Мундарижа сўзбоши


Geomorfologiya fani. Uni o‘rganish ob’ekti, vazifasi, tarmoqlari va tadqiqot usullari



Download 0,7 Mb.
bet3/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

Geomorfologiya fani. Uni o‘rganish ob’ekti, vazifasi, tarmoqlari va tadqiqot usullari

Geomorfologiya (yunoncha-yer shakli haqidagi fan)-Yer yuzasi relefining tuzilishi, kelib chiqishi, rivojlanish tarixi va hozirgi dinamikasi haqidagi fan. Demak, geomorfologiyaning o‘rganish ob’ekti relef (frantsuzcha-ko‘taraman, do‘ng), ya’ni shakli, kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan litosfera yuzasining geometrik shakllari yig’indisidir.

Geomorfologiya atamasini XIX asr oxirida birinchi bo‘lib Vilyam Dauson, ilmiy tushunchasini J.Pauel, rus adabiyotiga esa V.D. Laskarev tomonidan kiritilgan.

Geomorfologiyaning asosiy vazifasi-Yer yuzasi relfining tuzilishi, kelib chiqishi, rivojlanish tarixi, hozirgi dinamikasi va relef shakllarini tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishdir.

Relef geografik qobiqning asosiy komponentlaridan biridir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera kabi qobiqlarning murakkab aloqasi natijasida hosil bo‘ladi va rivojlanadi. Yer yuzasi bir tomondan litosferani va ikkinchi tomondan gidrosfera, atmosfera hamda biosferani bir biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning o‘zida relefni paydo qiluvchi endogen va ekzogen jarayonlar ta’sir etadi. Bu jarayonlarining relefga tasiri relef hosil qiluvchi omillar, ya’ni tog’ jinslarining tarkibi, geologik tuzilmalar (strukturalar), iqlim sharoiti xususiyatlari orqali yuz beradi. Geomorfologiya fanining muhim xususiyatlaridan biri shuki, relef landshaft komponentlaridan biri sifatida boshqa komponentlar va tabiiy sharoit bilan uzviy bog’liq holda o‘rganiladi. Relefga boshqa omillar ta’sir etibgina qolmay, relefning o‘zi ham ularga ta’sir ko‘rsatadi va ular orqali o‘ziga ham ta’sir etadi. Litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalar o‘rtasidagi o‘zaro murakkab aloqa geomorfologiyaning Yer haqidagi fanlar tizimidagi o‘rnini belgilab beradi.

Hozirgi vaqtda geomorfologiya ham tabiiy geografiya, ham geologiya fanlar tizimiga kiritiladi. CHunki, rel’ef endogen va ekzogen jarayonlarining o‘zaro aloqa mahsulidir. Bu esa rel’efni o‘rganishda geologik va geografik tadqiqotlardan birgalikda foydalanishni taqoza etadi. Geomorfologiya mustaqil fan sifatida geografiya va geologiya fanlarini yaqinlashtirib turuvchi zvenodir.

Geomorfologiya boshqa fanlar: geologiya, geotektonika, tabiiy geografiya, gidrologiya, gidrogeologiya, iqlimshunoslik, kosmik ershunoslik, kimyo, fizika va boshqa bir qancha fanlar bilan o‘zaro bog’liqdir, chunki juda ko‘p geomorfologik ob’ektlar va hodisalarni tushunish uchun boshqa fan bilimlaridan foydalanish zarur.

Geomorfologiyaning o‘zi ham mustaqil tadqiqot usullariga ega bo‘lgan tarmoqlarga bo‘linadi: umumiy geomorfologiya relefning shakllanishi xaqida juda keng masalalarni o‘rganadi; xususiy geomorfologiya relefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rganadi; regional geomorfologiya er yuzasi alohida hududlarining konkret relefini o‘rganadi; Yer relefining regional jihatdan muhim xususiyatlari planetar geomorfologiya tomonidan o‘rganiladi.

Geomorfologiyaning alohida tarmog’i-paleogeomorfologiya o‘tmish geologik davrlarning (ko‘pincha ko‘milib yotgan) relefini o‘rganadi va uzoq geologik davrlarda yer yuzasining qanday bo‘lganligini aniqlaydi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish