Tadqiqot metodlari: O’zbekiston Respublikasining mustaqillik mafkurasi, milliy istiqlol g’oyasi, «Ta’lim haqida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ma’naviyat, ta’lim, san’at, tarbiyaga oid farmonlar, asarlari, ma’ruzalari; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining shu yo’nalishdagi Qarorlari, shunindek, o’rta asr sharq allomalari, taniqli olimlar, san’at arboblari, ilg’or pedagoglarning mavzu yo’nalishidagi fikr va qarashlari; mustaqillik yillarida O’zbekiston olimlarining san’at va tarbiya mavzularida bajargan ilmiy tadqiqotning xulosalari, natijalari va nihoyat O’zbekistonning mustaqillik mafkurasi, milliy istiqlol g’oyasi, adabiyot, san’at va tarbiya konsepsiyalariga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |