Mundarija. Kirish



Download 416,94 Kb.
bet2/7
Sana05.11.2022
Hajmi416,94 Kb.
#861106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1Korxonalarda moliyaviy hisobotni tashkil etish masalalari

Kurs ishi maqsadi: Korxonalarda moliyaviy hisobotni tashkil etish masalalari haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi ob’ekti: Korxonalarda moliyaviy hisobotni tashkil etish masalalaribilan ishlash usullari bilan tanishtirish jarayoni:

  • Korxonada moliyaviy hisobotning oʻrni va ahamiyati;

  • Korxonalarda moliyaviy hisobotni yuritish amaliy va uning tahlili;

  • Korxonalarda moliyaviy hisobotni yuritish mexanizmini takomillashtirish masalalari.

Kurs ishi predmeti: Korxonalarda moliyaviy hisobotni tashkil etish masalalari bilan tanishtirish ko’nikmalari.


Kurs ishining amaliy ahamiyati.Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 1 bob, 3 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

    1. KORXONADA MOLIYAVIY HISOBOTNING OʻRNI VA AHAMIYATI

Moliyaviy buxgalteriya buxgalteriya hisobining ma'lum bir sohasi bo'lib, ma'lum vaqt ichida xo'jalik operatsiyalari natijasida kelib chiqqan ko'plab operatsiyalarni ro'yxatga olish, umumlashtirish va hisobot berish jarayonini o'z ichiga oladi. Ushbu operatsiyalar moliyaviy hisobotni tayyorlashda, shu jumladan kompaniyaning ma'lum bir davrdagi faoliyati ko'rsatkichlarini qayd etadigan balans, daromadlar to'g'risidagi hisobot va pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni tayyorlashda umumlashtiriladi.
Moliyaviy buxgalterning ish imkoniyatlarini ham davlat, ham xususiy sektorda topish mumkin. Moliyaviy buxgalterning vazifalari to'g'ridan-to'g'ri kompaniya yoki tashkilot uchun emas, balki o'zi uchun ishlaydigan bosh buxgalter vazifalaridan farq qilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:1

  • barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;

  • yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;

  • korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.

Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:

  1. «Korxona balansi»;
    2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
    3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
    4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
    5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».

Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.2 Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi.
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.3 Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:

  • buxgalteriya balansi (1-shakl);

  • moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);

  • asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);

  • pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);

  • xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);

  • debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).

Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo’lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi:

  1. buxgalteriya balansi (1-shakl);

  2. moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
    ye) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).

  3. Хo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.

Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so’ng, yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak.
Хo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shilmaydi.
Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak.
Moliyaviy buxgalteriya qanday ishlaydi
Buxgalteriya hisobi buxgalteriya hisobining bir qator tamoyillaridan foydalanadi. Buxgalteriya hisobini yuritish jarayonida foydalanish uchun buxgalteriya hisobi printsiplarini tanlash biznes duch keladigan tartibga solish va hisobot talablariga bog'liq. AQSh ommaviy kompaniyalari uchun korxonalar moliyaviy hisobni umume'tirof etilgan buxgalteriya hisobi tamoyillariga (GAAP) muvofiq ravishda amalga oshirishi shart. Buxgalteriya hisobining ushbu printsiplarini o'rnatish investorlarga, kreditorlarga, tartibga soluvchilarga va soliq organlariga doimiy ravishda ma'lumot berishdan iborat.
Moliyaviy hisob — bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish mulkchilikning va biznesni yuritishning shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi. U qabul qilingan tartib-qoida, talablar va andozalar asosida tashkil etilmog‘i lozim. Moliyaviy hisobni tashkil etish respublikaning hisob sohasidagi milliy siyosati o‘z aksini topgan «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Qonun va «Buxgalteriya hisobi milliy andozalari» talablari asosida amalga oshiriladi va ular uni boshqarish hamda tashkil etish tizimining asosi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya (shu jumladan, moliyaviy hisob) hisobi ahamiyatining oshishi, birinchidan, buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishning ajralmas boMagiga aylangan bo‘lsa, ikkinchidan, turli xil foydalanuvchilarni hisob ma’lumotlari bilan ta’minlash markaziy masalalaridan biriga aylanganligi, uchinchidan, zamonaviy buxgalter faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki buxgalteriya maiumotlarini tahlil qilish, korxona iqtisodiy holatini tavsiflovchi turli xil ko‘rsatkichlarni hisoblash, xo‘jalik jarayonlariga baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak.
Bundan tashqari zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan ham shug‘ullana olishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaviy hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 1. Mavjud va potensial sarmoyadorlar va kreditorlar uchun qulay hamda xolis axborotni taqdim etish. 2. Mavjud va potensial sarmoyadorlar, kreditorlar va boshqa foydalanuvchilarga kutiladigan daromadlar bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda yordam beradigan axborotlar taqdim etish. 3. Korxonaning xo‘jalik resurslari, majburiyatlari, mulk tarkibi va ularning shakllanish manbalari, shuningdek, ulardagi o‘zgarishlar haqidagi axborotlami taqdim etish.
Moliyaviy hisob fani buxgalteriya hisobi nazariyasi, boshqaruv hisobi, audit, iqtisodiy tahlil nazariyasi, soliqlar va soliqqa tortish, moliya fanlari bilan uzviy aloqada. Moliyaviy hisobning o‘rganish obyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
— korxonalaming mablag‘ va resurslari
— mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav va boshqa fondlar, kelgusi davr xarajatlari va toMovlari rezervi;
— korxona faoliyati jarayonlari
— tovar-moddiy boyliklarini tayyorlash, ishlab chiqarish, tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi, kapital qo‘yilma va boshqa jarayonlar;
— hisoblashuv jarayonlari
— byudjet, mol yetkazib beruvchi, pudratchilar, xaridor, xodimlar, banklar va boshqa tashkilot hamda shaxslar bilan hisoblashuvlar;
— korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari
— foyda yoki zarar shaklida.1



    1. Download 416,94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish