Ishga qabul qilinganda ishga kiruvchidan qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish ta’qiqlanadi. Quyidagi hollarda ishga qabul qilishga ruxsat etilmaydi: 15 yoshga to‘lmagan shaxslar; tibbiy ko‘rikdan o‘tish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa,tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslar, shuningdek tibbiy xulosaga ko‘ra sog‘ligining holati bo‘yicha mazkur ishni bajarishi ta’qiqlangan shaxslar; sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar,belgilangan lavozim va belgilangan ish faoliyatlarida ishlashi ta’qiqlangan shaxslar; o‘zaro yaqin qarindoshlar (ota-onalar, aka-singil,o‘g‘li, singlisi, qizi, shuningdek erning ota-onasi, aka singlisi va bolalari), agar ularning ishi bevosita buysunish yoki ulardan birining boshqasi ustidan nazorati bilan bog‘liq bo‘lsa; qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |