Мундарижа сўзбоши


Vertikal va gorizontal tektonik harkatlar



Download 0,7 Mb.
bet19/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

2. Vertikal va gorizontal tektonik harkatlar

Litosfyera plitalari bir-biriga nisbatan juda sekin siljiydi. Ular yiliga I sm dan II sm gacha siljib boradi. Bir necha o‘n yoki yuz yildagi bunday siljishlar unchalik sezilmasa ham, ming yoki million yillar davomidagi siljish natijalarida Yer po‘sti tuzilishida, Yer yuzasi relefida katta o‘zgarishlar bo’ladi.

Litosfyera plitalarining gorizontal siljishida ularning bir birlari bilan to‘qnashgan joylarida chuqur okean cho‘kmalari (novlari) va ularni o‘rab turuvchi orollar yoyi (masalan Yapon cho‘kmasi, Yapon orollari), ulkan tog’ tizimlari (Himolay, And) hosil bo’ladi. Bu jarayonlar kuchli zilzilalar va vulkan otilishlari bilan birgalikda yuz byeradi. Bu misoldan ko‘rinadiki gorizontal harakatlar vyertikal harakatlarga o‘tadi.

Turli tektonik harakatlarning tiplari va ular hosil qilgan yer po‘stidagi bo’zilishlar (deformatsiyalar) relefda bevosita yoki bilvosita o‘z ifodasini topadi.

Vertikal tektonik harakatlar natijasida antiklinallar va sinklinallar, antiklinoriy va sinklinoriylar, megantiklinoriylar hosil bo’ladi. Yirik va ichki tuzilishi bo‘yicha murakkab burmali strukturalarga antiklinoriylar va sinklinoriylar misol bo’la oladi. Ular relefda yirik tog’ tizmalari va ular orasidagi botiqlar ko‘rinishida bo’ladi (masalan, Katta Kavkaz antiklinoriysi, Oloy antiklinoriysi, Farg’ona sinklinoriysi va boshqalar). Antiklinoriylar antiklinalga o‘xshagan nihoyatda katta balandlik bo’lib, u keyinchalik daryolar bo’lib-bo’lib yuborishidan tog’li o‘lkaga aylanadi.

Burmalanish jarayoni yer po‘stining harakatchan zonalari bo’lgan geosinaklinal oblastlarda to‘liq namoyon bo’ladi. Bu oblastlarda to‘lqinsimon harakatlar juda katta bo’ladi va eng baland ko‘tarilgan zona bilan eng chuqur cho‘kkan zonalar bir biriga yaqin joylashadi. Harakatlar amplitudasi (tebranishi) 12-18 km ga etadi. YOriqli bo’zilishlar, intro’ziv va effo’ziv magmatizm ham burmalanishlar bilan birgalikda yuz byeradi. Bu jarayonlar ta’sirida burmali oblastlarning strukturasi va ularning relefda ifodalanishi ancha murakkablashadi, turli strukturali-denudatsion relef shakllanadi.

Yer po‘stida bukilgan joy cho‘ziladi va yoriqlar paydo bo’ladi. YOriqlar bo‘ylab joylashgan uchastkalar turli tezlikda yuqoriga ko‘tarilishi mumkin, uchastkalarning ba’zilari esa pastga to’shadi, cho‘kadi.

Tog’ jinslarining vyertikal yoki deyarli vyertikal yoriq bo‘ylab bir-biriga nisbatan yuqoriga ko‘tarilishi yoki pastga tushishi uzulma (sbros), qiya yoki gorizontal yoriq bo‘ylab siljish siljiq (nadvig) deyiladi. O’zilma o‘rtasidagi cho‘kma graben, grabenlardan ko‘tarilib qolgan balandlik gorst deyiladi. (2,6-rasm)

YOriqli strukturalarda ko‘pincha stolsimon-palaxsa va burmali-palaxsali tog’lar hosil bo’ladi.

Gorizontal yotuvchi cho‘kindi jinslar qatlamlarida stolsimon (Yevropadagi Yura, Afrika tog’lari), burmali-palaxsali tog’lar qadimgi burmali strukturalarda (Oltoy, Tyanshan) hosil bo’ladi. Palaxsa tog’lar egallagan hududlar maydoni burmali tog’lar maydonidan oz emas. YOriqli strukturalar relefi qayta yoshargan tog’lar oblastida keng tarqalgan. YOriqli strukturali relefning hosil bo’lishida gorizontal tektonik harakatlar bosh rolni o‘ynaydi.

Hozirgi vaqtda zamonaviy endogen relefning kelib chiqishida neogen-to‘rtlamchi davrda yuz byergan va byerayotgan yangi tektonik harakatlar ta’sirida shakllanganligi aniqlandi. Keyingi yillarda bu harakatlardan inson jamiyati tarixi davrida yuz byerayotgan zamonaviy tektonik harakatlar alohida ajratilmoqda. Bu harakatlar ayerokosmik indikatsiya, takroriy nivelirlash, tarixiy-arxeologik, landshaft indikatsiyasi va boshqa usullar yordamida o‘rganiladi.

Yevropada 1920-1939 yillarda o‘tkazilgan nivelirlash natijalarini 1945-1948 yillarda takror nivelirlash natijalariga taqqoslanganda, Kavkazoldining yiliga 5-7 mm cho‘kkanligi, Donbass, o‘rta Rossiya qirlarini va Azov kristallik massivining yiliga 6-10 mm ko‘tarilganligi ma’lum bo’ldi. Shotlandiya tog’ligi (Buyukbritaniya oroli) va unga yondoshgan rayonlar gumbazsimon bo’lib yiliga 44 mm ko‘tarilishi, Angliya, Uels va Irlandiya esa yiliga 2 mm dan cho‘kayotganligi aniqlandi.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish