Ma’ruza 15. Eol jarayonlar va relef shakllari
Reja
1.Shamollarning geologik va geomorfologik ishi. Deflyastiya, korroziya, eol jinslarni tashish, akkumulyastiya tushunchalari. Eol relef shakllari.
2.Arid o’lkalardagi eol jarayonlar. Cho’llarning turlari. Arid tushunchasi.
3.Shamolning relef hosil qilishdagi ishtiroki.
4.Eol relef shakllari: botiqlar, eol qozoni, barxan, dyuna, qumli gryadalar.
5. Arid o’lkalarda xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlari
Havo harorati yuqori va uning sutkalik tebranishi katta, namlanish juda kam, bug’lanish imkoniyati yillik yog’in miqdoridan bir necha marta ko‘p bo’lgan quruq iqlimga arid iqlim deyiladi. Bu iqlim sharoitida fizikaviy nurash ustun turadi, nurash po‘sti jinslari to‘zishga moyil va eol (shamol) jarayonlari yaqqol ifodalangan bo’ladi. Arid va semiarid (chala arid, yarim arid, mo‘’tadil arid) iqlimlari tropik, subtropik va mo‘’tadil mintaqalardagi cho‘llarda rivojlangan. CHo‘l va chala cho‘llarda arid relefi shamol faoliyati, nurash, yuza eroziyasi, vaqtincha oqar suvlarning eroziyasi va boshqalar ta’sirida shakllanadi. CHo‘llarning geomorfologik qiyofasi ularning geologik tuzilishi va geografik tipiga bog’liqdir. 6.1-jadvalda Yer sharidagi yirik cho‘llar va ularning termik va litologik tiplari keltiriladi.
B.A.Fedorovich (1970) cho‘llarning relefini hosil qiluvchi asosiy omil shamol, deb qaraydi. Shamolning ishini fikran emirish jarayoniga, uchirish jarayoniga va yotqazish jarayoniga bo’lish mumkin. Tabiatda shamolning ishining bu hamma jarayonlari ayni bir vaqtda, lekin turlicha kuch bilan ro‘y byeradi, har bir shamol ishining pirovard natijasi turlicha bo’lishining sababi ham ana shundadir.
Shamolning emirish ishida deflyatsiya (lotincha-puflamoq, uchirmoq) va korraziya (lotincha-qirmoq, qirib tashlamoq) ro‘y byeradi. Biron yuzada esayotgan havo dastavval bu yuzadan eng mayda parchalarni va zarralarni olib ketadi (deflyatsiya); ikkinchidan, havo uchirib yoki yumalatib kelayotgan kum zarrachalari tekan yuza emiriladi (korraziya), ya’ni shu yuza silliqlanadi, yoki o‘yilib cho‘zinchoq va boshqa shakldagi chuqurchalar hosil bo’ladi. Deflyatsiya ta’siri asosan g’ovak tog’ jinslari yuzasida, korraziya ta’siri esa, asosan, kattiq tog’ jinslari yuzasida ko‘rinadi. Bu bog’liklikni 6.2-6.3 jadvallarda ko‘rish mumkin.
Shamolning emirish kuchidan hosil bo’lgan eol matyerial boshqa joyga olib ketilib yotqiziladi. Shamolning jinslarni uchirishi, uning tezligiga va zarrachalarning diametriga bog’lik. Bu bog’liqlikni 6.2, 6.3-jadvallar ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |