MATLAB 7 versiyasining imkoniyatlari
MATLAB 7 yukorida keltirilganlardan tashqari qator yangi imkoniyatlar bilan
ham xarakterlanadi:
• o’rnatilgan funksiya va buyruqlar soni 700 dan ortiq;
• buyruqlar oynasi (Command Window), buyruqlar tarixi oynasi (Command
History), ishchi soxaning brauzeri (Workspace Browser) va massivlar taxrirlagichi
(Array Editor)larning o’z ichiga oluvchi muhitni boshqarish uchun asboblar
to’plamiga ega bo’lgan yangi interfeys;
• sichqoncha yordamida interaktiv yo’l bilan grafiklarni taxrirlovchi va
formatlovchi, grafik buyruqlar va atributlar uchun ularning kodlarini va xotira
sarfini optimallovchi yangi asboblar;
• optimallashtirilgan LAPACK bibliotekasi asosida mukammallashtirilgan
algoritmlar;
• Kembrij universiteti (AQSH) Massachuset texnologiya institutining yangi
FFTW bibliotekasi (Furye tez almashtirishlari);
• integral almashtirishlarning tezkor usullari;
• differensial tenglamalarni integrallashning yangi, kuchliroq va aniqroq
algoritmlari;
• ikki o’lchamli tasvirlarni, sirtlarni va xajmga ega bo’lgan figuralarni shaffof
obyektlar sifatida ekranga chiqarish; yangi zamonaviy vizuallash funksiyalari;
• perspektivani boshqarish va OpenGL yordamida grafikani tezkor chiqarish
uchun yangi Camera asboblar paneli;
• Java proseduralarni chaqirish uchun yangi interfeys va bevosita
MATLABdan turib Java-obyektlardan foydalanish;
• foydalaniluvchi grafik interfeysini loyihalash uchun yangi, zamonaviy
asboblar;
51
• grafik ma’lumotlarni bevosita grafika oynasida qayta ishlash (regressiya,
interpolyasiya, approksimasiya va asosiy statistik parametrlarni hisoblash);
• Visual Studio tizimi uchun MATLABning yangi ilovasi, uning yordamida
bevosita Microsoft Visual Studio dan C va C ++ kodlarni bajariluvchi MATLAB
fayllariga (MEX-fayllar) aylantirish mumkin;
• Visual Source Safe kabi kodning versiyalarini nazorat qiluvchi versiyalar
bilan integrasiyalashgan;
• MATLABdan tashki qurilmalar bilan ma’lumot almashish uchun yangi
interfeys (ketma-ket port);
Simulink yuzdan ortiq, biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos
holda guruxlarga bo’lingan: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz,
chiziqli bo’lmagan, matematik funksiyalar va jadvallar, signallar va tizimlar.
Foydalaniluvchi blok va bibliotekalar yaratish funksiyasiga ega bulganligi sababli
Simulinkda qo’shimcha ravishda kengayuvchi bloklar bibliotekasini hosil qilish
mumkin. Biriktirilgan va foydalaniluvchi bloklarning funksionalligini sozlashdan
tashqari belgi(znachok) va dialoglardan foydalanib foydalaniluvchi interfeys hosil
qilish xam mumkin. Maxsus mexanik, elektr va dasturiy komponentlarning
(motorlar, uzgartkichlar, servo-klapanlar, ta’minlash manbalari, energetik
qurilmalar, filtrlar, shinalar, modemlar va boshqa dinamik kompanentlar) ishlashini
modellashtiruvchi bloklar yaratish mumkin. Yaratilgan blokni kelajakda
foydalanish uchun kutubxonada saqlab qo’yish mumkin.
Boshqa dasturiy tizimlar bilan integratsiyalashuvi
Keyingi yillarda loyixachilar matematik tizimlarning integrasiyalashuviga va
ulardan birgalikda foydalanishga katta e’tibor bermoqdalar. Murakkab matematik
masalalarni bir necha tizimlar yerdamida yechish eng yaxshi vositalarni tanlash
imkoniyatini beradi va olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi.
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar (Mathcad, Maple V
va Mathemati) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni zamonaviy matnli
prosessorlar bilan birlashtirishga intilish xam mavjud. Masalan, MATLAB yangi
52
versiyalarining vositasi — Notebook — Word 95/97/2000/XR matn
prosessorlarida tayyorlanayotgan xujjatning kerakli joylariga MATLAB xujjatlari
va sonli, jadval yoki grafik ko’rinishdagi xisoblash natijalarini qo’yish
imkoniyatini beradi. Natijada «jonli» elektron kitoblarni tayyorlash mumkin.
Ularda namoyish qilinayotgan misollarni operativ tarzda uzgartirish mumkin.
Masalan, boshlangich shartlarni uzgartirib, masalani yechish natijalarining
uzgarishini ko’zatish mumkin. MATLAB 7 da grafiklarni Microsoft PowerPoint
slaydlariga eksport qilishning takomillashgan vositalari xam ko’zda tutilgan.
MATLABda tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish paketlari —
Toolbox asboblar to’plami yordamida hal qilinadi. Ularning ko’plari boshqa
dasturlar bilan integrasiyalashuv uchun maxsus vositalarga ega. MATLAB tizimi
bloklar ko’rinishida berilgan, dinamik tizim va qurilmalarni modellash uchun
yaratilgan Simulink dasturiy tizimi bilan xam integrasiyalashgan. Vizual-
yo’naltirilgan dasturlash prinsiplariga asoslangan Simulink murakkab qurilmalarni
yuqori aniqlikda modellash imkoniyatini beradi. O’z navbatida boshqa ko’plab
matematik tizimlar, masalan, Mathcad va Maple MATLAB bilan obyektli va
dinamik bog’lanishi mumkin. Natijada ular MATLABda matrisalar bilan
ishlashning effektiv vositalaridan foydalanishlari mumkin. Kompyuter matematik
tizimlarining bunday integrasiyalashuv tendensiyasi shubhasiz, keyinchalik ham
davom etadi.
Matrisaviy amallarga yunaltirilganligi
MATLAB tizimi vektorlar va matrisalar ustida murakkab amal-larni bajaradi.
Undan arifmetik va algebraik amallardan tashkari matrisalarni invertirlash,
ularning xususiy kiymatlarini MATLAB tizimining tili matematik xisoblashlarni
dasturlash soxasida x,ar kanday mavjud yukori darajadagi universal dasturlash
tillaridan boyrokdir. U xozirgi vaqtda mavjud bo’lgan deyarli hamma dasturlash
vositalarini amalga oshiradi, jumladan, obyektga mo’ljallangan va vizual
dasturlashni (Simulink vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB
53
tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun uz fikrlari va g’oyalarini
amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.
Asоsiy buyruqlar оynasi matlab dagi barcha buyruqlarni paketlarni va
kutubхоnalani e’lоn qilish оynasi hisоblanadi. O’zgaruvchilar оynasi dastur
tarkibida e’lоn qilingan o’zgaruvchilarni daraхt ko’rinishida ifоdalab bоradi.
Buyruqlar tariхi оynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligi
saqlanib qоladi. Matlabda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi,
ya’ni fоydalanuvchi ayni vaqtda fоydalanayotgan hujjat – bu sessiyadir. Unda
kiritish-chiqarish satrlari va хatоliklar haqida aхbоrоt jоylashgan bo’ladi. Matlab
sessiyaga kiruvchi barcha o’zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari хоtiraning ishchi
qismida jоylashgan bo’ladi. Save (saqlash) kоmandasi yordamida ularni
(matlab.mat) – da saqlash mumkin. Load (yuklash) kоmandasi esa ma’lumоtlarni
diskdan ishchi sоhaga kiritish imkоnini beradi. Diary (kundalik) kоmandasi оrqali
ma’lumоtlarni ayrim qismlarini kundalik ko’rinishida saqlash mumkin.
Buyruqlar оynasini bоshqarish kоmandalaridan eng muхimlarini keltiramiz:
- Clc – ekranni tоzalaydi va kursоrni bo’sh ekranning yuqоri chap qismiga
jоylashtiradi;
- Home – kursоrni ekranning yuqоri chap qismiga qaytaradi. Jadal so’ratlar
bilan rivоjlanib bоrayotgan kоmpyuterlashgan matematik tizimlar, ayniqsa, sоnli
hisоblashlarga yo’naltirilgan tizimlar оrasida matlab matrisali matematik tizim
alоhida ajralib turadi. MATLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar sоni ko’pligi
uning juda ko’plab sоha masalalarini hal qilishga jоriy etish imkоniyatini beradi.
hоzirgi kunga kelib matlab tizimi zamоnaviy matematik va ilmiy-teхnikaviy
dasturiy ta’minоti sоhasida deyarli jahоn standarti bo’lib qоldi [10,13].
Dastlab Matlab dasturini ochganimizda qo’yida oyna ochiladi va biz undan
Do'stlaringiz bilan baham: |