1. NAZARIY QISM
SOVUTISH JARAYONLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Kimyo sanoatining bir qancha jarayonlari ancha past temperaturada olib boriladi. Sovuqlik eltkich sifatida havo, suv va muzni ishlatib bunday jarayonlarni amalga oshirib bo`lmaydi.
Sun’iy sovitish yo`li bilan boradigan jarayonlar qatoriga ba’zi bir absorbstiya, kristallanish, gazlarni ajratish, sublimastiyali quritish va boshqa jarayonlar kiradi. Shuningdek, bu turdagi sovitishdan qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash, yer qatlamlarini muzlatish, havoni kondistiyalash va boshqalarda keng foydalaniladi.
Sun’iy sovitish doimo past temperaturali muhitdan yuqoriroq temperaturali muhitga issiqlikni uzatish bilan bog`liq. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan, bunday uzatish energiya sarfini talab qiladi. Shuning uchun ham, sistemaga energiya kiritilishi sovuqlik olishning zaruriy sharti hisoblanadi.Sovuqlik ishlab chiqarish usullari ma’lum darajada talab etilayotgan temperatura va qurilmaning ishlatilish ko`lami bilan aniqlanadi.
Shartli ravishda
1) o`rta sovitish (atrof muhit temperaturasidan – 1000S gacha) va
2) chuqur sovitish (- 1000S dan past temperatura) larga bo`linadi.
O`z navbatida -1000S dan past temperaturalar olish shartli ravishda quyidagicha klassifikastiyalanadi:
chuqur sovitish texnikasi (45 K ... 273 K);
kriogen texnikasi (40 K ... 0,3 K);
v) ultra-past temperaturalar texnikasi (0,00002 K gacha);
2 K dan yuqori temperaturalar olinishi texnikada qo`llaniladi. Undan pastroq temperaturalarni olish esa, ilmiy tajribalar qilish texnikasiga to`g`ri keladi. Chuqur sovitishga to`g`ri keladigan temperaturalarni olish gaz aralashmalarini qisman yoki to`liq suyultirish yo`li bilan ularni ajratish imkonini beradi. Natijada azot, kislorod, vodorod, propan, butan, etilen va boshqa gazlarni olish mumkin bo`ladi. Xom- ashyoni qayta ishlash natijasida hosil bo`lgan ko`pgina kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari turli jinsli sistemalardan tashkil topgan bo`ladi.
Ularning asosiy fizik-mexanik va diffuzion-issiqlik xossalari – zichlik,
|
|
|
|
|
5320400 - “Кimyoviy texnologiya” KURS LOYIHA
|
Bet
|
|
|
|
|
|
|
O`zg.
|
Varaq
|
Hujjat
|
Imzo
|
Sana
|
solishtirma og`irlik, qovushoqlik, sirtiy taranglik, issiqlik sig`im va o`tkazuvchanlik, temperatura o`tkazuvchanlik va boshqalar bilan xarakterlanadi.Qayta ishlanayotgan materiallarning massaviy oqimlarini aniqlashdan maqsad mashina va qurilmalarni hisoblash, hamda zarur energiya miqdorini, issiqlik va massa almashinish qurilmalarining optimal yuzalarini yoki jarayonning davomiyligini aniqlashdir. Kinetik qonuniyatlarning tahlili, mashina va qurilmaning minimal o`lchamlariga oid jarayonning shartlarini baholash va optimal rejimlarni topish imkoniyatini beradi.
Jarayonlar tahlili, mashina va qurilmalar hisobi quyidagi ketma-ketlikda o`tkaziladi:
- jarayonning moddiy va energetik balanslari tuziladi;
- kinetika qonuniyatlariga tayanib jarayon tezligi topiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |