Turli materiklardagi muz bosishlari va muzlik oralig’i davrlari (O.K. Leontevdan, 1979)
8.2.1-jadval
Davr, bo‘lim
|
Sharqiy Yevropa
|
Alp tog’lari
|
Shimoliy Amerika
|
Muz bosish
|
Muzlik og’irligi
|
Muz bosish
|
Muz og’irligi
|
Muzlik bosish
|
Muzlik og’irligi
|
To‘rtlamchi
|
|
|
|
|
|
|
Yuqori pleystotsen
|
Valday (Ostashkov Kalinin)
|
Mologo-sheksna (Minsk)
|
Vyurm
|
Riss-Vyurm
|
Viskosin
|
Sangamon
|
o‘rta pleystotsen
|
Moskva
Dnepr
|
Mikulin
Odintsovo (Rosolavl)
|
Riss
|
Mindel- riss
|
Illinoys
|
Yarmut
Arton
|
Quyi pleystotsen
|
Oka Berezina
|
Lixvin
Belovej
|
Mindel
Gyunts
|
Gyunts-Mindel
|
Kanzass
|
|
Neogen Pliotsen
|
|
|
|
|
|
|
Tasvirlanayotgan o‘lka relefning xarakterli xususiyati ko‘l chuqurliklarining ko‘pligidir. Shvetsiya, Finlyandiya, Kareliyada yirik ko‘llar shimoliy g’arbdan janubi-sharqqa, Kanadadagi ko‘llar esa muzlik yo‘nalishiga qarab shimoli-sharqdan janubi-g’arbga cho‘zilgan. Ularning yo‘nalishi tektonik yoriqlar yo‘nalishi bilan bog’liq. Ko‘llar bo‘g’oz va daryolar orqali o‘zaro tutashgan.
Muz to‘xtagan joyda tor va uzun qirlar tarzida oxirgi morena marzalari (qator tepalar) hosil bo‘lgan. Ozlar (karelcha-selglar, fincha-selvyalar) uzun, yonbag’ri tik va ensiz qirlar bo‘lib, shaklan temir yo‘l ko‘tarmasini eslatadi. Ularning eni asosida odatda bir necha o‘n metr, tepasida esa bir necha metr bo‘ladi. Ozlarning balandligi 50 m ga, kamdan-kam 80 m ga etadi. Uzunligi o‘nlab kilometr keladi. Ozlar katta-kichik toshlar, shag’al va yirik qumlardan tarkib topgan; bu jinslar tezoqar muz suvlari o‘zanlarida yotqizilgan.
Muzlik akkumulyatsiyasi relefi shakllari Valday va Dnepr muz bosishlari doiralarida kuzatiladi. Lekin Dnepr muzligining qadimiyligi sababli bu erda muzlik relefi shakllari yaxshi saqlanmagan. Muzlik akkumulyatsiyasi relefi uchun sertepa-morena, drumlinalar, kamlar xarakterlidir.
Sertepa-morena relefi muzlik chekkasida vujudga kelgan. Bunday relef hosil bo‘lishi uchun muz bosmasdan oldin qirlik yoki jarlik mavjud bo‘lishi shart. Muz mana shu qir yoki jarlik oldida to‘xtab qolib, morena yotqiziqlari uzoq vaqt to‘plangan.
Drumlinalar-cho‘ziq-tuxumsimon shakldagi, uzun o‘qi muzlik yo‘nalishiga parallel bo‘lgan tepalar, asosiy morena tepalarining bir xilidir. Ularning uzunligi 500-2500 m, kengligi 150-400 m, balandligi 5-45 m ga boradi. Drumlinalar odatda to‘da-to‘da bo‘lib joylashadi va katta maydonlarni qoplaydi. Har bir drumlina tagida tub jinslari yadrosi bo‘ladi. Turtib chiqqan bu tub jinslar muzda yoriq hosil qilgan va shu yoriqqa asosiy morenaning parcha jinslari to‘plangan. Muz erigach, bu jinslar cho‘kib, drumlina tepaligini hosil qilgan.
Kamlar-yakka-yakka yoki to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan tepalar. Ular orasida ko‘pincha ko‘llar bilan band bo‘lgan vodiy va soyliklar bo‘ladi. Kamlar tepasi yumoloq, tuxumsimon yoki noto‘g’ri shaklda bo‘lib yonbag’irlari tik, biroq umumiy ko‘rinishi har doim doirasimon bo‘ladi. Ularning nisbiy balandligi 30-40 m ga boradi. Kamlar saralangan materiallardan, asosan kum va kumloqlardan tarkib topgan. Bundan ko‘rinadiki kamlar sobiq muz ko‘llarining tagi ekanligidan dalolat beradi.
Muzlikdan tashqaridagi o‘lkalarning relefida zandr tekisliklari keng maydonni egallaydi. Ular flyuvioglyatsial (muzlik suvlari keltirgan) qum keltirmalar bilan qoplangan keng maydonlardir. Muzlik eriganda uning tagidan oqib chiqan suvlar ko‘plab qum-shag’al oqizib kelgan. Bu suv oqimlari pastqam joylarga borib o‘zidagi oqiziqlarni qoldirgan.
Sharqiy Yevropada muzlikning tashqariga nishob tekisliklarda muzlik suv oqimlari daryo vodiylari bo‘ylab ham, pastqam erlar orqali ham janubga erkin harakat kilgan. Bu erlarda keng zandr tekisliklari va vodiy zandrlari vujudga kelgan.
G’arbiy Yevropadagi Germaniya-Polsha pasttekisliklarida suvlar muzlik chekkasiga parallel yo‘nalishda oqib, muzlik oldi soylari deb ataluvchi keng va nisbatan sayoz vodiylar hosil qilgan. Bu erlarda zandr yotqiziqlari tor polosada yotqizilgan.
Muzliklardan tashqaridagi rayonlarda keng tarqalgan ikkinchi xil yotqiziq tipi lyoss (sog’ tuproq) dir. Lyoss jigarrang-qo‘ng’ir, bo‘z-qo‘ng’ir yoki shokolad tusli kumoq, changsimon, g’ovak, ko‘pincha qatlam hosil qilmaydigan, ohak va organiq qoldiqlarga boy tog’ jinsidir. Lyosslar va lyossimon kumoqlar Dnepr muz bosishi davridan qolgan zandr tekisliklarini sidirg’a qoplagan.
Zandr tekisliklarining qumli yuzasi, shuningdek ko‘l tekisliklari muzlikdan keyingi davrda shamol ta’sirida bo‘lib, ularda ko‘hna dyunalar vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |