag’batlantirish 
maqsadida Hukumat qarori bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari 
Federatsiyasi huzurida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyat harakatini 
rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi (fondi) tuzilgan. 
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoat tashkilotlarining o’zaro 
munosabatlari mahkamalararo va mahkamalar me’yoriy hujjatlarida yoritiladi. O’zstandart 
Agentligi agentlik tashkilotlarining iste’molchilar jamiyati bilan o’zaro hamkorlik kilishi tartibi 
to’g’risida rahbariy hujjat qabul qilgan. 

Download 129,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish