Мундарижа сўзбоши



Download 0,7 Mb.
bet6/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

Yerning koinotdagi o`rni.

Reja


1.Yadro, mantiya, litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera va ularning o’zaro aloqasi.

2. Geografik qobiqning shakllanishida geosferalarning ahamiyati.

3.Yer po’sti – Yerning qattiq tashqi qobig’i. Cho’qindi, granit va bazalt qatlamlar, Konrad, Moxo va Gutenberg chegaralari.

4. Yer va Yer po’stining kimyoviy tarkibi.

Yer shari turli xil qattiq, suyuq va gazsimon moddalardan iborat bo’lib, bu moddalar solishtirma ogirligiga qarab joylashgan.

Solishtirma ogirligi kattaroq bo’igan moddalar Yerning yadro qismida, aksincha, yengilroqlari esa ustki qismida joylashgan. Yerning ustki qismi (yer po’sti) ko’proq kislorod kremniy va ammoniy kabilardan iborat bo’lsa, undan pastki qatlami- mantiya, kremniy, magniy va temir kabi moddalardan, Yer yadrosi esa, asosan, temir va nikel kabi moddalardan tarkib topgan.

Yerning ichki qismini tuzilishi va uni tashkil etuvchi moddalar haqidagi ma'lumotlar insonning bilvosita kuzatishlari (har xil moddalar seysmik, gravatasion, elektrik va b. Yordamida) natijasida aniqlangan. Shu tufayli Yerning ichki qismi qanday jinslardan tuzilganligi, ularning zichligi, solishtirma ogirligini, temperaturasini geofizik tekshirishlar, xususan seysmik metod yordamida aniqlangan. Seysmik metod Yerning ichki qismini yoritib turuvchi fonar vazifasini o’taydi. Bu metod zilzila yoki portlash ta'sirida to’lqinlar vujudga keltiradi. Odatda seysmik to’lqinlar buylama va kundalang deb ataluvchi ikki qismga bo’iinadi.

Bo’ylama va ko’ndalang seysmik to’lqinlarning o’ziga xos xususiyatlari ularning Yerning ichki qismida tarqalishiga boglik. Ma'lumotlarga ko’ra bo’ylama to’lqinlar har qanday muhitga ham (kattik, suyuk, gazsimon moddalar) tarqalaveradi. Aksincha, ko’ndalang to’lqinlar esa faqat qattiq jinslardan o’tib, suyuq va gazsimon moddalardan sunib qoladi. Seysmik to’lqinlarning o’sha xususiyatlari yordamida olimlar Yerning ichki qismi moddalardan to’zilganligi aniqlangan. Agar yerning ichki qismi bir xil moddalardan tuzilganda edi unda to’lqinlarning yo’nalish va tezligi bir xil bo’iar edi.

Seysmik to’lqinlarining o’sha xususiyatlari yordamida olimlar Yerning ichki qismi bir xil moddalardan tuzilgandan edi unda to’lqinlarning yunalishi va tezligi keskin kamayib sekundiga 8 km ga to’shadi.

Ko’ndalang to’lqinlar yerning 2900 km ichki qismigacha to’shadi undan chuqurda o’tmaydi.

Seysmik to’lqinlarning shuqurlashgan sari o’zgarishini hisobga olib geofizik olimlar Yerning ichki qismini quyidagi qatlamlariga ajratiladi.

A) Yer po’sti – Yer yuzasidan moxo chegarasigacha bo’igan yerlarni ishg’ol etadi. Qalinligi materiklarda 40-80 km, okeanlar tubida 5-10 km. Yer po’sti qalinligi 4-80 km.  Yer po’sti bilan mantiya orasidagi chegarani yugoslaviyalik seysmolog Moxorovichich aniqlagan. Shu sababli bu chegara  Moxorovichich yuzasi yoki qisqacha Moxo chizig’i deb ataladi. Bu aniq chegara bo’lib, yer yuzasining hamma joyida bor.   Yer po’stining ikkita shakli mavjud: materik va okean yer po’sti. Materik yer po’sti uncha zich emas (o’rtacha 2,7 g/sm2 ,  eng zich 3,0-3,3 g/smyuqori mantiyaga yaqin okean yer po’stida 3,4 g/sm2), o’rtacha qalinligi 35-40 km (baland tog’li hududlarda 60-70 km gacha). Okean yer po’sti qalinligi 5-12 km.  Yer po’sti cho’kindi, granit, bazalt, mantiyaning ustki qismidan iborat.  Materik yer po’stining yuqori qismida granit va pastki qismida bazalt qatlamdan iborat. Okean yer po’stida granit qatlam yo’q faqat bazalt qatlamdan iborat. Okean yer po’sti materik yer po’stiga qaraganda yosh hisoblanadi. Eng qadimgi materik yer po’sti hisoblangan Grenlandiya va Janubiy Amerika  yer po’stining yoshi 3,5 mlrd, okean yer po’stining hech bir joyida 250 mln yoshga teng bo’lgan hududlar uchramaydi[1].

B) Mantiya – moxo chegarasidan 2900 km chuqurlikkacha bo’igan joylarini egallaydi. Mantiya yuqori mantiya o’tkinchi qatlam quyi mantiya kabi qismlarga bo’iinadi. Mantiya seysmik to’lqinlar (70-150 km chuqurliklarda) keskin susayadigan oblast antinosfera joylashgan. Antenosferada bosim 2000 ming atmosfera, harorati 1.5 ming gradus atrofida bo’lib, moddalar erish nuqtasiga yetadi. Natijada bosimning sal pasayishi tufayli atmosferadagi moddalar erib, magmalar hosil qiladi va u yer yoriqlari orqali yuqoriga ko’tariladi. Shu sababli astenosfera vulkanlar va yer qimirlash o’chogi sifatida geologik jarayonlar taraqqiyotida aktiv ishtirok etadi.

V) Ya d r o – 2900 km dan 6371 km chuqurlikkacha bo’igan joylarni o’z ichiga oladi. Yer yadrosi o’z navbatida tashqi yadro, o’tkinchi qatlam va ichki yadrosiga bo’liinadi.

Yerning issiklik manbai Quyosh energiyasi va yerning ichki energigiyasidir. Yerning ichki energiyasi yerning ichki qismida moddalarning siqishi va radioaktiv elementlarning parchalanishidan vujudga kelgan. Shu sababli yerning ustki qismida Quyosh nurining ta'siri haroratining sutka davomida o’zgarishi 1 m chuqurlikkacha yillik o’zgarishi esa 30-40 m chuqurlikgacha seziladi. Ma'lum chuqurlikda harorat deyarli yil bo’yi o’zgarmaydi, bu qatlam neytral qatlam deyiladi. Uning chuqurligi ekvatordan qutblarga tomon o’zgaradi. Neytral qatlamdan quyida o’rtacha har 33 m da harorat chuqurlashgan sari 1 gradus ortadi.Buni geometrik bosqich deyiladi. Shunday qilib, Yer sharining issiqlik manbai bu ekzogen va endogen energiyadir.

 

Tog’ jinslari, ularning turlari. Yer po’sti – Yer sharining eng qattiq qismi hisoblanadi. Yer po’sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va tog’ jinslaridan iborat. Yer po’sti tarkibida quyidagi kimyoviy elementlar uchraydi: kislorod (47%), kremniy (29,5%), alyuminiy (8,05%), temir (4,65%), kaltsiy (2,96%), natriy (2 ,5%), kaliy (2,5%), magniy (1,87%), titan (0,45%) va boshqalari 0,52%. Demak, Yer po’stida tarqalgan 9 ta asosiy element 99,48% ni tashkil qiladi.

Kimyoviy elementlar birlashmasiga mineral deb ataladi. Tog’ jinslari esa bir necha minerallarni tabiiy birikmasidir. Tog’ jinslari monomineralli va polimineralli bo’ladi. Monomineralli tog’ jinslari bitta mineraldan tashkil topadi, masalan, kvarts mineralidan iborat. Polimineral tog’ jinslari bir necha minerallardan iborat. Masalan, granit quyidagi minerallardan tashkil topgan: kvarts, slyuda, dala shpati.

Hosil bo’lish sharoitiga qarab tog’ jinslari uchta katta guruhga bo’linadi:

1. Magmatik yoki otqindi tog’ jinslari, ular magmaning sovishi va qotishi natijasida hosil bo’ladi.

2. Cho’kindi jinslar ilgari paydo bo’lgan har qanday tog’ jinslarni yemirilishi, maydalanishi va to’planishi va organizmlarni faoliyati ta’sirida paydo bo’ladi.

3. Metamorfik tog’ jinslari, katta chuqurlikda yuqori harorat va bosim ostida jinslarini o’zgarishi tufayli hosil bo’ladi.

Magmatik tog’ jinslari. Magmaning sovish sharoitiga qarab magmatik tog’ jinslari quyidagi guruhlarga bo’linadi:

- intruziv yoki chuqurda hosil bo’lgan magmatik tog’ jinslari. Magmaning chuqurda sekin-­asta qotishi natijasida hosil bo’ladi. Intruziv tog’ jinslariga granit, gabbro va boshqalar kiradi;

- effuziv magmatik tog’ jinslari. Magmani yer yuzasida yoki yer yuzasiga yaqin bo’lgan chuqurlikda qotishi va sovishi natijasida hosil bo’ladi effuziv tog’ jinslariga bazalt, liparit, vulkan shishasi va boshqalar kiradi.

Cho’kindi jinslar ilgari paydo bo’lgan jinslarning turli sharoitlarda yemirilishi, nurashi va to’planishi natijasida hosil bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslari kelib chiqishiga ko’ra quyidagi guruhga bo’linadi:

- chaqiq jinslar, asosan tog’ jinslarini yemirilishi natijasida hosil bo’ladi;

- kimyoviy tog’ jinslari, qorishmalarning cho’kindilar cho’kishi va to’planishi natijasida hosil bo’ladi (tuzlar, gips va h.k);

- organik (biogen) tog’ jinslari, o’simlik va hayvonlarning tanalari o’lgandan keyin to’planishi va o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi (marjonlar, ko’mir, bo’r, ohaktosh).

Metamorfik tog’ jinslari. Magmatik va cho’kindi to’g jinslarining yuqori harorat va bosim ta’sirida o’zgarisgi natijasida hosil bo’ladi. Masalan, granit gneysga, qumtoshlar kvartsitga, ohaktosh marmarga aylanadi.

Yer  po’sti hajmining juda katta qismini magmatik va metomorfik jinslar tashkil qiladi (90 %). Ammo geografik qobiq uchun yupqa chokindi qatlam katta ahamiyatga ega. Chunki cho’kindi jinslar bevosita havo va suv bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi va turli xil geografik  jarayonlar faol qatnashadi.

4..Litosfera- murakkab tuzilishga ega bo’igan, asosan qattiq jinslardan tashkil topgan qobiq. U o’z ichiga Yer po’stini va yuqori mantiyaning astenosferagacha bo’igan qismini ishg’ol etadi. A.A.Vinogradov ma'lumotiga ko’ra litosferaning yer po’stidagi ximiyaviy tarkibi quyidagicha.

Kislorod- 99, 79 %

kremniy -27-60%

alyuminiy -8,60%,

temir- 5,1%

kalsiy -3,6%,

magniy - 2,1%

vodorod -0,21% esa Mendeleyev davriy sistemasidagi boshqa elementlarga to’g’ri keladi. Litosferani ustki qismini tashkil etuvchi Yer po’sti 2 tipli bo’lib bir biridan fark qiladi. Materik tipili yer po’sti 3 qatlamli yotkizikdan – cho’kindir, granitli – metomorfik va bazaltli jinslardan iborat. Zichligi 2,65 gg'sm.kub. Materik tipli yer po’stining yoshi 3 mlrd yil atrofida.

Okean tipli yer po’sti 2 qatlamli bo’lib, bazaltli va cho’kindir jinslardan tuzilgan. Uning zichligi 2,85 gg'sm.kub. Yoshi 100-150 mln atrofida.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish