12-AMALIY MASHG’ULOT. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ISTE’MOLCHILAR
HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO’G’RISIDA” GI QONUNINI O’RGANISH VA
MUNOZARA YURITISH
1.
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi
qonuni haqida ma’lumot.
2.
Qonun moddalarini tahlil qilish.
3.
Moddalar yuzasidan umumiy munozaralar.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” qonun Oliy Majlis tomonidan
26 aprel 1996 y. da qabul qilingan.
Qonun iste’molchining - shaxsiy iste’mol yoki foyda ko’rish bilan bog’liq bo’lmagan,
xususiy xo’jalikda
foydalanish maqsadida mol, ish yoki xizmatni sotib oluvchi, buyurtiruvchi
yoki buyurtma berishni niyat qilgan fuqaro (jismoniy shaxs) ning manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan.
Iste’molchi huquqlarini buzganlik uchun qonunga muvofiq xaridga chiqarish uchun mol
tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi, ishni bajaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi, sotuvchi
javobgarlikka tortiladi.
Iste’molchi mol (ish, xizmatlar) to’g’risida, shuningdek tayyorlovchi (bajaruvchi,
sotuvchi) to’g’risida ishonchli va to’liq. ma’lumot olish .huquqiga ega.
Qonun tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchilar) tomonidan iste’molchiga beriladigan zarur
ma’lumot hajmini belgilaydi. Bunda tayyorlovchi to’g’risida ham, taklif etilgan mol (xizmatlar)
to’g’risida ham to’liq axborot berish ko’zda tutilgan. Zarur axborotning yo’qligi yoki ishonchsiz
ma’lumot berganligi uchun javobgarlik belgilangan.
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”
qonuniga muvofiq va iste’molchilarni iste’mol mollari to’g’risida davlat tilida ishonchli axborot
bilan ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 5 dekabrь 2002 y. №
427 “O’zbekiston Respublikasiga iste’mol mollarini kiritishni takomillashtirish bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida” qaror qabul kilingan.
O’zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqariladigan,
import qilingan
iste’mol mollarining alohida turlarini davlat tilida majburiy tamg’alash ko’zda tutilgan. Import
qilinadigan istemol mollarini tamg’alash tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlangan. Bu Nizomda
tamg’alashga qo’yiladigan talablar va importchilarning majburiyatlari belgilangan.
Qonunda iste’molchining sovdo-sotiq va boshqa xizmat turlari sohasida shartnoma tuzish
va sotib olinadigan mol (ish, xizmatlar) sifatini tekshirish huquqi belgilangan. Bunda
iste’molchining shartnoma tuzish yo’li bilan mol (ish, xizmatlar) ni erkin sotib olish huquqi
ko’zda tutilgan. Bu shartnoma bo’yicha sotuvchi (tayyorlovchi, bajaruvchi) iste’molchiga uning
mulki sifatida molni ma’lum miqdorda va zarur sifatli qilib berish majburiyatini oladi,
iste’molchi esa shartnomada kelishilgan miqdordagi pulni to’lash majburiyatini oladi.
Qonunda iste’molchining sotib
oladigan molining sifatini, butligini, massasini va
bahosini tekshirish huquqi va bu huquqlardan foydalanish uchun sharoitlar yaratib berishga oid
sotuvchining majburiyatlari ko’zda tutilgan.
Qonunda iste’molchining molning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida
xavfsizligi kafolatlangan holda sotib olish huquqi belgilangan.
Iste’molchilarning hayoti, sog’ligi,
mulkiga va atrof muhitga xavfli mol chiqarilgani
uchun quyidagilar javobgar bo’ladi:
– tayyorlovchi (bajaruvchi);
– me’yoriy hujjatni tasdiqlagan idora;
– muvofiqlik
sertifikatini bergan idora;
– xavfli molni chiqarishga yoki xarid qilishga ruxsat bergan sog’liqni saqlash, tabiatni
muhofaza kilish, veterinariya xizmatlari va boshqa idoralar.
Qonunda, shuningdek molning butun hayotiy faoliyati davrida xavfsizligini ta’minlash
bo’yicha tayyorlovchi (sotuvchi) ning javobgarligi shu jumladan iste’molchiga ko’rilgan zararni
to’lashi belgilangan.
Inson hayoti, sog’ligi va mulki uchun xavfli kamchiliklari bo’lgan mol (ish, xizmatlar),
shuningdek tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) ning nohuquqiy xatti-harakati (faoliyatsizligi)
tufayli ko’rilgan moddiy ziyonlarni ma’naviy zararni to’liq, hajmda to’lash ko’zda tutilgan.
Qonunda iste’molchiga kamchiliklari bor bo’lgan molni sotganda, bu kamchilik tufayli
ko’rilgan zararga mulkiy javobgarlik, ma’naviy zararni sud orqali to’latish tartibi belgilangan.
Qonunda belgilanganidek, davlat iste’molchilarning huquqlarini va mol sotib olishda va
moldan foydalanishda qonun bo’yicha himoyalanadigan manfaatlarini kafolatlaydi,
iste’molchilarning huquqlarini davlat tomonidan himoyalanishini
davlat xokimiyati va
boshqarmasining idoralari va sudlar ta’minlaydi. Bunda davlat hokimiyati va boshqarmasining
idoralari o’zlarining vakolatlari doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha
qonunlarning bajarilishini tekshiradi.
Mollar (ishlar, xizmatlar) ning xavfsizligini va sifatini tekshiruvchi davlat boshqaruv
idoralarining vakolatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi konunni
buzganligi uchun tayyorlovchilarning moddiy javobgarligi ko’zda tutilgan. Moddiy javobgarlik
davlat boshqarmasining vakolatli idoralari tomonidan jarima solishdan iborat bo’ladi.
Qonun iste’molchilarning o’z huquqlarini himoya qilish bo’yicha ko’ngilli jamoat
birlashmalarini tuzish huquqlarini belgilaydi.
Qonun qabul qilingan paytdan boshlab tashabbuskor guruhlar
va mahalliy hokimiyat
idoralari tomonidan joylarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tuzila
boshladi. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonunni bajarish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 28 noyabrь 2002 y. №414 “Iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilishda jamoatchilikning ishtirokini kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar
to’g’risida” qaror qabul kilindi. Qarorda Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari
Federatsiyasini tuzish va iste’molchilarning huquqlarini himoya kilish jamiyatlarining tashkiliy
tuzilmasi maqullangan. Hukumat qarori bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
bo’yicha Mahkamalararo kengash tashkil etilgan va uning nizomi tasdiqlangan. Mahkamalararo
kengash tarkibiga davlat boshqaruv idoralari,
vazirliklar, mahkamalar, respublikada
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 16 vakili kiritilgan.
Mahkamalararo kengashning asosiy vazifalari quyidagicha belgilangan:
– O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risida” Qonunini amalga oshirish bo’yicha vazirliklar, davlat qo’mitalari va mahkamalar,
respublikada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha
jamoat tashkilotlarining
o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlarning qo’llanilish
samarasini tahlil qilish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonunlarni amalga oshirish
mexanizmini yaratish va takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni
bajarishda qatnashish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida qo’shma harakatlarni ishlab
chiqish maqsadida boshqa davlatlarning davlat va jamoat tuzilmalari bilan o’zaro
hamkorlik
bo’yicha ishlarni tashkillashtirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ularni
kengaytirishga ko’maklashish sohasida manfaatdor xalqaro hukumat va nohukumat tashkilotlar
bilan muloqatlarni ta’minlash;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo’yicha jamoat fikrini
o’rganishni tashkillashtirish;
– Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarning
bajarilayotganligi to’g’risida respublika aholisini ommaviy axborot
vositalari orqali xabardor
qilish.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” Qonun nizomlarini va
hukumat qarorlariga muvofiq yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Mahkamalararo kengashga
keng huquqlar berilgan.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida jamoat birlashmalarining harakat
faoliyatlariga iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni ta’minlash, kafolatlash va rag’batlantirish
maqsadida Hukumat qarori bilan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari
Federatsiyasi huzurida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyat harakatini
rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi (fondi) tuzilgan.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoat tashkilotlarining o’zaro
munosabatlari mahkamalararo va mahkamalar me’yoriy hujjatlarida yoritiladi. O’zstandart
Agentligi agentlik tashkilotlarining iste’molchilar jamiyati bilan o’zaro hamkorlik kilishi tartibi
to’g’risida rahbariy hujjat qabul qilgan.