Kurs ishini o’rganganlik darajasi: R. Guilferding1 K. Kautskiy2 V. I. Lenin3 Th. Schumpeter4 va boshqa olimlar o’z asarlarida monopoliyani keraklicha yoritib bergan olimlarning fikricha monopoliya 100% salbi tushunchamas bazigi soxalarda monopolni saqlab qolish afzalligini takidlashadi. Misol uchun qurol sa’noati pul ishlab chiqarish transport xizmati.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida Monopoliyani iqtisodiyotga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganish va unga to’siq bo’ladigan omillarni oldini olishda shaxsi fikirlarni bayon qilish.
Kurs ishining vazifalari: Qoʼyilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan.
- Monopoliyasiz iqtisodiy operatsiyalarini tashkil etishni strategik rejalashtirishning mohiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatini oʼrganish va shu asosida nazariy asoslarini ishlab chiqish;
- Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyasiz iqtisodiy operatsiyalarini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari koʼrsatib berish;
- Monopoliyasiz iqtisodiy operatsiyalarini davlat tomonidan tartibga solishning xuquqiy asoslarini koʼrib chiqish;
- Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliya salohiyatini koʼrsatkichlarining tahlili etish;
Kurs ishining predmeti: Oʼzbekiston Respublikasida Monopoliyaga qarshi operatsiyalarini tashkil etishni strategik rejalashtirish jarayonlari va bu jarayonlarda mavjud hamda shakllanishi mumkin boʼlgan qonuniyatlar oʼrganiladi
Kurs ishining tuzulishi va tarkibi:
1 Monopoliya va uning vujudga kelishi
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. Ayonki, har bir sohada sogʻlom raqobatga amal qilinishi natijadorlikni taʼminlashga xizmat qiladi. Demak, oʻz-oʻzidan savol tugʻilishi tabiiy: mabodo, sogʻlom raqobat yoʻqolganda nima boʻladi? Nosogʻlom raqobat muhitida bir korxona imtiyozlarga ega boʻlib, ikkinchi turdosh mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonada ushbu imtiyozlar boʻlmasligi (mayda va yangi ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilmayapti) ushbu korxonani tanazzulga yetaklaydi. Yoki davlatning qaysidir korxonani monopollashtirishi boshqa korxonalar uchun bozorda oʻrin qoldirmasligi bilan ifodalanadi. Raqobat boʻlmasligi korxonalar monopoliyasini taʼminlaydi. Shu bilan birga, monopol korxonalarning oʻz ustida ishlamasligi, yangilik va innovatsiyalarni qoʻllamasligi, narxlarning oshirilishi, mahsulot sifatining esa tushirilishi, sunʼiy taqchillik yuzaga keltirilishi, xaridorlar uchun qulayliklar yaratilmasligi, eng asosiysi, korrupsiyaga moyillikni olib keladi. Hozirgi globallashayotgan dunyoda raqobatga dosh berish juda ogʻir. Chunki bunda resurslar narxining turliligi hisobiga narx va sifat nomuvofiqligini keltirib chiqaradi. Ayrim davlatlar oʻzining yuqori malakali va iqtidorli kadrlari bilan raqobat sharoitida ustun boʻlsa, baʼzi davlatlarda bu omilning narxi pastligi hisobiga ustunlikka erishadi. Va yana mehnat resurslarining, soliqlar va yigʻimlar, energiya materiallari narxi pastligi hisobidan raqobat muhitida ustuvor imtiyozlarga ega boʻladi. Nosogʻlom raqobatni yaratuvchi asosiy omillardan biri, bu — demping narxlardir. Bunda siyosatni koʻproq yirik korxonalar yoki rivojlangan davlatlar oʻz ishlab chiqaruvchilari uchun imtiyoz va subsidiyalar qoʻllash orqali amalga oshiradi va raqobatchilarini tiklanmas darajada sindiradi va oʻz monopoliyasini oʻrnatishga harakat qiladi. Xoʻsh, bizda bu kuzatilmoqdami? Albatta, misol uchun, Toshkentda lift ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan zavodni olaylik. Oʻzimizda “YUMA LIFT” markasi ostida ishlab chiqarilayotgan liftlarning xorijdan keltirilgan liftlardan narx jihatidan qimmatligi (biroq sifat va servis jihatidan raqobatga kirisha oladi) faoliyatni boshlashi bilanoq zararga oʻtishiga olib kelmoqda. Holbuki, korxona mahalliylashtirish darajasining 70 foizdan yuqoriligi ham raqobatga bardoshlilikni taʼminlamayapti. Korxona oʻz faoliyati davomida 1500 ta lift ishlab chiqarib, 31 million AQSH dollaridan ziyod (ekvivalent) miqdorda sotishga muvaffaq boʻldi. Butlovchi qismlar uchun 15 million AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi import materiallari olib keltirildi. Shundan 2 million AQSH dollaridan ortiq mablagʻ soliq va boshqa badallar uchun sarflangan. Bu sotish qiymatining 7 foizini tashkil etadi. 2019-yilda soliq siyosatining oʻzgarishi va umum belgilangan soliqlarga oʻtilishi tufayli bu koʻrsatkich QQS bilan 29 foizni tashkil etdi. Korxona marketologlari tahlil oʻtkazganda, asosiy raqobatchilar Xitoy korxonalari ekanligi, mamlakat hukumati tovarlar eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahsulot turiga qarab QQS qaytarishdan tashqari eksport summasining 5 dan 17 foiz miqdorida subsidiya berib, ularni ragʻbatlantiradi. Elevator uskunalari uchun subsidiya miqdori 13 foiz. Demak, Xitoyda arzon xom ashyo mavjudligi, rivojlangan infratuzilma va axborot texnologiyalari sanoati, kuchli hamkorlik, ishlab chiqarish katta hajmi (yirik ichki bozor-isteʼmolchilar), ularning mahsulotlari narxi har doim (13 foiz ustunlik bilan) arzon boʻladi. Xitoyda aholini ish bilan taʼminlash, tegishli soliqlarni yigʻish va maʼlum texnologiyalarni (juda muhim) ishlab chiqarish katta hajmidan, hatto subsidiyalar bilan ham foyda koʻradi. Bundan tashqari, katta ishlab chiqarish hajmi xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Bunday sharoitda mahalliy ishlab chiqaruvchilar Xitoy ishlab chiqaruvchilari bilan davlat darajasida qoʻllab-quvvatlanmasdan raqobatlashishi juda qiyin. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi tahlil etilganda, bojxona toʻlovi stavkasi xorijdan keltirilgan tayyor lift uchun atigi 5 foizni tashkil etishi aniqlandi. Davlat oʻz ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish uchun bojxona tariflarini mahalliy mahsulotlarining muqobillari importi uchun oshiradi. Natijada mahalliy korxonalar oʻzining raqobatdoshligini oshirib oladi, ammo isteʼmolchi yuqori narxda mahsulot sotib olishga majbur boʻlib qoladi. Shuning uchun bunday vaziyatda davlat subsidiyalar va imtiyozlar orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllasagina narxlarni tushirish imkoniyatiga ega (isteʼmolchilar esa arzon narxlardan bahramand) boʻladi. Milliy mahsulotni sotib olish koʻp jihatdan vatanparvarlikka ham bogʻliq. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarda ham vatanparvarlik boʻlmogʻi lozim. Negaki, ular ham isteʼmolchilarga vatandosh va yurtdoshlik nuqtayi nazari bilan qarashi va oʻzlariga nimani loyiq koʻrsa, boshqalarga ham shuni ravo koʻrishi kerak. Bizda koʻpincha korxonalar tomonidan imtiyozlar faqatgina koʻproq foyda olish maqsadida foydalaniladi. Isteʼmolchi manfaatlari ikkinchi darajaga tushib qolaveradi. Xullas, raqobatni qoʻllab-quvvatlash har tomonlama rivojlanishning asosiy omili boʻlib qolaveradi. Tashqi bozor bilan bellashishda sogʻlom raqobatga kirishish va davlat qoʻllab-quvvatlovi juda zarur. Bu faqatgina bojxona stavkalarini oshirish bilangina ifodalanmasligi kerak.
qtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi. Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi.Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati», deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari. «Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib oli- nayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni. korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to'ldiriladi.Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir. Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi.Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida Ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi. Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot Ishlab chiqarishning to'planishidir.U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi. Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:
tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqyega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;
yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilaming monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'Iadi.
Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi
davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi:
banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |