Relef genezisi va yoshi
Relef endogen va ekzogen jarayonlarining o‘zaro aloqasi natijasida shakllanadi degan tushuncha-zamonaviy geomorfologiya fanining asosiy boshlang’ich qoidasidir. Bu tezis Yerning relefini genezisini (kelib chiqishini) eng umumiy aniqlovchisidir.
Relefning planetar, mega- va makroshakllari, ayrim hollarda mezoshakllari endogen, kichik shakllari esa ekzogen genezisiga ega. Ekzogen jarayonlar o‘z faoliyatida endogen relefini murakkablashtiradi yoki soddalashtiradi. Ayrim hollarda ekzogen agentlar (tog’ jinslari, havo oqimlari, suvlar va boshq.) endogen shakllarini murakkablashtirib o‘ziga xos mezo- va mikrorelef shakllarini vujudga keltiradi, boshqalar esa endogen jarayonlar yaratgan notekisliklarni tekislaydi, Ekzogen jarayonlar endogen relefni ko‘mib yuborishi yoki akkumlyativ shakllar bilan murakkablashtirishi mumkin.
Endogen relefga ekzogen jarayonlar ta’sirining xaraktyeri relef rivojlanishining tendentsiyasi, ya’ni harakatlarning ko‘tarilganligi yoki pasayganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |