Pentium MMX protsessori.
1997 yilda yaratilgan P55C deb kodli nomlangan Pentium protsessorining uchinchi avlodining konstruksiyasi, ikkinchi avlod Pentium texnomanik yechimlarini va Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilib, MMX texnologiyasi deb atalgan yangi ishlanmani o‘z ichiga oldi.
Pentium MMX protsessorlari 66/166 MGts, 66/200 MGts va 66/233 MGts takt chastotalarida ishlaydi; 66/266 MGts takt chastotalarida ishlovchi portativ kompyuterlar uchun ham talqin mavjud.Ularning ikkinchi avlod kompyuterlari bilan ko‘pgina umumiy jixatlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:superskalyar arxitektura, ko‘pprotsessorli qayta ishlashni qo‘llash, APIC ichki lokal nazoratchi va energiya ta’minotini boshqarishni boshqaruvchi funksiyalar. Pentium MMX mikrosxemalari mukammallashtirilgan kremniy yarim o‘tkazgichlardan foydalangan holda 0,35 mikronli KMOP –texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi va 2.8 V pasaytirilgan bosimda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |