U M U M I Y X U L O S A L A R
O‘zbekiston
Respublikasining
istiqboli
xalq
xo‘jaligining
hamma
tarmoqlarida bo‘lganidek, xalq ta‘limi oldida ham muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
Zero yosh avlod tarbiyasi O‘zbekiston istiqbolini mustahkamlashning muhim
zamini deb hisoblanadi.“Yoshlari bilimdon, yurtning kelajagi buyukdir”.(Karimov
I.A “Barkamol avlod orzusi”).
Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ta‘lim jarayonini tubdan yaxshilash
davr talabi hisoblanadi. Bu esa har bir o‘qituvchidan yuksak tajribani puxta
bilimni, malakani talab qiladi. Boshlang‘ich sinflarda miqdor va birliklarni juda
keng o‘rganilmoqda. Boshlang‘ich sinf matematikasida uzunlik o‘lchovi, vaqt
o‘lchovi, yuzani o‘lchash va topishga doir misol va masalalar berilgan.
Bu sinflarda miqdor o‘lchovlarining o‘zgarmas birligidan foydalanib bilim
beriladi. Masalan: uzunlik o‘lchovi, milli metr, santimetr, ditsemetr, metr,
kilometr. Og‘irlik o‘lchovi: gramm, kilogramm, santimetr, tonna vaqt o‘lchovi:
sekund, minut, soat, yil, asr, oy, kun sutka, hafta. O‘lchov birliklarini tarkib
toptirishda qadimgi nomlardan ham foydalanilgan.
Masalan: qarich, quloch, gaz, qadam, chaqirim, tosh, pud, gul, misqol,
chorak, daqiqa, tanob, asr, qadam, olchin, va shular kabilar.
Bundan tashqari miqdorlar tushunchasi figuralarning yuzini o‘lchashga ham
ma‘lum birliklardan foydalaniladi.
Kvadrat santimetr (kv sm) kvadrat ditsemetr (kvdm) kvadrat metr (kv m) lardir.
Hozirgi vaqtda minutni daqiqa, sekuntni soniya deb atash otad tusiga kirgan.
Maktab matematika darsligida o‘qituvchi uchun shunchaki ko‘rsatma
berilgan. Darsni qiziqarli va mazmunli o‘tish esa o‘qituvchining mahoratiga
bog‘liq.
Shuning uchun ham men malakaviy bitiruv ishimda qiziqarli savollar, miqdor
birliklarini kelib chiqish tarixi, eskicha nomlanishini ham keltirib o‘tdim.
Shu bilan birga dars jarayonini o’yin va qiziqarli didaktik manbalar asosida
olib borish maqsadga muvofiqdir.
58
Darsni she‘riy usulda olib borish ham darsni qiziqarli o‘tib mavzuni yaxshi
tushunib olishga yordam beradi.
Har bir masalalarni yechayotganda 4 ta masala berishni eslatib o‘tiladi.
“Ta ortiq”-bu qo‘shish
“Ta kam”-esa ayirish
“Marta ko‘p”-ko‘paytirish
“Marta kam”-esa bo‘lish
Matematikada
didaktik
she‘rlar
o‘quvchini
fikrlashga,
izlanishga
dunyoqarashini kengaytirishga olib keladi. Har bir dars ko‘rgazmali va ko‘rsatmali
bo‘lmog‘i lozim. Chunki:“Sinfga surat olib kirsang saqov ham tilga kiradi” deb
bejizga aytilmagan. Dars mobaynida o‘quvchilar bilan qiziqarli suhbatlar
o‘tkazish, ular bilan birga sahna, badiiy ko‘rinish va savol-javoblar o‘tkazish har
bir miqdor birliklariga doir test kartochkalaridan foydalanish ham ko‘zda tutilgan
Men hozirda o‘quvchilarga DTS talablari asosida dars beraman. Dars
jarayonida o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini, hamda psixologik-ruhiy holatlarini
hisobga olgan holda tashkil etaman.
Bu yoshda o‘quvchilar juda qiziquvchan, intiluvchan, sergak bo‘ladilar
ularning har bir qiziqib so‘rayotgan savollariga esa to‘g‘ri, tushunarli, javobni
mazmunli qilib aytishga harakat qilaman. O‘quvchilar dars davomida bilmagan
bilimlarini o‘zlashtirib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |