DV formatda Video/audyo ma’lumotlarni kodlash
DV formatida zich raqamli videosignallar yozuvi ishlatiladi.Raqamli komponentli YUV 4:20/50 maydonlar(PAL) yoki YUV4:1:1/60 maydonlar(NTSC) formatida olib boriladi. Kodlashdagi farq PaL va NTSC(625 va 598)format bo‘yicha televizion signalda qatorlarni turli soni bilan bog‘liq bo‘ladi. DV standartida PAL uchun, hamda NTSC uchun 500 ta televizion tarmoqlar aks etadi (masalan, Hi8 formatiga qaraganda 25% ga ko‘).
Siqilishi
Video ishlab chiqishni keyingi bosqichlarida ma’lumotlarni uzatish oqimini sezilarli kamaytirish maqsadida raqamli videosignal siqilishi bevosita kamerada amalga oshiriladi. Motion-JPEG dagi kabi DV formatida ham faqat ichki kadr siqilishi ishlatiladi. Bu degani, foydalanuvchi erkin kadrga kira ham oladi-keyingi montaj uchun bu juda qulay. Raqamlangan video ma’lumotlar raqamli ko‘rinishda vakompreslanmasdan darhol tasmaga yozilish uchun uzatiladi.
HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH VOSITALARI
Zamonaviy korxonalarda hujjatlar tayyorlash tartibini, (shakl berishni, ko’rgazmali ko’rsatish va axborotlarni amalda ko’llash) bir xillashtirishga katta etibor berilmoqda. SHu maqsadda hamma hujjatlar (hisobotlar, reklamalar va boshqalar) dan nusxa olinib ko’paytirilgandan keyin komplektlanadi, muqovalanadi va foydalanuvchilar, texnik arxiv va mikrofilmlashtirishga beriladi.
Bezash, muqovalash ishlarini avtomatlashtirish uchun katta
hajmdagi texnik vositalaridan foydalaniladi. Bularga adreslaydigan va markirovka qiladigan mashinalar, jo’valaydigan, varaqlarni tanlab ajratadigan kurilmalar, kesuvchi, risolalovchi va muqovalovchi uskunalar, laminatorlar va boshqa ko’plab qurilmalar kiradi.
Adreslovchi mashinalar
Adreslovchi mashinalar xujjatlarga matnlarning lokal lavhalarini, ko’pincha standart lavhalarini: mijozlar adreslari, hisobotlar, arizalar, xabarnomalar, to’lov xujjatlarini sarlavhasini yozib chiqish uchun keng ishlatiladi. Adreslovchi mashina xujjatga yoki yorliqqa keyinchalik yopishtirish uchun matn lavxasini ko’chiradi. Ular shtempel-shablonlar kartotekasida, bosma shaklida yoki mashina xotirasida saqlanuvchi matnlarning katta sonidan tezda tanlab olnnadi, o’z navbatida shtempel-shablonlar qo’lda tanlashga qulay bo’lishi uchun turli rangdagi bir xilda ramkalarga solib ko’yiladi.
Adreslovchi mashinalarda tekis, ba’zida yuqori bosma usullari uchun maxsus shakllar ishlatiladi. Bosish uchun matnlar kompyuterdan ham olinishi mumkin.
Markirovka qiluvchi mashinalar
Markirovka (frankironka) qiluvchi mashinalar konvertlarga markalar o’rniga pochtadan jo’natish vaqti va to’lov summasi ko’rsatilgan pochta muhrlarini bosadi. Bosish vaqtida frankirovka qiladigan shina hisoblagichida bajarilishi kerak bo’lgan to’lovlar summasi yig’ilib qoladi. Bunday pochta shtampi qisqa reklama e’lonini, tashkilot nomini, uning manzilini o’z ichiga olishi mumkin.
Shtempellovchi kurilmala
Shtempellovchi qurilmalar (numeratorlar) xujjatlarga qisqacha raqamli axborotlarni: maxfiy so’zlarni, indekslarni, kunlarni va shunga o’xshashlarni bosish uchun xizmat qiladi.
Laminatorlar
Laminatorlar xujjatlarni namlikdan, changdan, moydan va extiyotsizlikdan saqlash uchun yuzasiga ximoya qoplamasini qoplaydigan mashinadir. Hujjat mashinada qizdirilib 2 tomoniga ximoya plyonkasi suriladi yoki hujjat yuzasiga yopishqoq shaffof plyonka elimlanadi. qimmatbaho qog’ozlar, e’lonlar, kitoblar va hisobot jildlari, menyu, vizitkalar, texnik talonlar va boshka ko’pgina xujjatlarni laminaсiyalash maqsadga muvofiqdir. Rexel LM25 modelli laminatorlar A4 hajmdagi xujjatlarni, Rexel LM 35, LM 45 — AZ xajmdagilarni (LM 45—to’liq avtomatik) laminaсiyalashda ishlatiladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan laminatorlar Blik 100 va Blik 320 misol bo’la oladi (100 va 320 sonlari qoplash kengligini mm larda ko’rsatadi).
Jo’valaydigan mashinalar
Jo’valaydigan (falсovkalovchi) mashinalar — berilgan shakl bo’yicha kogozlarni turli xil ko’rinishda bukadi va ularni tartib bilan taxlaydi. Rexel firmasining (Angliya) 1200 EXR va 1500 EXR firmasining FKS Grafipli 3851 FG 3500 va FB 22 jo’valaydigan mashinalari hamma jo’valash ko’rinishlarini bajaradi: bittalik, xat tipidagi, to’lqinsimon, ikkitalik parallel va boshqalar. Bukish chiziqlari berilgan sxema bo’yicha operator tomonidan o’rnatiladi. FKS FG 3500 jo’valaydigan mashinasining samaradorligi soatiga 20000 dona varaqqacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |