Beton nimalarga ishlatiladi?
Beton aralashmasining turlari juda ham ko‘p, shu sababli uning aynan nima uchun ishlatilishi aralashma tarkibiga qarab belgilanadi. Beton aralashmasi ichiga ko‘p hollarda turli kimyoviy faol qo‘shimchalar qo‘shiladi, ular betonga yanada ko‘proq xususiyatlar – sovuqqa bardosh bera olish, mustahkamlik, suv o‘tkazmaslik imkoniyatlarini taqdim qiladi. Shu sababli beton juda mashhur va universal mahsulotdir. U asosan quyidagilar uchun qo‘llaniladi:
• Qurilish elementlari va konstruksiyalarni mustahkamlash;
• Binolarning tashqi va ichki qismini qoplash;
• Choklarni yopish;
• Bino asosi – poydevor quyish;
• Turli yordamchi ta’mirlash va qurilish ishlari;
• Yo‘l qurilishi (avtomobil trassalarini qurish);
• Ko‘priklar, damba, to‘g‘on va basseynlar qurilishi;
• Beton plitalarini ishlab chiqarish;
• Temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish (beton konstruksiyalarini metall karkas bilan armaturalash);
• Binolar interyerini hosil qilish (beton devor, ustun, pol);
• Tabiiy tosh imitatsiyasi (dekorativ beton).
Inshootlarni sinashning asosiy vazifasi qurilish konstruksiyalarining real holati bilan uning hisoblash sxemasi orasidagi moslikni aniqlashdan iborat. Muhandislik inshootlari murakkab kuchlanish-deformatsiyalanish holatida bo`lgan, fazoviy konstruksiyalarni tashkil etadigan ko`p sonli elementlardan tashkil topgan murakkab mexanik sistema hisoblanadi. Hozirgi zamon qurilish mexanikasining ancha rivojlanib ketganiga qaramay, konkret ob’yektlarda, masalan qurilish konstruksiyalarining hisoblash sxemalarida ma'lum darajada ideallashtirishga to’g`ri keladi, bunda real konstruksiyaning asosiy xossasigina hisobga olinadi. Bundan tashqari, qurilish konstruksiyalarining holati tasodifiy xarakterga ega bo`lgan qator omillarga ham bog`liqdir.
Sinovlardan maqsad – muhandislik inshootlari, konstruksiya va materiallarning holatini o`rganishdan iborat. Sinovlar laboratoriya va real sharoitlarda, modellar va real ob’yektlarning o`zida o`tkazilishi mumkin.
Quruvchi-muhandislar oldiga foydalanilayotgan qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar holatini o`rganish, ulardan bundan buyon foydalanish imkoniyatini aniqlash yoki rekonstruksiya qilish va mustahkamlash choralarini belgilash kabi vazifalar qo`yiladi. Qo`yilgan masalalarni hal etish konstruksiya va inshootlar holatini tekshirish va o`rganishni taqozo etadi. Tekshiruv natijalari tavsiyalarni berishga asos bo`ladi. Bular asosida loyihachi-muhandislar kerakli konstruktiv yechimlarni ishlab chiqishadi.
Qurilish konstruksiyalarini tekshirish quyidagi uch bosqichdan iborat:
- loyiha hujjatlari, ishchi chizmalar, ko`rinmas ishlar akti bilan dastlabki tanishuv;
- ob’yektni ko’zdan kechirish, ob’yektning loyihaga mosligini aniqlash, ko`zga ko`rinadigan nuqsonlarni (yoriqlar, chakki o’tadigan joylar, temirbeton elementlarini himoya qatlami ko`chgan joylar, metall elementlar zanglagan joylar, elektr payvand, parchin mix yoki bolt bilan birikkan joylar holatini) aniqlash, inshootni tekshirish rejasini tuzish, yemirmaydigan usullar orqali kompleks tadqiqotlar o`tkazish;
- inshoot holatini tahlil qilish va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
II.Bob. Yengil betonlarning xarakteristkasi, turlari, sifatini aniqlash usullari va vositalari.
2.1. Yengil beton xarakteristkasi va namenklaturasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |