Nurash va relef hosil bo’lishi
Ekzogen agentlari tomonidan turli moddalarning olib ketilishi uchun eng avvalo tog’ jinslari nuragan bo’lishi zarur. Tog’ jinslarining havo, suv va organizmlar ta’sirida parchalanib uvoqlashishi va kimyoviy tarkibining o‘zgarish jarayonlarining yig’indisiga nurash deyiladi. U fizikaviy va kimyoviy nurashlarga ajratiladi. Ba’zi tadqiqotchilar organiq (biologik) nurashni ham alohida ajratishadi. Aslida organiq nurash organizmlar ta’sirida ro‘y byeradigan fizikaviy yoki kimyoviy nurash ko‘rinishlaridan iboratdir.
Fizikaviy nurashning asosiy sababi tog’ jinslari haroratining o‘zgarib turishidir. Tog’ jinslari bir qizib-bir sovib turishi natijasida darz ketadi, yoriladi, harsanglarga ajraladi va maydalanib ketadi. Bunga yoriqlarda muzlab qolgan suv, suv bug’langanda tuzlarning kristallanishi, o‘simlik va hayvonlarning faoliyati ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu nurashda tog’ jinslarining kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi.
Kimyoviy nurash tog’ jinslariga atmosfyera, gidrosfyera va biosfyeraning kimyoviy faol elementlarining ta’siri natijasida ro‘y byeradi. Bu jarayonda kimyoviy faol bo’lgan kislorod, karbonat angidrid, suv, organiq kislotalar ta’sirida minyerallar va tog’ jinslari tarkibiy jihatdan o‘zgarib yangi minyeral yoki tog’ jinsiga aylanadi. Minyerallar va tog’ jinslarining o‘zgarishida yerish, gidrotatsiya, oksidlanish va gidroliz muhim rol o‘ynaydi.
Fizikaviy nurash quruq cho‘llar, tog’lar va qutb o‘lkalarida, kimyoviy nurash esa o‘simlik qoplami rivojlangan nam mintaqalarda keng tarqalgan. Kimyoviy nurash mahsulotlarining ko‘chish xususiyatlari yuqori bo’ladi.
Yer yuzasida nurash va denudatsiya ta’sirida nurash po‘sti hosil bo’ladi. U parchalangan (oksidlanish, gidrotatsiya va gidroliz ta’sirida maydalangan) mahsulotlardan hamda ishqorsizlangan tog’ jinslaridan tashkil topadi. Nurash po‘sti tog’ jinslaridan g’ovakligi va kimyoviy tarkibining o‘zgarganligi bilan farq qiladi. Tuproq nurash po‘stining eng ustki qatlamidir.
Nurash po‘stining qalinligi 30 m dan issiq va nam o‘lkalarda 200 m gacha boradi. Shu joyda nuragan va to‘plangan mahsulotlar elyuviy (lotincha-quyish) deyiladi.
Nurash u yoki bu relef shaklini hosil qilmaydi. Lekin, bu jarayonda tog’ jinslari nurab, ekzogen agentlar yordamida boshqa joyga olib ketilishi osonlashadi. Nurashda faqat tog’ jinslari maydalanmasdan, ayrim sharoitlarda g’ovak jinslarning tsementlashuvi ham yuz byeradi. Masalan, issiq va quruq iqlim sharoitida maydalangan jinslar yuzasida temir va marganets oksidi, ohak, gips va osh to’zidan iborat bo’lgan tsementlashgan po‘st hosil bo’ladi. U o‘z navbatida nurash mahsulotlarini yeroziyadan va deflyatsiyadan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |