Mundarija kirish



Download 236 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2020
Hajmi236 Kb.
#39662
  1   2   3
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsini barkamol qilib tarbiyalash

MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………...........3

I BOB. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari............................ ...8

1.1. “Shaxs”, “shaxsni shakllantirish”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” tushunchalariga pedagogik tavsif.........................................................................8

1.2. Bolani shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuv………………………………...………….17

II BOB. Bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasining samaradorligi……….............................34

2.1. Bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuvni amalga oshirish yo’llari.......................34

2.2. Bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi…………………… ……………..…………................47

Umumiy xulosa va tavsiyalar...............................................................................51

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.....................................................................54

Ilovalar.................................................................................................................1- 6

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lmog’i lozim deya ta’kidlab o’tdilar.

Muxtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ta‘lim–tarbiya jarayonini rivojlantirishga qaratilgan barcha qarorlar, qonunlar va dasturlarning pirovard maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining “Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch” nomli asarlarida “Ta‘lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.

Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim-tarbiya olishiga bog’liq.

Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqib, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta‘lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim...” deb ta‘kidlaydilar[5;7-9]. Milliy istiqlol g’oyasining asoslanishi esa jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko’lamli islohotlarni yanada jadal amalga oshirish orqali rivojlangan demokratik davlatlar darajasida taraqqiy etishning samarali yo’nalishlarini belgilab olish imkoniyatini yaratdi.

Bu davrda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta‘lim sohasida ham yosh avlodga jahon ta‘limi andozalariga muvofiq ta‘lim berishning ijtimoiy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida davlat ta‘lim siyosatining mohiyati to’liq ochib berilgan. Ijtimoiy-ta‘limiy qarashlarni o’zida mujassam ettira olgan mazkur hujjatlarda qayd etilishicha, umumiy pedagogik jarayonning asosiy maqsadi “ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir” [6,7].

Kadrlar tayyorlash Milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma‘naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.

Ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta‘minlash, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishdagina emas, balki shaxsni shakllantirishga texnologik yondashuv borasida ham katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:

- shaxsni shakllantirish ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi ekanligi;

- ta‘lim-tarbiyaning asosiy mazmuni har tomonlama rivojlangan shahsni shakllantirishda uning aqliy, nafosat va jismoniy rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlarining namoyon bo’lishi, unda insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirishga yordam beruvchi zarur shart-sharoitlar yarata olishi;

- ta‘lim va tarbiya qonuniyatlari hamda tamoyillari birligi, o’zaro uyg’unligini ta‘minlash asosida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish mumkinligi.



Muammoning o’rganilganlik darajasi: Sharq mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy , Abu Ali ibn Sino , Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida shaxs ega bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar majmui, ularning mohiyati haqidagi qarashlar yoritilgan.

U.Abduvahobov, A.Aliev, B.Ziyomuhammadov, S.Ziyomuhammadova, M.Imomnazarov, F.Ismoilov, V.Karimova, T.Mahmudov, J.Tulenov, S.Shermuxamedov, A.Erkaev, E.Yusupov, S.Qodirov, E.G’oziev, Z.G’ofurov, U.A.Qosimov va boshqalar tomonidan shaxs kamoloti negizida aks etuvchi ma‘naviy-axloqiy sifatlar, ularning milliy-etnik, ijtimoiy-psixologik jihatlari, “shaxs” tushunchasining falsafiy, tarixiy va psixologik talqini o’z ifodasini topgan. Shuningdek, A.A.Asmolov, L.G.Borisova, A.N.Leontev , R.S.Nemov, I.P.Podlasiy hamda V.A.Slasteninlar tomonidan shaxs tushunchasining mohiyati har tomonlama rivojlangan shaxs talqini asosida tahlil etilgan.

V.I.Andriyanova, Q.Yo’ldoshev, Sh.N.Majitova, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, M.Ochilov, S.Ochil, M.Quronov va boshqalarning ishlarida barkamol shaxs tarbiyasi, uni samarali tashkil etish, shaxs shakllanishida oila, ta‘lim muassasalari hamda jamoatchilik o’rni va roli, shuningdek, shaxsga yo’naltirilgan ta’limga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini ta‘minlash masalalari o’rganilgan.

Biroq, muammoni nazariy jihatdan o’rganish ta‘lim muassasalari hususan maktabgacha ta’lim muassasalarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash davr talabi bo’lishiga qaramasdan yetarlicha tahlil qilinmaganligini, bu jarayonning mazmuni va muhim tamoyillari zamon talablari darajasida asoslanmaganligini ko’rsatdi. Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ish mavzusini Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi deb belgiladik.



Kurs ishning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash muammosining ilmiy-nazariy va texnologik asoslari hamda ularni amalga tatbiq etishga yo’naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Kurs ishning predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasining mazmuni, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.

Kurs ishning obyekti: O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent viloyati Chinoz tumani Maktabgacha ta’lim bo’limi

Kurs ishning vazifalari:

1. Muammoga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o’rganish.

2. “Shaxs”, “shaxsni shakllantirish”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” tushunchalariga doir fikrlarni nazariy asoslash.

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga doir pedagogik texnologiyalarni tanlash.

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuvni qo’llashning samaradorligiga oid ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Kurs ishining metodlari: falsafiy, pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni o’rganish; pedagogik kuzatish; , modellashtirish, kontent-tahlil,

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi ilmiy-pedagogik muammo sifatida o’rganildi.

2. “Shaxs”, “shaxsni shakllantirish”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” tushunchalariga doir falsafiy, pedagogik, psixologik adabiyotlar o’rganilib, tahlil qilindi.

3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash muammosining nazariy va texnologik asoslari ishlab chiqildi.

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash texnologiyasi samaradorligiga oid ilmiy-metodik tavsiyalar berildi.

Mohiyatini yorituvchi “shaxs”, “shaxsni shakllantirish”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” kabi muhim tushunchalarga pedagogik ta‘riflar berilib, ular mohiyatining yoritilganligi; ta‘lim-tarbiya jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy va texnologik asoslari, shaxsga yo’naltirilgan ta’limga oid ilmiy-metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi.

Kurs ishning natijalaridan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantirish amaliyotini yangilash, o’quv-metodik majmualar tayyorlash, shuningdek metodik tavsiyalardan tarbiyachilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlarida ma‘ruzalar sifatida foydalanish mumkin.

Kurs ishning tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, boblar yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat bo’lib, umumiy hajmi 56 betni tashkil etadi.


I BOB. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari


    1. Shaxs”, “shaxsni shakllantirish”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim tushunchalariga pedagogik tavsif

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi xizmatlarning iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi, deb ko’rsatib o’tiladi [7;3-4]. Demak, davlat tomonidan uning ta‘lim xizmatlari iste‘molchisi sifatida bilim olishi va kasb-hunarga ega bo’lishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. O’z navbatida shaxs ta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida kasbiy malakaga ega bo’lgach, ta‘lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat olib borib, bilimi va tajribasini namoyon etadi. Bu esa ta‘lim jarayonida aqlan rivojlangan, ma‘naviy-axloqiy shakllangan, jismoniy yetuk, muayyan kasb-hunar asoslarini puxta egallagan, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy talablar qo’yadi. Shunga ko’ra, dastavval “shaxs”, “inson”, “barkamol shaxs” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirish taqozo etiladi.

Shaxs qator ijtimoiy fanlar, xususan, falsafa, psixologiya va sotsiologiya fanlarining o’rganish ob‘ektidir. Falsafa shaxsni uning ijtimoiy ahvoli, faoliyati, bilish, ijod sub‘ekti sifatida qarab chiqadi. Psixologiya shaxsni psixik holatlar, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik munosabatlar, shaxsning temperamenti, fe‘l-atvori, qobiliyati, irodaviy fazilatlari va hokazolarning uyg’unligi asosida o’rganadi.

Sotsial yondashuv esa shaxsning ijtimoiy o’ziga xosligini belgilab beradi. Faylasuflarning fikrlariga ko’ra shaxs keng ma‘noda – inson individ, kishi; tor ma‘noda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyat a‘zosi. “Inson” tushunchasi barcha kishilarga xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun qo’llaniladi va hayot, faoliyat usuli bilan farqlanadigan odam, inson sifatida sub‘ektlarning tarixiy birligini ifodalaydi. Inson tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlari va barcha zamonlarda o’ziga xos mavjudot sifatida muayyan antologik maqomni saqlab keladi. Insonning o’ziga xosligini ifodalaydigan xislatlar va fazilatlar uning individualligini belgilaydi. Individ esa insoniyat vakili bo’lib, ijtimoiy va psixologik belgilar (jumladan, aql-idrok, iroda, ehtiyojlar, qiziqish, mayllar va hokazolar)ni o’zida ifodalaydi. “Individ” tushunchasi “alohida inson” sifatida tushuniladi. Masala bunday qo’yilganda turli biologik omillar (yosh xususiyatlari, jinsi, temperamenti)ga muvofiq inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy xususiyatlari belgilanadi. Insonning individual, shuningdek, tarixiy rivojlanishining turli bosqichlaridagi xususiyatlarini aks ettirish uchun “individ” tushunchasi bilan birga “shaxs” tushunchasi ham qo’llaniladi. Bu o’rinda “individ” shaxs sifatida shakllanishga yo’naltirilgan inson sifatida qaraladi. Shaxs – individ rivojlanishining yakuni, barcha insoniy fazilatlarning to’la namoyon bo’lishidir.

Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga ta‘sir nuqtai nazaridan tarbiya doimo maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, birinchi navbatda, aniq maqsadga qaratilgan jamiyatning faoliyatidir. Bunda jamiyat o’zida mavjud bo’lgan barcha imkoniyat hamda vositalardan foydalanadi. Tarbiya insonni muayyan ijtimoiy zaruriy bilimlar majmui, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, uni hayotga va mehnatga, xulq-atvor me‘yorlari va qadriyatlariga rioya qilishga, kishilar bilan muomala qilishga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashni nazarda tutadi. Mazkur holatlarning barchasi, tabiiy ravishda shaxsning individual belgi va fazilatlarini shakllantirishni istisno etmaydi. Tarbiya ijtimoiy muhitning insonga ta‘sirining tarkibiy qismi sifatida ham baholanadi. Tarbiya – inson shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga kuchli ta‘sir etuvchi muhim omil bo’lsa-da, biroq bu jarayonda yana qator omillar, jumladan, muhit ta‘siri va irsiyat ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Inson, ijtimoiy mavjudod sifatida turli ijtimoiy guruhlar bilan o’zaro harakatda bo’ladi, jamiyat hayotida birga ishtirok etadi.

Biroq, amalda shaxs hech qachon muayyan guruhga to’la dahldor bo’lib qolmaydi. Ayni paytda ko’plab ijtimoiy guruhlarning ishtirokchisi sifatida ularning har birida guruhlarning boshqa a‘zolari bilan o’zaro turlicha munosabatda bo’ladi.

Shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi tarbiyaning asosiy mohiyati bo’lib qoladi, - deydi psixolog olim A.V.Petrovskiy. Bunday munosabat sub‘ektning temperamenti, aqliy darajasi, qobiliyati, qiziqishlari va boshqalarda o’ziga xoslikni nazarda tutadi. Bu borada shaxsni ijtimoiylashtirish bilan bir qatorda uning o’ziga xosligini saqlab qolish kerakligini alohida ta‘kidlaydi. Chunki har qanday tarbiyani majburlovlarsiz, erkin holda shaxsning his-tuyg’ulariga tayanib amalga oshirish hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ishbilarmon kishilarnigina emas, balki vijdonli, insofli, oliy himmat insonlarni shakllantirishni nazarda tutadi.

B.T.Lixachev esa shaxs tarbiyasida uning ongli ravishda bilim olishga intilishi, bu borada o’ziga xos ko’nikma, malaka va mahoratga ega bo’lishi, mehnatga, kasb-hunar egallashga ijodkor mutaxassis sifatida yondasha olishiga erishish, fuqarolik mas‘uliyatini tarkib toptirish, va nihoyat, unga zararli odatlarning ta‘sir etishiga yo’l qo’ymaslik kabi muammolarni ilgari suradi. Ye.V.Bondarevskaya, A.V.Kirivchuk, L.Yu.Gordinlar esa shaxsni shakllantirishda bir xillikka yo’l qo’ymasdan unga individual yondashish, shaxsni faqat sotsiumda rivojlanishi mumkin, degan g’oyani qayta ko’rib chiqish taklifini ilgari suradi. R.G.Gurova shaxs tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, shaxsni har tomonlama rivojlantirishda mehnat tarbiyasi, fuqarolik, vatanparvarlik, axloq masalalarida an‘anaviy ta‘riflardan chetlanib, ularni inson hayotini o’zgartiruvchi, shaxsning o’z-o’zini rivojlantiruvchi vosita sifatida e‘tirof etishni taklif qiladi. T.G.Minchuk esa pedagogik g’oyalarning mazmun-mohiyati o’zgarayotgan sharoitda yoshlar tomonidan shaxs mohiyatining anglashiga erishish, ularning dunyoqarashlari, o’z nuqtai nazarlarini ifodalash huquqlarini hurmat qilishga o’rgatish, o’z shaxsini yuqori baholay olish, shaxsiy qobiliyat, bilim va ko’nikmalarini to’la namoyon etish asosida o’z “Men”ini qaror toptirish zarur deb hisoblaydi. Zero, o’z-o’zini anglash, o’z shaxsini hurmat qilish insonni jamiyatga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishga undaydi, degan xulosaga keladi.

Faylasuf olim S.Shermuhamedov insonni jamiyatning mavhum a‘zosi sifatidagi yondashuvga, “totalitar tuzum mexanizmidagi vint” sifatidagi qarashlarga zid ravishda insonni tarix, madaniyat va o’z hayotining ob‘ekti sifatida shakllantirish va rivojlantirish uchun imkon yaratish zarurligini ta‘kidlar ekan, insonga nisbatan munosabatning ijobiy tomonga o’zgarganiga alohida urg’u beradi. Shuningdek, muallif O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Har bir fuqaroning shaxs sifatida tiklanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berishdan iborat” degan fikriga tayangan holda “insonga nisbatan bir zarracha sifatida emas, balki dunyoni o’zgartiruvchi qudratli kuch” sifatida qarash g’oyasini ilgari suradi .

Inson shaxs darajasiga yetishi uchun uning ongi, faoliyati, o’z-o’zini anglashidan iborat ichki yo’naltiruvchi mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi uning qiziqishi, xarakteri, qobiliyati, aqliy rivojlanganligi, ehtiyojlari, mehnat faoliyatiga munosabati bilan belgilanadi. Ana shu xususiyatlar rivojlanib, insonning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo’lgan munosabati ma‘lum bosqichga yetgandagina u barkamol shaxs darajasiga ko’tariladi. “O’zbek tilining izohli lug’ati” (Moskva: Rus tili nashriyoti, 1-tom, 1981. 82-bet)da “barkamol” tushunchasi lug’aviy jihatdan “kamolga yetgan”, “bekamu ko’st”, “yetuk”, “to’kis”, “mukammal” degan ma‘nolarni anglatishi ta‘kidlanadi [27;25].

Garchi bugungi kunda ham tarbiyaning eng oliy maqsadi barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratligi e‘tirof etilayotgan bo’lsa-da, biroq “barkamol shaxs”, “barkamol inson” tushunchalari hali hatto pedagogik lug’atlardan ham o’rin olmagan.

Pedagogikada barkamol shaxs tarbiyasi tarixini birinchilardan bo’lib tadqiq etgan S.Nishonova mazkur tushunchaga ham tarixiy, ham zamon talablari nuqtai nazaridan yondashadi va quyidagicha ta‘riflaydi: “Barkamol inson – bu o’zida ma‘naviy-axloqiy xislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o’zligini va o’z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma‘rifatli, irfoniy va dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, aqlan yetuk, yuksak iste‘dod va salohiyatga ega bo’lgan, ma‘naviy jihatdan yuksak, axloqan pok, jismonan sog’lom, hayot go’zalliklarini his eta oladigan erkin, ijodkor shaxs”.

Muallif “barkamol shaxs” tushunchasini pedagogik nuqtai nazardan ta‘riflash bilan birga uning yaxlit modelini ham yaratadi va bu model bugungi kunda oliy pedagogik ta‘limda asos bo’lib xizmat qilmoqda. S.Nishonova barkamol shaxs tarbiyasida tarbiyaning tarkibiy qismlarini aqliy tarbiya, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, sog’lom avlod tarbiyasi, estetik tarbiya, ijodkorlik tarbiyasi, mehnat tarbiyasi va kasbga yo’llash, huquqiy tarbiya, ekologik tarbiya, iqtisodiy tarbiyani asos qilib olar ekan, o’z navbatida har birida shakllanishi zarur bo’lgan asosiy xislatlarni zamonaviy ta‘lim-tarbiya mazmuni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, ijtimoiy talablarga tayangan holda tartib beradi[27;31].

Masalan, aqliy tarbiyada tafakkurni rivojlantirish, zehnni tarbiyalash, xotirani mustahkamlash, zukkolik, idroklilik, zakovat, topqirlik, omilkorlik kabi sifatlarni tarbiyalash g’oyalari an‘anaviy pedagogikada umuman eslatilmagan. Yoki an‘anaviy pedagogikada axloqiy tarbiya o’rganilgan bo’lsa, S.Nishonova shaxsning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasini uyg’unlikda olib borishni taklif etish bilan birga shaxsda quyidagi xislatlarni tarkib toptirish zarurligini qayd etadi: iymonlilik, e‘tiqodlilik, qanoat, donolik, mehr-oqibat, yaxshilik, nafs me‘yori, vijdonlilik, milliy g’urur, iltifotlilik, hilm, hayo, iffat va boshqalar.

Sog’lom avlod tarbiyasida esa xalq tabobati namunalari bilan tanishtirish, dilovarlik (jangovarlik) tarbiyasi, sobitlik, faollik, tezkorlik, jo’shqinlik, dovyuraklik, vaqtdan to’g’ri foydalanish; ijodkorlik tarbiyasida ijodiy tafakkur, mustaqil fikrlash va tasavvurni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik va hokazolar nazarda tutiladi.

Muallif, shuningdek, intellektual qobiliyatni shakllantirishda yetakchi asos bo’luvchi ijodkorlik sifatini tarbiyalash maqsadga muvofiqligiga alohida urg’u beradi.

Ko’rinib turibdiki, S.Nishonova barkamol shaxs tarbiyasida milliy qadriyatlar sifatida ulug’lanib kelinayotgan muhim insoniy xislatlarni shakllantirishga alohida e‘tibor berishni uqtiradi va bu g’oya pedagogikada yangi mazmun kasb etdi. Shu bilan birga shaxslik xislatlarini shakllantirishda muallif tavsiya etgan shakl, metod va vositalarda ham milliylik zamonaviylik bilan uyg’unlashib ketgan. Masalan, o’git-nasihat, muammolarni hal etish, rag’batlantirish, ishontirish, qiyoslash, munozara, bahs, debatlar kabi metodlar; milliy va umuminsoniy qadriyatlar, o’quv-tarbiya jarayoni, oila, mahalla, udumlar va an‘analar, ommaviy axborot vositalari, badiiy adabiyot kabi vositalar shular jumlasidandir.

Lekin S.Nishonova hozirgi davr talablari asosida yoshlarni ijtimoiy-g’oyaviy jihatdan tarbiyalash masalasini nazardan chetda qoldirgan. Zero, jahon miqyosida mafkuraviy kurash va globallashuv jarayoni kechayotgan mavjud sharoitda mafkuraviy tarbiyaga e‘tibor qaratish o’ta dolzarb pedagogik vazifalardan sanaladi.

Rus olimi I.P.Podlasiy shaxs tarbiyasi va uni shakllantirish haqida so’z yuritar ekan, avvalo shaxsni aqliy, axloqiy, emotsional estetik, va jismoniy rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatini har tomonlama namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish, insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda individual qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni pedagogikaning asosiy maqsadi sifatida belgilaydi. Muallifning qayd etishicha, shundagina shaxs ongli ravishda fuqarolik nuqtai nazariga ega bo’ladi, hayotga va mehnat qilishga, ijodiy faoliyat yuritishga, o’z-o’zini boshqarishga va vatani uchun xizmat qilishga, uning rivojlanishi uchun kurashishga tayyor turadi.

I.P.Podlasyning fikricha, “Barkamol inson – tarbiyaning oliy maqsadi, unga intilib yashaydigan ideal. Bu ideal tarbiyaning buyukligi va insonning tabiatan nomukammalligini anglash hamda tarbiyaning buyukligiga ishonch asosida paydo bo’lgan. Jamiyatning maqsadi barcha insonlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat”[27;26].

Bizning fikrimizcha, barkamol shaxs – bu aqlan va ruhan yetuk, yuksak iste‘dod va salohiyatga ega bo’lgan, ma‘naviy boy, axloqan pok, jismonan sog’lom, nafosatli, jamiyatda o’zligini tanigan, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor, tashabbuskor, ishbilarmon, fidoiy shaxs [27;27].

Demak, insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun nasl-irsiyat (inson – biologik mavjudod sifatida), ijtimoiy muhit (ijtimoiy-iqtisodiy hayot) hamda maqsadga muvofiq tashkil etilgan tarbiya va uning faoliyati kabilar ta‘sir etadi.

Shuning uchun ham pedagogik ta‘lim jarayonida shahs rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishi qonuniyatlari, shaxs kamolotiga ta‘sir etuvchi omillar o’rganiladi.

Tarbiya qonuniyatiga ko’ra shaxsning kamolga yetishi jamiyat rivojlanishidan orqada qolsa, ijtimoiy maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilmagan bo’lsa, uni amalga oshirish qiyin.

Sh.Majitova bir butun, yaxlit shaxsni rivojlantirish muammosini tadqiq etar ekan, shaxsning ijtimoiy munosabatlar va ongli faoliyat sub‘ekti sifatida talqin etadi. Shuningdek, shaxsning yaxlitligi atrof-olamni anglash hamda ijtimoiy muhit sharoitida aniqlanadi.

Yuqoridagi talablarni amalga oshirish uchun:

- shaxsni aqliy, ma‘naviy-axloqiy, hissiy-estetik, jismoniy rivojlantirish;

- ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishga yo’llash;

- insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish;

- yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsning individual o’ziga xosligini namoyon etishga sharoit yaratish;

- fuqarolik nuqtai nazarining tarkib topishiga erishish;

- hayotga, mehnatga, ijtimoiy ijodkorlikka tayyorlash;

- o’z-o’zini boshqarish, demokratik tamoyillarni anglash, Vatani va xalq oldida o’z mas‘uliyati va burchini his etish kabi mezonlar asos bo’lib xizmat qiladi. Shaxsni axloqiy tarbiyalashda, avvalo, jamiyat talabiga mos holda axloqiy tushunchalar, qoidalar, his-tuyg’ular, e‘tiqod va xulqiga doir ko’nikmalar va malakalarni shakllantirish muhim vazifa sanaladi.

Ma‘naviyatli inson bilimli, kasb-hunar egasi, Vatanning sodiq fuqarosidir. U o’z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, o’z yurtidan g’ururlana oladigan, o’z Vatani boyliklarini saqlash bilan birga uni yanada boyitadigan, go’zalliklaridan bahramand bo’ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarshi kurashadi, xalq boyligini avaylab asraydi.

Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma‘naviy-ruhiy hayotida o’ziga xos o’rin tutadi. U jamiyat tomonidan tan olingan tartib-qoidalar bo’lib, kishilarning xatti-harakatlarini tartibga soladigan tamoyil sanaladi.

Axloq – ma‘naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs rivojlanishining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloqsiz, axloqiy me‘yorlarsiz shaxsning ruhiy, jismoniy va ma‘naviy yetukligi shakllanmaydi. Shuning uchun ham ma‘naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxsning ma‘naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.

Ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari:

1) ma‘naviy-axloqiy ongni shakllantirish;

2) ma‘naviy-axloqiy xulq-atvor, ko’nikma va odatlarni shakllantirishdan iboratdir.

Ma‘naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko’ra insonning jamiyat oldida burchliligi, o’z xulq-atvorining jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan uyg’unligi, shuningdek, ma‘naviy-axloqiy xulq-atvorning insonning kishilarga bo’lgan hurmat-e‘tiborini namoyon etuvchi mezonlardan ekanligini tushunishi, axloqiy ideallarining to’g’riligiga ishonch hosil qilishi, ma‘naviy-axloqiy bilimlarining e‘tiqodga aylanishi va e‘tiqodning tizimli bo’lishini ta‘minlash va ma‘naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Estetik (nafosat) tarbiya bolalar tomonidan estetik bilimlarning egallanishi, ularda estetik madaniyatni tarkib toptirish, voqelikka estetik munosabatlarni shakllantirish, estetik his-tuyg’uni rivojlantirish, hayot go’zalliklari, tabiat va mehnatga muhabbatni tarbiyalash; estetik idealni shakllantirish hamda hayotiy faoliyatni tashkil etishda estetik qonuniyatlariga rioya etish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shaxsda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirishda uning jismonan to’g’ri rivojlanishi, o’z salomatligini mustahkamlashi; aqliy va jismoniy faoliyatning yuqori darajada bo’lishiga erishish; gigienik malaka va ko’nikmaga ega bo’lishi; turmush tarzini mavjud axloqiy talablarga muvofiq tashkil etish.

Bolalar o’rtasida mehnat tarbiyasini tashkil etishda milliy va umumbashariy an‘analariga tayanish, ustoz-shogird, oilaviy mehnat va hunarmandchilikning eng samarali metod va usullaridan foydalanish, zamonaviy kasb-hunarlar asoslarini o’zlashtirish, ular tomonidan mehnatning shaxs rivojlanishida asosiy omillaridan ekanligini anglanishiga erishish muhim sanaladi.



Yuqoridagilarga tayangan holda shaxsni shakllantirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat deb belgilandi:




1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashga texnologik yondashuv
Jamiyatning hozirgi taraqqiyoti inson faoliyatining ma‘naviy va moddiy sohalarida katta o’zgarishlar qilishni taqozo etmoqda. Bu shaxs omili, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyati rolining ahamiyati ortib borayotganligi bilan belgilanadi. Zero, shaxs intellektual qobiliyatini rivojlantirmay, uni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalamay, shuningdek, imkoniyatlarining yangi qirralarini to’la ro’yobga chiqarmay turib ijtimoiy taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Jamiyat tomonidan shaxs imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratilar ekan, o’z navbatida shaxs qobiliyati, imkoniyatlari ana shu jamiyatning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Ayni vaqtda shaxs qobiliyati, imkoniyatlarini rivojlantirish va uni yagona ijtimoiy maqsadga yo’naltirish o’ziga xos dolzarblik kasb etmoqda.

Mavjud sharoitda ta‘lim tizimida 1) shaxsga yo’naltirilgan maqsadli ta‘lim (ta‘limiy jarayon shaxsning sub‘ektiv tajribasiga tayangan holda olib boriladi); 2) amaliy-faoliyatli (shaxs ta‘limiy faoliyatning faol sub‘ekti hisoblanadi); 3) ta‘limga insonparvarlik-shaxsiy (pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ijobiy “Men” kontseptsiyasini shakllantirish) hamda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim kabilar yetakchi o’rin tutmoqda. Bunday yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta‘lim jarayonida ta‘lim oluvchi shaxs:

- o’rganilayotgan muammo bo’yicha shaxsiy fikrlarini erkin bayon etish, ularni yangi muammolarni aniqlash va hal etishda qo’llay olish;

- turli ijtimoiy guruhlarda muloqotga kirisha olish, turli soha va turli vaziyatlarda ziddiyatlarni mohirlik bilan hal qila bilish;

- axloqi, intellekti, madaniy darajasini rivojlantirish yo’lida mustaqil izlanish kabi shaxslik xislatlariga ega bo’lishi talab qilinadi.

Ushbu talablar O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” g’oyalarida ham o’z ifodasini topgan bo’lib, ta‘lim jarayonining ularga muvofiq tashkil etilishi ijtimoiy buyurtmaning muvaffaqiyatli bajarilishini ifodalaydi. Jumladan, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta‘lim islohotlarining asosiy maqsadi yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat ekanligi alohida ta‘kidlab o’tilgan [6,7].

“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida ham erkin fuqarolik jamiyatini ma‘naviy barkamol, mustahkam e‘tiqodga ega shaxslargina bunyod eta olishiga urg’u berilib, yangilanayotgan jamiyatda sog’lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma‘naviyatini shakllantirish, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yuksak darajaga ko’tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga e‘tiborni qaratish alohida dolzarblik ahamiyatga ega ekanligi aytiladi .

Pedagog olimlar Sh.Qurbonov, M.Quronov, E.Seytxalilovlar inson shaxsini shakllantirishda ta‘lim jarayonini takomillashtirishning asosiy shartlari uni insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish, tabaqalashtirish, fuqarolik va sog’lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishdan iborat ekanligini ko’rsatib o’tadilar: “Milliy model va dastur... o’z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g’oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta‘sir ko’rsatadigan, o’z mamlakati taqdiri uchun mas‘ul bo’lgan shaxsni tarbiyalash - Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadlaridan biridir” [28; 45,47].

Pedagogik nazariya g’oyalariga ko’ra shaxs kamolotida tarbiya (ta‘lim) va ijtimoiy muhit muhim o’rin tutadi. Jamiyatning a‘zosi sifatida u ijtimoiy ahamiyatga ega muayyan vazifalarni bajaradi, yosh jihatidan ulg’aygani sari u tomonidan bajarilayotgan ijtimoiy rollar shakli va mazmuni o’zgarib boradi, qiziqishlari va qobiliyati darajasida atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Mazkur jarayon o’z mohiyatiga ko’ra bevosita shaxsning ijtimoiylashuviga ta‘sir ko’rsatadi. Shaxsning ijtimoiylashuvida esa ta‘lim tizimi, unda ustuvor bo’lgan maqsad hamda ana shu maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning sezilarli ta‘siri va rolini inobatga olgan holda ta‘limni shaxsga yo’naltirish talab etiladi. Bu esa o’z navbatida shaxsni shakllantirish jarayoniga texnologik yondashuvni talab qiladi.

Yuqorida ilgari surilgan g’oyalarga tayangan holda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmunida quyidagi holatlar o’z aksini topishi lozim degan xulosaga kelindi:

1. Kadrlar tayyorlash borasidagi davlat siyosati uzluksiz ta‘lim tizimi, intellektual va ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog’liq har tomonlama rivojlangan shaxsning kamol topishini nazarda tutadi. Bunda har bir yoshning ilm olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual rivojlanish, kasbiy, mehnat huquqlari ro’yobga chiqadi. Respublika uzluksiz ta‘lim tizimida har bir shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish taqozo etiladi. Bu o’rinda milliy-madaniy, tarixiy an‘analar, urf-odatlar, qadriyatlarga asoslangan ta‘lim tizimining tashkiliy-pedagogik tamoyillarining ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Islohotlar jarayonida ta‘limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish erkin fuqaroni, o’z haq-huquqini taniydigan shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitni yaratadi. Shaxs qobiliyati va iste‘dodini rivojlantirish, uni milliy va umuminsoniy ma‘naviy boyliklardan bahramand etish, shaxsga ta‘lim-tarbiya berishda tarixiy an‘analarga asoslanish, shaxs va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda o’zaro uyg’unlikni ta‘minlash, shuningdek, ta‘lim jarayonida shaxsning haq-huquqlarini inobatga olish, uning qadr-qimmati, sha‘nini hurmat qilish – ta‘limda insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligi (ta‘limning insonparvarlashuvi)ni ifodalaydi. Mazkur jarayonda shaxsning ongli ravishda o’z qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga ola bilish, intellektual va axloqiy imkoniyatlarini to’laqonli ro’yobga chiqarishga intilishi muhimdir.

Ta‘limni demokratlashtirish – ta‘lim jarayonida shaxsning qiziqish va hayotiy ehtiyojlarini inobatga olish, ta‘lim tizimida shaxs istaklarini inobatga olish, unga moslashish bo’lib, yangilanayotgan jamiyatda fuqarolik haq-huquqini anglaydigan, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkil etishni taqozo etadi.

3. Ta‘limning ijtimoiylashuvi esa uzoq va murakkab jarayon sanaladi. Jamiyatda har bir fuqaro shu jamiyatning ma‘lum ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar tizimiga, me‘yor va qoidalariga rioya qilishga, shu jamiyatda yashash uchun uning teng huquqli a‘zosi bo’lishga intiladi. Jamiyat tuzilishi va faoliyat yo’nalishi turlicha bo’lgan ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institutlar – shaxsning tarixan tarkib topgan va tartibga solingan, shuningdek, murakkab shakl, tarkibiy tuzilmaga ega faoliyati va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi. Ana shu institutlardan biri ta‘lim tizimidir. Ta‘lim jarayonida yosh avlod ijtimoiy qoidalar va axloq-odob me‘yorlarini o’zlashtiradi. Shu bois bilim olish jarayonida bola nafaqat shaxs sifatida rivojlanadi, balki jamiyat hayotiga moslashadi.

Ta‘limni ijtimoiylashtirish insonparvarlashtirish bilan uzviy aloqada amalga oshadi va yosh avlodni o’z qobiliyati, ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. Natijada har bir yoshning shaxsiy qiziqishlari hamda hayotiy intilishlarining ko’lami kengayadi.

4. Ta‘limni differentsiatsiyalash shaxsning o’ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyati, aqliy rivojlanishi va uning moslashuvchanligi darajasini hisobga olgan holda ta‘lim mazmuni va hajmini belgilash hamda o’qitishning turli shakllaridan foydalanishdir.

Differentsiatsiyalashgan ta‘lim shaxsga yo’naltirilgan ta‘lim bo’lib, har bir shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsga yondashilgan ta‘limni tashkil etilishini ifodalaydi. Mazkur ta‘lim bolalarning bilimlari, malakalari, muayyan fanga qiziqishlari, qobiliyatlari, yoshlari, jinslari, fiziologik holatlari, xarakterlari, ular yashayotgan muhit mohiyati kabilarning hisobga olishini anglatadi. Hozirgi davrda tabaqalashtirilgan ta‘lim zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda bolalarning imkoniyat va layoqatlarini hisobga olib, o’qitishni tashkil etishda ta‘limning turli shakl va metodlarini qo’llashni taqozo etmoqda.

Differentsiatsiyalashgan ta‘lim individual yoki guruh shaklida mashg’ulotlarni to’g’ri va maqsadga muvofiq tashkil etish orqali barcha ta‘lim oluvchilar bilim, ko’nikma va malakalarining dinamik rivojlanishiga yordam beradi. Mazkur ta‘lim bolalar shaxsining bosqichma-bosqich shakllanib borishini ta‘minlaydi.

5. Ta‘lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning asosiy talablaridan biri sanaladi. Zero, pedagogik texnologiya uzluksiz ta‘lim tizimida barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan va nazariy g’oyalarni amaliyotda qo’llashning eng qulay vositasidir. Ilg’or pedagogik texnologiyalar mohiyatiga ko’ra shaxsni rivojlantirish qonuniyatlariga asoslangan bo’lib, ularni ta‘lim jarayoniga tatbiq etish shaxsni rivojlantirishning eng maqbul yo’llarini izlab topish imkonini yaratadi.

6. Ta‘lim jarayonida iqtidorli bolalarni aniqlash ularning intellektual salohiyatlarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish muhimdir. Zero, har bir jamiyatning intellektual salohiyati shu davlatning texnologik qudrati va moddiy farovonligining asosidir. Jahon ta‘lim tajribasining ko’rsatishicha, ilm-fan va innovatsion texnologiyalar ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot poydevori bo’lib, har bir jamiyatning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi. Shu bois yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash, yangicha fikrlay oladigan, intellektual qobiliyati yuqori darajadagi shaxsni shakllantirish mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida e‘tirof etilmoqda.



Demak, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmunida quyidagi jihatlar o’z aksini topishi lozim:

Bugungi kunda jahon pedagogik amaliyotidagi ta‘limning an‘anaviy “tarbiyachi - ta‘lim vositalari va tarbiyalanuvchi” tizimi o’rnida tarbiyalanuvchini bilish faoliyatiga yo’naltiruvchi “tarbiyalanuvchi - mashg’ulot - tarbiyachi” ko’rinishidagi yangi tizim tarkib topmoqda.

Ta‘limning an‘anaviy tizimida tarbiyachi markaziy o’rin egallagan bo’lsa, zamonaviy ta‘lim tizimida esa tarbiyalanuvchi asosiy sub‘ekt sifatida e‘tirof etiladi. Ya‘ni pedagogik faoliyat markazida an‘anaviy ta‘limda bo’lgani kabi o’qitish emas, balki ta‘lim oluvchining bilish faoliyati, uning intellektual qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirish fan asoslarini o’rganish va o’zlashtirish bilan birga aqliy faoliyatning maqsadga muvofiq usullariga ega bo’lishni ham nazarda tutadi. Aqliy faoliyat nafaqat bilim asoslarini egallash, balki o’zlashtirilgan bilimlarni qiyoslash, tahlil qilish, sintezlash, abstraktlash, umumlashtirish va ularni turli vaziyatlarda amalda qo’llay olish tajribasiga ega bo’lishni ham anglatadi. Shu tarzda faoliyatning samarali usuli umumlashtiriladi hamda turli ko’rinishdagi faoliyatni xilma-xil usullar yordamida bajara olishning umumiy metodi shakllantiriladi.

Shaxsni shakllantirishda uning mustaqil fikrlay olish qobiliyatiga ega bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Shu bois ta‘lim tizimida ta’lim oluvchilarni fikrlashga, o’zlashtirilgan bilimlarni mushohada qilishga o’rgatish zarurdir.

“Fikr tarbiyasi, - deya ta‘kidlagan edi ulkan ma‘rifatparvar Abdulla Avloniy, - ko’p zamonlardan beri tadqiq qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladir” [11; 15].

Fikrlash qobiliyatiga egalik, birinchidan, ma‘lumotlarni, axborotlarni o’zlashtirish, ularni o’zaro qiyoslash va umumlashtirishni, ikkinchidan, o’zlashtirilgan bilimlarni turli vaziyatlarda faoliyatni tashkil etishda qo’llay olish tajribasini nazarda tutadi. Bunday ko’nikmani shakllantirish uchun bolalarni turli masalalarni mustaqil yechishga o’rgatish, ularni harakatlar tizimi, tarkibiga ko’ra dastlab oddiy, keyin esa murakkab mashqlarni yechishga o’rgatish muhim. Bunda topshiriqlarni bajarishni rejalashtirish (tahlil qilish, usullarni tanlash va bajarish tartibini belgilash), jarayoniga alohida e‘tibor qaratish, tanqidiy fikrlashga o’rgatish maqsadga muvofiq. Tanqidiy fikrlash g’oya va axborotlar bilan faoliyatni o’zaro uyg’unlashtirishning tabiiy usuli bo’lib, bu jarayonda, shuningdek, ish natijalarini baholash, ya‘ni o’z-o’zini nazorat qilish muhimdir.

Respublika va rivojlangan xorijiy davlatlar ta‘lim tajribalari shuni ko’rsatadiki, tanqidiy fikrlash turli g’oya va fikrlarni muhokama qilish, bolalarning shaxsiy fikrlariga hurmat bildirish, ularga fikrlash uchun sharoit yaratish va ularning intellektual qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beruvchi ta‘lim sharoitlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Savollar va javoblarni tashkil etish ham fikrlash jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi.

Shuni ta‘kidlash muhimki, samarali (produktiv) fikrlashni reproduktiv fikrlashdan farqlovchi muhim belgi mustaqil ravishda yangi bilimlarni kashf qilishdir. Samarali fikrlashning eng oliy darajasi ijodiy fikrlash bo’lib, uning vazifasi – ijod qilish, o’ylash, tayyorlash, yangilik yaratish, ixtiro qilish va hokazolardan iborat.

Yoshlar, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishda B.Blum, V.P.Bespalko, M.A.Choshanov, G.I.Shukina, V.V.Davidov, E.G’oziev, B.Qodirov va boshqalar tomonidan taklif etilayotgan modellardan foydalanish shaxsga yo’naltirilgan ta’limda ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritishga imkon beradi.

Bugungi kun talabi ham ta‘lim mazmuni va hajmini cheksiz kengaytirishga yo’l bermay, balki shaxsni mavjud muammolarni noan‘anaviy tarzda yechishga tayyorlashni taqozo etadi. Shaxs ongida o’zlashtirilgan yoki shakllashtirilgan nazariy tushunchalar tizimi o’quv faoliyatining asosi bo’lib qoladi. Bolaning o’quv faoliyatini takomillashtirish, ya‘ni uning intellektual, fikrlash qobiliyatini shakllantirish zamonaviy ta‘limning asosiy natijasi bo’lishi lozim. Shuni ham ta‘kidlash joizki, aqliy rivojlanishning asosini bilish jarayonlarini tabaqalashtirish tashkil etadi. Zero, tabaqalashtirish bevosita hissiy bilishdan abstrakt yechimlarga o’tishning muhim jarayoni hisoblanadi.

Zamonaviy ta‘lim ta‘lim oluvchilar oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

- tezkor o’zgarishlarga ko’nikish, hayotiy faoliyat, shuningdek, mavjud muammolarni hal qilishda o’zlashtirgan bilimlarini mohirlik bilan qo’llay olish;

- mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish, real borliq va yuzaga keluvchi muammolar mohiyatini anglay olish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ularni bartaraf etish yo’llarini izlab topish;

- egallagan bilimlarni amaliyotda qo’llashning samarali usullarini topish, yangi g’oyalarni ilg’ab olish va ijodiy fikrlash;

- axborot texnologiyalaridan o’z vaqtida samarali foydalana olish va ularni qo’llay bilish.

Respublika ta‘lim muassasalari amaliyotida shaxsni intellektual rivojlantirish, tarbiyalashda ta‘limni individuallashtirish muhim ahamiyatga ega. Individuallashtirish o’quv faoliyatining barcha shakllarida: ommaviy, guruhli va yakka (individual) tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Bularning barchasi shaxsning kamolga yetishida katta ahamiyat kasb etadi. Lekin shaxsda ijodkorlikni shakllantirish hozirgi davrda yangicha munosabat, yangicha yondashuvni talab etmoqda. Ijodkorlikni shakllantirish – XXI asrning jamiyat taraqqiyotida barcha davlatlar siyosatining ma‘naviy omili bo’lib qolmoqda.

An‘anaviy ta‘lim bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda u qadar katta imkoniyatlarga ega emas edi. Ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning muhim sharti – bolalarning bilishga yo’naltirilgan faoliyatlarining ijodiy xususiyat kasb etishiga erishish, mazkur jarayonni faollashtirish sanaladi. Bunda bolaga tayyor bilimlarni yetkazish emas, balki:

- tarbiyachilarni bolalar bilan o’zaro hamkorlikka yo’naltirish;

- ta‘lim jarayonida bolalarni tarbiyachilarning buyruqlarini bajartirishdan cheklab, ularning faoliyatlarini faollashtirishga tayyorlash.

Demak, bilim olishdagi faollik bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning muhim shartidir.

Bilim olishdagi faollik – shaxsning bilim olishiga bo’lgan intilishi, aqliy bilishga diqqatini kuchaytirishi va iroda kuchini namoyon etishga doir shaxs faoliyati holati bo’lib, u faoliyatning quyidagi holatlarida namoyon bo’ladi:

- bolaning ijodiy faoliyatida bilim olish jarayonida idrok, diqqat, xotira, tafakkurni intensiv rivojlantirish;

- ma‘naviy-axloqiy me‘yorlarni bilish va ularga amal qilish (yaxshilik va yomonlik, hamdardlik va ko’rolmaslik, jasurlik va qo’rqoqlik)ning farqiga yetish;

- o’zining shaxsiy xususiyatlari hamda hayotiy muammolarning mohiyatini tushunish;

- shaxsiy imkoniyat va layoqatlarini namoyon eta olish;

- o’z ustida ishlash, shaxsiy kamchiliklarini tushunib, ularning oldini olish qobiliyatiga ega bo’lish;

- o’z qadr-qimmatini aniqlash va o’zini hurmat qilish;

- bilish faolligini oshirish, tasavvurlarini boyitish, bilimlarini, tajriba va qiziqishlarini kengaytirish.

bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

- har bir mashg’ulotda bolalarning his-tuyg’ularini uyg’otish, o’z faoliyatidan qanoat hosil qilishga erishish;

- bolalarning o’z salohiyati va qobiliyati darajasini bilishga erishish;

- qobiliyatli bolalar bilan individual ishlash dasturlarini tuzish;

- turli ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirisha olish;

- o’z axloqi, ilmiy salohiyati, madaniy darajasini o’stirish ustida mustaqil shug’ullana olish;

- atrof-olamni o’rab turgan narsalar va voqea-hodisalarning o’zaro aloqadorlik qonuniyatlariga ijodiy yondashib, o’zgarishlarga ijodiy munosabatda bo’lish;

- bilim olishga rag’bat, axloqiy talablarga rioya etish.

Mustaqil izlanish, ijodiy topshiriqlarni yechish, olingan natijalarni umumlashtirish hissiy kechinmalar bilan bevosita bog’liq bo’lib, u tabiiy holda bola nutqida aks etadi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalarni shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalashda til madaniyatini tarbiyalash talab etiladi.

Tilni bilish uning asosiy vazifalari – aloqa, xabar, bilish, faoliyatni rejalashtirish va muloqotni tashkil etish, hissiy-estetik va ma‘naviy-axloqiy ta‘sir etish, tarbiyalash vositasi sifatida inson ehtiyojlarini qondiradi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalariga ko’ra (A.V.Petrovskiy, B.M.Nemenskiy va boshqalar) inson shaxsi mantiqqa nisbatan fikr va hissiyot birligiga e‘tibor qaratadi. Boshqacha qilib aytganda, hissiyotlar insonni insonga aylantiradi.

Bu holat turli fikrlarni qiyoslash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Zero, qiyoslash, chog’ishtirish asosida shaxsning mantiqiy va kognitiv tasavvurlari til vositasida ifodalanadi.

Qiyoslashning fikrlash va bilish jarayonidagi muhim ahamiyati taniqli olimlar – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar tomonidan alohida e‘tirof etilgan bo’lib, ularning fikrlaricha, axborot, ma‘lumotni tushunish fikrlashning asosi sanaladi. Borliqda kechayotgan har qanday voqea-hodisalarning mohiyati qiyoslash asosida anglanadi. Shu bois bolalarni ta‘lim jarayonida qiyoslashga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.

Qiyoslash (chog’ishtirish) umumiy va o’ziga xoslikni ifodalaydi. Umumiylik barcha o’quv fanlari doirasi (tahlil, sintez, qiyoslash va h.o.)da, o’ziga xoslik esa muayyan predmet bo’yicha o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayonida aks etadi.

Mavjud adabiyotlarning tahlili qiyoslashning quyidagi to’rt bosqichdan iborat ekanligini tasdiqladi: dastlabki belgilarni ajratish; umumiy va muhim belgilarni aniqlash; qiyoslash uchun asosiylarini ajratish; berilgan asosiy belgilar bo’yicha qiyoslash.

Shaxsning intellektual qobiliyatini rivojlantirish davr talabi bo’lib, uni kamolga yetkazishning muhim asosi sanaladi. Yuqori darajada intellektual qobiliyatga ega shaxs:

- tez o’zgaruvchan hayotiy vaziyatlarga moslashgan holda o’zini boshqara oladi;

- hayotiy muammolarni hal etishda mavjud bilim, ko’nikma va malakalarini faol qo’llay oladi;

- voqea-hodisalarga tanqidiy munosabatda bo’lib, mavjud muammolarni tahlil etish, vaziyatdan chiqish yo’llarini izlab topa oladi;

- yangi g’oyalarni, ijodiy fikrlarni boshqalarga tushuntira oladi;

- axborotlarni savodxonlik bilan o’zlashtira oladi.

Bugungi kunda shaxsning dunyoqarashi, uning jamiyatda tutgan o’rni, shaxs va shaxslararo munosabatlarning qaror topishi, shaxs va davlat, shaxs va jamiyat munosabatlari, uning burch va mas‘uliyati, ijodiy qobiliyati va intellektual salohiyatini tarkib toptirish muhim sanaladi.

Mualliflar guruhi (R.X.Jo’raev, R.Safarova, X.I.Ibragimov, U.Q.Musaev) tomonidan tuzilgan “Pedagogika fani kontseptsiyasi”da shaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmunida quyidagilarning aks etishi maqsadga muvofiqligiga alohida urg’u berilgan:

1. Ta‘lim jarayonida o’zlashtirilishi majburiy bo’lgan bilim davlat va jamiyat taraqqiyoti, shaxs, fan, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha ehtiyojlari va manfaatlariga mos kelishi.

2. Davlat ta‘lim standartlari doirasida belgilab beriladigan yo’nalishlarning muayyan o’quv fani yoki ta‘lim sohasi bo’yicha taqdim etiladigan o’quv materiallarining maksimum hamda minimum darajalarini aniq belgilab bera olishi.

3. Bolalarning egallangan bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish mexanizmini yaratish [19; 25].

Zamonaviy pedagogika ta‘lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish va uni shaxsga yo’naltirish g’oyalarining ustuvorligi bilan an‘anaviy ta‘limdan farqlanadi.

Tub ta‘limiy islohotlar amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ta‘lim jarayoni o’zaro hamkorlikka asoslanadi va o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Zero, tarbiyaning samarali bo’lishiga bir qator omillar sezilarli ta‘sir etadi, shu sababli sub‘ektiv va ob‘ektiv omillardan maqsadga muvofiq foydalanish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish talab etiladi.


Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish