MUNIS XORAZMIYNING SAVODI TA’LIM ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI. HUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING AXLOQIY QARSHLARI
1. Shermuhammad Avazbiy o'g'li Munisning hayot yo’li.
2. Shoir ijodi to’g’risida .
3."Base g'am boridin" g'azali tahlili .
XIX asrda ham O‘rta Osiyo mintaqasida uchta — Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklari hukmronliklari davom etdi. Buxoroda mang'it, Xorazmda qo‘ng‘irol, Qo‘qonda ming urug‘i sulolasi hokimiyatda bo‘ldi. Feodal xonliklari o‘rtasida ziddiyatiar, o‘zaro urushlar bo‘lib turdi. Ayniqsa, Buxoro amirligi bilan Qo'qon xonligi o‘rtasidiagi kelishmovchiliklar avj olib, bu hol 1841 yili dahshatli oqibatlarga olib keldi. Nodiradek aql-zakovat egasi fojiali halok bo‘ldi. Xiva xonlari ulaming zulm-istibdodlariga qarshi bosh ko‘taigan turkman va qoraqalpoq elatlarining qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdilar. Amir Olimxon rnslar tomonidan xavf paydo bo‘lishi ehtimolini o‘ylab, Qo‘qon xonligi sarhadlarini hozirgi Chimkent va Jambul viloyatlari xududlari hisobiga kyengaytirib, Qozog‘iston bilan chegaradosh Oqmajidda haibiy istehkom qurdirdi.
Madaniy-ma'naviy hayot xonliklardagi siyosiy-ijtimoiy ahvolga qarab turli notekisliklar bilan davom etdi, Ayniqsa, Xivada, Buxoroda, Samarqandda bir qancha madrasa, xonaqohlar qurildi. turli hududlarda o‘nlab shoirlar, tarixchilar, xattotlar, tazkiranavislar, tarjimonlar yashab, faoliyat ko‘rsatdilar. Qo‘qon va Xivada saroy adabiy markaZlari vujudga keldi. Xivada Ogahiy, Feruz, Qo‘qonda amir Umarxon—Amiriy boshchiligidagi adabiy markazlar tufayli badiiy ijod sohasida yangilanish, rivojlanish kFzga tashlandi. Agar Xorazmda Munis, Ogahiy, Feruz faoliyati tufayli adabiyot, tarix va tarjimachilikda jonlanish sezilgan bo‘lsa, Qo‘qonda kuchli adabiy markaz vakillari tufayli badiiy ijod yuksaldi. Shuning uchun ham oliy o‘quv yurtlari filolog studentlariga mo‘ljallangan «O‘zbek adabiyoti tarixi» dasturida XIX asr «an’ana va yangiliklar davri adabivoti* o‘rganilishi va o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Shermuhammad Avazbiy o‘g‘li Munis XIX asming I yarmi o‘zbek adabiyotining peshqadam, rahnamo vakillaridan biridir
Munis 1778-yilda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida Avazbiy mirob oilasida tug'ildi. Otasi Avazbiy Xiva xonligining bosh mirobi edi. Miroblik xonlikdagi eng katta mansabiardan biri bo'lib, bugungi kun bilan qiyoslasak, Qishloq va suv xo'jaligi vaziri lavozimiga to'g'ri keladi. Shermuhammad boshlang'ich ta'limni qishlog'idagi maktabda oldi. So'ng Xiva madrasalarida tahsil ko'rdi. Tabiatan tirishqoqlik va tabiiy iste'dodi yuksak yosh Shermuhammad tez orada arab, fors tillarini puxta o'zlashtirdi, tarix ilmini chuqur o'rgandi, mohir xattot bo'lib yetishdi. Shoirning bolalik yillari va yoshlik davri juda zavqli, beg'am va xursandchilik bilan o'tgan. Shoir keyinchalik bu osoyishta hayotini eslab, "Munis ul-ushshoq" devoni debochasida jumladan shunday yozgan edi:
"Bu yo'sinda ne zamon inqilobotidin zarrae g'amim bor edi, ne jahon hodisotidan lahzae alamim". Munisning bu betashvish, farahli hayoti ko'p o'tmay intiho topdi. 1800-yilda otasi vafot etdi. Bu judolik yarasi bitmay onasi, so'ng inisi dunyodan o'tdi. Taqdirning shafqatsiz hukmi bilan adoqsiz g'am-u hasrat, cheksiz tashvishlar girdobiga tashlangan Munis:
Tiyra qildim dudi ohimdin jahon koshonasin,
Har birining so'gi anduhidin aylab nolalar;
yoki:
Nasib g'amuza bo'ldi charxi gardondin,
Musibat uza musibat yetushti davrondin, —
kabi misralarida o'zining hasbi holini bayon etgan edi.
Bu davrda Xivada Avazbiy inoq hukmdor edi. U o'zining adashi Avazbiy mirobning o'g'li yosh Shermuhammadni tashlab qo'ymadi. Huzuriga chaqirib, farmonnavislik vazifasiga tayinladi. Bu hol Munisni saroyga yaqinlashtirdi. 1804-yilda xon Avazbiy vafot etgach, Muhammad Rahimxon taxtni egalladi va Munisga bosh miroblik lavozimini berdi. Taqdir bundan keyin ham Munisga mehribonlik qilmadi. Shafqatsiz o'lim undan o'g'lini, ayolini tortib oldi. Munisning o'zi esa 1829-yili xonning Xurosondagi harbiy yurishlaridan biridan qaytayotganda, vabo kasaliga yo'liqib, vafot etdi. Shoirning qabri o'zi tug'ilgan Qiyot qishlog'ida.
Shoirning ijodiy merosi. Munis keng ko'lamli ijod sohibidir. U badiiy ijodda o'zbek adabiyotidagi go'zal she'riyat namunalarini yaratdi. Ilmiy she'riyat namunasi bo'lmish ma'rifiy ruhdagi "Savodi ta'lim" risolasini yozdi. Tarixchi sifatida "Firdavs ul-iqbol" (Sao-
dat bog'i) asarini bitib, Xorazm o'tmishiga oid qadimdan to 1812-yilgacha bo'lgan voqealarni yoritib berdi. Keyinchalik uni Ogahiy nihoyasiga yetkazdi. Tarjima bilan ham shug'ullangan adib Mirxondning "Ravzat us-safo" asarini forsiydan o'zbek tiliga
o'girib (asarning birinchi jildini), uning o'zbek xalqi ma'naviy mulkiga aylanishiga hissa qo'shdi.
Xattotlik san'atida beqiyos kamolot kasb etgan Munis Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarini 1794-yilda ko'chirgan. Shuningdek, u 1797-yilda daho ijodkorning "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" nomli asarini ham husnixat bilan kitobat qildi.
Munis, shuningdek, meloratsiyaga oid iqtisodiy xarakterdagi Xorazm sug'orilishi tarmoqlari haqida "Ornalar" nomli asar yaratib qoldirdi.
Bu ijod turlari ichida, albatta, she'riyat Munis uchun qadrli va suyukli edi. U 1804-yili 27 yoshda ekan o'zining ilk devonini tuzgan. Shoir 1814— 15-yillarda adabiy merosini hajman to'liq aks ettirgan to'plamini — "Munis ul-ushshoq" (Oshiqlar do'sti) nomli mukammal devonini yaratdi.
Mukammal devonda jami 10000 baytga yaqin she'riy asar mavjud.
Munis mumtoz adabiyotda mavjud bo'lgan deyarli barcha she'riy janrlarda ijod etgan. Ayniqsa, uning qasida janri taraqqiyotiga qo'shgan hissasini alohida qayd etish kerak. Shoir Avazbiy inoq, Eltuzarxon, Muhammmad Rahimxon I, Olloqulixon singari hukmdorlar va o'z davrining boshqa mashhur shaxslariga atab bir necha qasidalar yozgan. E'tiborli jihati shundaki, qasidalarida u madh qilinayotgan bir shaxsga xos eng muhim jihatni ko'rsatgan holda, ko'nglidagi o'ylarini, orzularini qog'ozga tushiradi, ularga pand-nasihat qiladi. Minba'd maddohlik, xushomadgo'ylikka berilmaydi. Shuning uchun Munisning qasidalarida didaktik mazmun yetakchilik qiladi.
Aksariyat mumtoz adiblar singari g'azal Munis she'riyatining ham asosiy janridir. Uning shoir sifatidagi mahorati, o'ziga xosligini avvalo g'azallarida kuzatishimiz mumkin. Adabiyotimiz tarixidagi hajman eng katta g'azallarni aynan u yozgan. De-vonidan joy olgan g'azallar orasida yigirma uch, yigirma to'rt, hattoki, o'ttiz uch baytdan iborat bo'lganlari borki, bunaqasi boshqa o'zbek shoirlari ijodida deyarli uchramaydi. Munis shoir sifatida she'rning qudratini juda yaxshi his etadi, unga yuksak baho beradi. "She'r ul tiyg'i dudamdurkim..." she'rida quyidagi satrlar bor:
She'r ul tiyg'i dudamdurkim, jahonni fath etar
Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoh.
Ya'ni she'r tig'i. dudam — qo'sh tig'li qilichdirki, har qanday podsho uni qo'liga olsa, lashkar tortmay jahonni zabt etishi mumkin.
Shoir insonlar o'rtasidagi haqiqiy do'stlikni ulug'laydi, sadoqatdan saboq berganday bo'ladi. Chin do'st bir dam bo'lsin do'stini unutmaydi, do'stsiz "ohangi ishrat" — xursandchilik qilmaydi. Do'sti unutgan kishi o'zini yolg'iz sezadi, hasratdan may o'rniga go'yo qon ichadi.
Do'stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.
Do'st uldurkim, уотоп кип yuz evurmas do'stidan,
Munis ahvolin ko'rib, tarki muhabbat qilmangiz.
Shoir g'azalda do'st sadoqatini sinashning turli bosqichlarini tasvir etadi va shularning birontasida ham sadoqat unutilmasligi lozimligini ta'kidlaydi.
Munis ma'shuqa go'zalligini jo'shqinlik bilan ta'riflaydi. Shunday she'rlaridan biri "oftob" radifli g'azaldir.
Bo'lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob,
Ne uchun zarposhlig'lar aylar izhor oftob.
Senki shohi husnsen, har kim qilib qulluq sanga,
Sajda aylarga qo'yar tufroqqa ruxsor oftob.
Oftob yorning jamoliga xaridor, vasliga mushtoq-u zor bo'lmaganda edi, uning boshidan zarlar sochib — nur taratib tuyg'ularini izhor etmas edi. Oftobning chiqishi tushunarli edi — u mahbubani ko'rish uchun nur sochardi. Ma'lum bo'ldiki, uning botishi ham yor tufayli ekan. Ya'ni u husn shohi bo'lmish mahbubaga qulluq qilib tuproqqa yuzni qo'yganda, botar ekan.
Ishq tug'yonlari, oshiqning bu dard ila to'lg'onishlari bayon etilgan g'azallar Munis she'riyatida ko'plab uchraydi. Masalan, "Istading, ey dil, ko'zin joning kerakmasmu sanga?" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida shoir oshiqning qiynoqlarini, yordan yetgan jafolar izhori uchun dilga murojaat shaklini tanlaydi. Chunki ko'ngil bu tug'yonlaming makonidir:
Istading, ey dil, ko'zin, joning kerakmasmu sanga?
Kufri zulfin sevding, iymoning kerakmasmu sanga?
Nima uchun lirik qahramon yor ko'zimng savdosi tushgan dilga qarata: "joning kerakmasmu sanga?"- deya xitob qilmoqda? Bilamizki, mumtoz adabiyotda ko'z jon olg'uvchi jallod sifatida ta'riflanadi. Kishi bu ko'zlar domiga ilindimi, unga omonlik yo'q. Ulardan dilga tushgan ishq savdosi oshiqni halokatga olib kelishi muqarrar. Yorning to'zg'igan, parishonligi bilan oshiqning ham xayolini parishon etuvchi zulfi esa uni esdan og'dirish darajasiga olib keladi. Shoir bu devonalik hatto Yaratganni ham unutishga olib kelishi mumkinligidan dilni ogohlantirmoqda.
Munis she'riyatining boshqa janrlari uchun ham mana shunday inson tuyg'u va kechinmalarining turfa jihatlariga o'ziga xos yondashish xosdir.
"Base g'am boridin" g'azali tahlili .Mazkur g'azal Munisning hasbi holi — qismati, ahvolining ifodasi deb atash mumkin. Shoirning umr bayonida aytilganidek, bir yilda otasi, onasi va inisidan ayrilgan shoir ma'lum vaqt o'tgach, hayotdagi suyanchiqlari bo'lmish umr yo'ldoshi hamda o'g'lini ham tuproqqa topshiradi. Adoqsiz musibatlar girdobida, og'ir g'am yuki ostida qolgan Munis ko'nglidagi dardlarini g'azal shaklida qog'ozga to'kadi:
Base, g'am boridin chekmish og'irni,
Yog'ir bo'lmish hazin ko'nglim yog'irni.
Shoirning mahorati shundaki, u shakldosh (omonim) so'zlar vositasida tajnis san'atini qo'llab, fikrning o'ziga xos ifodasini topa olgan. G'azalning matla'sidagi "yog'ir" so'zi "yag'ir", "yog'irn" esa "yag'rin" (elka) ma'nolarini anglatadi. Shoir ana shu holatdan ustalik bilan foydalanib, hayotda ko'plab g'amlarni ko'rdim, ana shu g'am yuklarini ko'tarib yurgan ko'nglim yelkalari bu og'irliklardan yag'ir bo'lib ketdi, deya shoirona tasvir yaratadi. Keyingi ikki misrada birinchi baytdagi fikr yanada aniqlashtiriladi:
Falak g'am yuklarin solg'onda elga,
Yog'irnimga mening qo'ymish og'irni.
Munis falak butun insoniyatga g'am yuklarini ulashganda ularning ko'pi menga tegdi, hammadan ko'p og'irliklari menga tushdi deb, hayotida ketma-ket yuz bergan fojealarga ishora qiladi.
Uchinchi baytda shoir ma'shuqaga "g'am yuki" asoratlarini ko'rsatishga tutinadi:
Bilursan g'am yukin ko'p chekkanimni,
Yog'irnim ustida ko'rsang yog'irni.
Faqat yaqinlarni boy berishgina emas, ishqdagi yor jafolari ham oshiqqa tinimsiz uqubatlar keltiradi. Shuning uchun u yorga qarata "Agar ko'nglim yog'irnini ochib ko'rsatsam, uning ustidagi yag'irlarni ko'rib, qanchalar g'am yukini tortganimni bilar eding" so'zlari bilan ahvolini bayon etadi.
Keyingi baytda oshiq "yag'rinining yag'ir"ligi tasviri o'sib, goh ko'ngil, goh bag'rini ma'shuqa itiga berishga ham tayyorlik darajasiga yetadi:
Iting ko'rsam, manga uns aylasun deb,
Berurman gah ko'ngul, gohi bog'irni.
Raqib ollingda bo'lmoqdin hazinman,
Tilarman ko'rmasam ul bo'lmog'urni.
Zamona ahlig'a bo'lmish shikva oyin,
Netong, sevsam agar gung-u sog'imi.
G'azalda endi so'z zamona ahliga ko'chadi. Zamonagidagi odamlarda ham nolish, anduhlar ko'pki, shikoyat qilish ular uchun odat bo'lib qolgan. Ularning shikoyatlari esa shoirning g'amlariga g'am qo'shadi. Shuning uchun shoir gung — gapira olmaydigan sag'ir bechoralarni yoqtirishini ajablanarli hol emas deb izohlaydi.G'azal maqta'sida oshiq o'zi tushgan o'ta mushkul holatdan qutulishning an'anaviy chorasini topganligi aks etgan:
Najote istasang Munisga g'amdin,
Ayoqchi, tut anga har dam chog'irni.
Ko'p asrlar mobaynida she'rlarda tasvirlab kelinganidek, g'amdan qutulishning eng samarali yo'li dardni unutishdir. Bunda esa, chog'irga teng keladigan vosita yo'q. Chog'ir (may), oldin aytilganidek, ilohiy ishqni, ayoqchi (soqiy) Olloh ishqini dillarda yolqinlatuvchi piri komil timsollarini anglatadi. Demak, kimning dilida ilohiy ishq bo'lar ekan, u bu ishq shavqida dunyo g'am-alamlaridan xalos bo'lib, umrini Yaratganning yodi bilan shod o'tkazadi.
Munisning zabardast shoir, iste'dodli muarrix, xattot sifatida yaratgan asarlari o'tmish merosimizning yorqin sahifalarini tashkil etadi. Shoiming «Munis ul-ushshoq» devonida o‘n ikki ming misraga yaqin she’r mavjud, «Firdavs ul-iqbol* nomli asari o‘rta asr tarixnavisligining Sharafiddin Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'oziy asariaridagi eng yaxshi an'analarini o'zida mujassam etgan. Uning xattot sifatida kitobat qilgan asarlari, taijimalari, ma'rifiy- pedagogik asarlarining ahamiyati ham katta, U, ayniqsa, badiiy ijodi bilan XIX asrga kelib ko'tarilish jarayonidagi Xorazm adabiy muhitiga ravnaq, salohiyat bag'ishlagan siymodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |