1.2-rasm. Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning qonuniyhuquqiy asoslari2
Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.
Davlat budjeti xarajatlari tasdiklangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida kuyidagicha amalga oshiriladi:
budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat eіtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga;
davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;
rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunining 22moddasiga ko’ra respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport
(respublikaga bo’ysunadigan tashkilotlar bo’yicha);
ijtimoiy ta’minot;
mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
O’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo’ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi (yuqoridagi qonunning 23-moddasi) (1.3-rasm):
fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo’yicha);
ijtimoiy ta’minot;
aholini ijtimoiy himoya qilish;
Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjet tashkilotlarini saqlash;