Munosabatlardagi harakatlari reja: Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar. Erkin ishlatiladigan valyutalar


Xalqaro valyuta tizimining elementlari



Download 46,89 Kb.
bet2/12
Sana17.05.2023
Hajmi46,89 Kb.
#939882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
17-мавзу маьруза (8) (1)

Xalqaro valyuta tizimining elementlari:

  • jahon pulining funksional shakli;

  • valyutalarni o'zaro konvertirlash shartlari;

  • valyuta pariteti rejimining reglamenti;

  • davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish;

  • xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli;

  • xalqaro kredit mablag'lari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari;

  • xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qo'llashning qoidalari;

  • xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi;

• davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar.
Milliy valyuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valyutasi
tashkil etadi. Ushbu valyuta tegishli qonunchilik xujjatlari asosida mamlakatda yagona to'lov vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro hisob -kitoblarda qo'llaniladigan pul (milliy valyutalar) valyuta deb yuritiladi.
Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish
Klassik oltin standard (1815 -1914 yy.)
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta'sir ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan XGX asrni torn ma'noda g'arb sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standard hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush ham to'lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o'rtasidagi hisob - kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standard ostida birlashgan edi. Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatini o'lchov birligi bo'lib xizmat qilgan. Masalan, dollarning nomlanishi - 1/20 unsiya og'irlikka teng bo'lgan oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa - oltinning j unsiya og'irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat'iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari o'lchov birligiga bog'liq ravishda bir - biriga doimo mos kelgan. Ya'ni, 1 funt (o'lchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o'lchov birligi) -4.86 dollarga teng bo'lgan. Xalqaro oltin standard insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini o’tagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yetishining asosiy sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida dollarning to'lov vositasi sifatida amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat -taqsimotida, xalqaro kapital oqimida, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda ko'rishimiz mumkin. Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent "maxsus tovar" sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning bu jarayonlardagi o'rni unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun'iy inflyatsiyani yuzaga kelishiga yo'l qo'ymasligi bilan birga, mamlakat to'lov balansining muvozanatini ta'minlagan.
Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar bahosining ortishiga olib keladi. O'z navbatida aholining nominal daromadlari ortadi, bu esa importning o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past bo'ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan qisqaradi. O'z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Shu o'rinda aytish joizki, bank depozitlarining sun'iy ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditlar hajmining ortishi ham oltin - valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me'yorini saqlash lozim bo'ladi. Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati ta'minlanadi. Bu esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini tug'diradi va mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu holat o'zaro savdo - iqtisodiy munosabatda bo'lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta'minlangunga qadar davom etadi.O'z davrida davlatning oltin standard pul tizimini mustaqil amal qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta'sir qilgan va ushbu pul tizimining mukammalligidan qat'iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini o'matilishi, qonuniy to'lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo'yilganligi, qog'oz pullarni joriy etilishi va inflyatsiyani rag'batlantirilishi kabi yo'nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat qilgan. Davlatning pul muomalasiga ta'sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o'zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Download 46,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish