Mundarija kirish. Neft va gaz sanoatining energetika kompleksidagi o‘rni



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana17.12.2022
Hajmi1,37 Mb.
#890095
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Итог1

13.3-rasm. 
Tarelkali absorberlarning gidrodinamik rejimlari: 
AB-quruq tarelkaning ishlash rejimi; A
1
V
1
-pufakli rejim; V
1
S
1
-kо‘pikli rejim; 
C
1
D
1
-ingichka oqimli(injeksion) rejim. 
Gazning sarfi ortganda alohida pufakchalar bir-biri bilan birlashib, bir chiziqli oqim 
hosil qiladi. Keyinchalik, gaz tezligining ortishi bilan, oqimda barbotaj qatlamining 
qarshiligi natijasida oqimning bir chiziqliligi buzilib, katta pufakchalar hosil bо‘ladi. Bu 
vaqtda tarelkada suyuqlik – gaz dispers sistemasi yoki kо‘piklar yuzaga keladi. Bu sistema 
beqaror bо‘lib, gazning berilishi tо‘xtatilishi bilan kо‘piklar hosil bо‘lmaydi. Bu kо‘pikli 
rejimda gaz bilan suyuqlikning kontakti gaz pufakchalarining yoki gaz oqimlarining 
yuzasida, shuningdek, suyuqlik tomchilarining sirtida yuz beradi. Kо‘pikli rejimda 
ishlaydigan tarelkali absorberlarda gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi miqdori katta 
bо‘ladi. 
Gaz tezligi yana ham kо‘paytirilsa, gaz oqimlarining о‘lchami kattalashib, ular 
barbotaj qatlamidan chiqib ketadi, lekin sistema barqaror bо‘lib, bunda juda kо‘p miqdorda 
tomchilar hosil bо‘ladi. Ushbu holat ingichka oqimli rejimni tashkil etadi. Bu gidrodinamik 
rejimda fazalarning kontakt yuzasi birdan kamayib ketadi. 
Tarelkadagi bir rejim ikkinchisiga asta-sekin о‘tadi. Ammo barbotaj jaraѐnining 
tarelkalardagi gidrodinamik rejimlarining chegarasini umumiy hisoblash usullari ishlab 
chiqilmagan. Shuning uchun tarelkali uskunalarni loyihalashda kolonnaning pastki va 
yuqorigi qismidagi tarelkalarga tо‘g‘ri keladigan gaz tezligi aniqlanadi, sо‘ngra gazning ish 
tezligi tanlanadi. 
13.4-rasmda elaksimon tarelkali kolonnaning ishlash sxemasi kо‘rsatilgan. Bu turdagi 
uskunalarda vertikal silindrsimon qobiq bо‘lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar 
о‘rnatiladi. Tarelkalarning butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bо‘ladi. 
Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga о‘tishi va tarelkadagi suyuqlik qatlamining 
balandligi quyi qismi stakanga о‘rnatilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka 
teshiklaridan о‘tib, suyuqlik qatlamida pufakchalar


18 
holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda kam bо‘lsa, bunda yuqorigi tarelkadagi suyuqlik 
teshiklar orqali quyi tarelkaga oqib tushib ketadi, natijada gaz bilan suyuqlikning modda 
almashinish samaradorligi juda ham kamayib
13.4-rasm. 
Elaksimon tarelkali kolonna 
a-kolonnaning tuzilishi; b-tarelkaning ishlash prinsipi; 1-qobiq; 2-tarelka; 3- quyilish quvuri, 
4-stakan. 
ketadi. Shuning uchun berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi 
suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bо‘lib, tarelkadan suyuqlikning oqib tushishiga yо‘l 
qo’ymasligi kerak. Odatda g‘alvirsimon tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligi 
25-30 mm bо‘ladi. 
Elaksimon tarelkaning tuzilishi sodda, montaj qilish, ta’mirlash va kuzatib turish 
oson, gidravlik qarshiligi juda kam. Elaksimon tarelkalar gazning tezligi katta intervalda 
о‘zgarganda ham barqaror ishlaydi. Bundan tashqari, bu tarelkalar gaz va suyuqlikning 
berilgan ma’lum qiymatlarida eng samarali ishlash qobiliyatiga ega. 
Elaksimon tarelkalarning teshiklari ifloslanadi va chо‘kindilar ta’sirida tez berkilib 
qoladi. Agar gazning tezligi ѐki bosimi birdan kamayib ketsa ѐki tо‘xtatib quyilsa, 
tarelkalardagi suyuqlikning hammasi quyi tarelkalarga oqib tushadi va jarayonni davom 
ettirish uchun kolonna qaytadan tо‘ldiriladi. 
Elaksimon tarelkali kolonnalarga nisbatan qalpoqchali tarelkali kolonnalar gaz 
aralashmalari iflos bо‘lganda ham uzoq muddatda barqaror ishlaydi. Gaz tarelkalarga 
patrubkalar orqali kirib, bir necha alohida oqim holida qalpoqchalarning teshigi bо‘ylab 
taksimlanadi (13.5-rasm). Qalpoqchalarning teshiklari tishli bо‘ladi va ular uchburchaklik 
tо‘g‘ri burchak shaklida tayѐrlanadi. Keyin esa gaz quyish moslamasi orqali bir tarelkadan 
ikkinchi tarelkaga quyilaѐtgan suyuqlik qatlamidan о‘tadi. Suyuq qatlamlardagi harakat 
davomida ba’zi mayda oqimchalarning bir qismi bо‘linib ketadi, gaz esa suyuqlikda 
pufakchalar holida taqsimlanadi. Qalpoqchali tarelkalardagi gaz kо‘piklari va 
pufakchalarning hosil bо‘lishi samaradorligi gaz harakatining tezligiga va qalpoqchalarning 
Суюқлик 
Газ 


19 

Суюқлик 

1
Газ 
4
2
suyuqlikka tushirilgan balandligining о‘lchamiga bog‘liq. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish