Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari
Makroiqtisodchilar tomonidan o’rganiladigan butun iqtisodiyotda yuz beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko’plab uy xo’jaliklari hamda ko’plab firmalar o’zaro hatti-harakatlari natijasida yig’ilganligi sababli, mikro va makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Butun iqtisodiyotni o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e’tiborga olishimiz lozim. Masalan, yalpi iste’mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi kerak. Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun firmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish zarur. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar alohida shaxslar yoki korxonalar qarorlari natijasida yig’iladigan o’zgaruvchilarning oddiy yig’indisi bo’lganligi uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo’yiladi.
Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo’jaliklari nuqtai nazaridan maqbul bo’lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol ko’rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga misol bo’lib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi. Uy xo’jaliklari qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o’zidan o’zi qatnashmaydi: ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan maqbul hisoblangan qarorlar faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo’llab iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar. Modellarda ko’pincha matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. Modellarni qo’llash ahamiyatli bo’lmagan qismlarga e’tibor bermaslik va ahamiyatli iqtisodiy bog’liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham maqsadga muvofiqdir.
Modellarda ikki xil: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o’zgaruvchilar qo’llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu dastlabki ma’lumotlar; endogen o’zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida aniqlanadi. 1-rasmda ko’rsatilganidek, modelning maqsadi ekzogen o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir qilishini aniqlash hisoblanadi.
Model iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi asosiy bog’liqliklarni soddalashtirilgan nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o’zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan o’zgaruvchilar. Endogen o’zgaruvchilar – bu ushbu model bilan tushuntiriladigan o’zgaruvchilar. Model ekzogen o’zgaruvchilardan birining o’zgarishi endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi.
Masalan, non bozori modeli qanday qurilishini ko’rib chiqamiz. Iqtisodchi nonga bo’lgan talab hajmi Qd non narxi Pb va yalpi daromad Yga bog’liq deb faraz qiladi. Bu bog’liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Qd =D(Pb, Y)
Xuddi shunday iqtisodchi nonvoyxonalartomonidan taklif qilinadigan nonlar miqdori Qs nonning narxi Pb va nonni ishlab chiqarishda foydalanilayotgan unning narxi Pf ga bog’liq deb faraz qiladi:
Qs =S(Pb, Pf)
Nihoyat, iqtisodchi talab va taklif muvozanati ta’minlanishi uchun nonning narxi shunday o’zgarashini faraz qiladi:
Qd = Qs Bu uchta tenglama non bozori modelini tashkil etadi.
Non bozori modeli talab va taklifning 1-3 rasmda ko’rsatilgan diagrammasi bilan namoyon etiladi. Talab egri chizig’i yalpi daromadning doimiy darajasida nonga bo’lgan talab bilan non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Talab egri chizig’i pastga yo’naltirilgan, chunki non narxi qanchalik yuqori bo’lsa, iste’molchilar shunchalik ko’p darajada boshqa oziq –ovqatlarni iste’mol qila boshlaydilar va shunchalik kam non sotib oladilar. Taklif egri chizig’i nonning taklif qilinayotgan miqdori va unning doimiy narxida non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi.Taklif egri chizig’i yuqoriga yo’naltirilgan, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo’lsa, nonvoyxonalar shunchalik ko’proq miqdorda non ishlab chiqaradi. Ikki egri chiziqning kesishish nuqtasi bozor muvozanati holatiga mos keladi, bunda nonga muvozonatli narx o’rnatiladi va taklif qilinayotgan non miqdori talabga mos keladi.
Modelda bir ekzogen o’zgaruvchining o’zgarishi ikkala endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Masalan, yalpi daromad oshganda 1-3 rasmda ko’rsatilganidek nonga talab oshadi. Xuddi shunday, 1-4 rasmda ko’rsatilganidek un narxi oshganida non taklifi kamayadi. Modelda ushbu holatda non narxining muvozanatli darajasi oshishi, non miqdorining muvozanatli darajasi kamayishi ko’rsatiladi. Shunday qilib, model yalpi daromadning yoki un narxining o’zgarishi non bozoriga qanday ta’sir etishi mumkinligi yaqqol namoyon etadi.